147
2) o’z his tuyg’ulari va munosabatlarini boshqara olmasligi, o’z-o’ziga
ma’suliyatning yo’qqligi, o’z-o’zini tahlil qilish imkonining zaifligi;
3) suhbatda har bir inson uchun bir qarashda
tabiiy hisoblangan nutq
qobiliyatining yo’qligi, ya’ni fikr-mulohazalardagi mantiq va uzviylikning
mavjud emasligi;
4) eshitish qobiliyatining kuchsizligi, ya’ni birovga murojaat ma’nosida
gapirish qanchalik buyuk fazilat va ma’shuliyatli faoliyat bo’lsa, o’zgalarni,
suhbatdoshni tinglash ham shaxsdan qator sifatlarni talab qiladiki, tinglay
olish uquvi ham suhbatni o’ziga og’dirishning muhim omilidir.
Yuqoridagi omillarning kuchiga e’tiborsizlik, o’zgalar mavqeyda tura
olmaslik muomalada sub’ektiv hodisani keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham
to’g’ri yo’lga qo’yilgan samarali muloqot va uni ta’minlovchi yo’l va vositalar
ikkita asosiy kamchilikni bartaraf etishga xizmat qiladi.
- har bir shaxs tafakkurining muqobil bo’lishi mumkinligini anglashi, ya’ni
suhbatdosh avval boshdan o’zgalarda ham o’zining
fikriga qarama-qarshi fikr
bo’lishi mumkinligini tushunishi va bu narsa bilan hisoblashishi zarurligi;
- o’z fikrlari va harakatlarining motivlari, ularning asl sabablarini anglash
imkoniyati, ya’ni har bir shaxsda o’z shaxsiy tajribasi, hayotga sub’ektiv
munosabatlari oqibatida ‘Ego’ - ehtiyojlar majmui
shakllanib boradiki, u
boshqalardagi ayni shunday ehtiyojlarga tubdan qarama-qarshi yoki qisman
ziddiyatli bo’lishi mumkin.
Yuqoridagi ikki holatning mavjudligini anglash
ijgimoiy vaziyatlarda sodir
bo’lishi ehtimoli mavjud hatoliklar va atributsiyalarning oldini oladi. Shunisi
xarakterliki, aynan qarama-qarshi mavqelarning bo’lishi aslida hayotimizning
mazmuni va uning serqirraligini anglatadi. Hayotiy, amaliy muomala qarashlarning
aynan bir xilligini emas, balki ularning o’zaro solishtirish imkonini beradi. Ana
shunday muloqotning samarasi tufayli odam turli ijtimoiy psixologik vaziyatlarda
egiluvchan va moslashuvchan sifatlari bilan ongli ravishda shaxslararo ziddiyatlar va
nizolarni bartaraf etadi.
Ijtimoiy psixolgiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab o’rgatishga juda
katta e’tibor beriladi. Bu borada fanning o’z uslubi bo’lib uni asosini psixologik
trening tashkil etishini yuqoridagi bo’limlarda keltirib o’tilgan. IPT – muloqot
jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ
malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi
IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: