Shu (asosiy mashg’ulot) mashg’ulot refleksiyasi (qayta aloqa, bugungi uchrashuvdagi mashg’ulotda egallangan bilim-ko’nikmalarni qisqa muhokama qilish) Bu element, o’tkazilayotgan psixokorreksion tadbirning mustahkamlovchi mexanizmdir.
Refleksiyani amalga oshirish doimo muhim, chunki bundan o’tkazayotgan mashg’ulotlarimiz o’zining psixokorreksion ta’sirini va natijasini ko’rsatayotganini monitoring qilish mumkin. Va shunga qarab o’rni kelganda metodlarni, yondoshuvlarni umumiy samaradorlikni oshirish uchun o’zgartirish, qayta shakllantirish yoki butkul boshqasiga almashtirish mumkin.
Hayrlashuv rituali. Bu ritual ham o’zida samlomlashuv ritualini funktsiyalarini jamlashi lozim bo’lib, qo’shimcha ravishda, o’ziga xos tantanali bo’lishi kerak. Bunda qarsaklar va ijobiy motivatsion shiorlardan foydalanilgan kichik mashg’ulotlardan foydalanish o’smirda keyingi uchrashuvlar uchun stimul bo’ladi hamda yaxshi kayfiyatni ta’minlaydi.
O’smirlar uchun guruhiy psixokorreksion dastur. (Namuna)
|
Guruh ro’yxati va ular haqida (psixolog uchun kerakli) qisqacha ma’lumot:
|
1.
2.
3...
O’smirlarning Ism familiyasi va yoshi qayd qilib qo’yiladi.
|
Ularda psixokorreksiya qilinishi hamda rivojlantirilishi kerak bo’lgan sohalar:
|
O’smirlarda umumiy korreksiya qilinishi kerak bo’lgan shaxs sohalari belgilab olinadi.
1. (masalan: agressivlik) 2.
3…
|
1-uchrashuv
va sana belgilanadi
|
1-Salomlashish rituali.. (masalan: “samimiy salom”) 2-Chigil yozdi mashq… (masalan: “uchlar”)
O’tgan mashg’ulot reflektsiyasi…(masalan: “aqliy hujum”)
Asosiy mashg’ulot…(masalan: “Mixlar haqida” psixokorreksion rivoyatlar mashg’uloti)
Shu mashg’ulot refleksiyasi (masalan: “aqliy hujum” men bugun...o’rgandim! nuqtalar o’rnini so’zlar bilan to’ldirib aylana bo’ylab aytib o’tish)
Hayrlashuv rituali…(masalan: “kaftdagi tilaklar”)
6 ta element bo’yicha o’tkazilishi rejalashtirilgan mashg’ulotlar belgilab qo’yiladi. Bunda ayrim mashg’ulotlar qo’shimcha variantlar va zahira mashg’ulotlar sifatida ham belgilab qo’yilishi hamda amaliy psixolog tomonidan mashg’ulotlarning borishi hamda o’smirlar guruhi tomonidan qanday tarzda/kayfiyatda/munosabat bilan qabul
qilinishi avvaldan tasavvur qilinishi lozim.
|
2…
|
|
|
|
|
Individual va guruhiy psixokorreksion dasturlarni tuzishda amaliy psixologga trenerlik bilim-ko’nikmalari, tajribasi, ijodiy fikrlash kerak bo’ladi. psixodiagnostik va psixokorreksion usullar, metodikalar bilan ishlash malakasi esa psixolog uchun eng zaruriy quroldir. Unda shunday “qurollar” yetarlicha bo’lsa, amaliyotda har qanday muammoli vaziyatni bartaraf etish, chigal psixologik masala sabab qo’yilgan vazifani bajarish anchayin osonlashadi.
Shuningdek, amaliy psixologlarga psixokorreksion texnologiyalarni amaliy jihatdan chuqur o’rganish hamda ularni psixokorreksion dasturlariga tadbiq etishni tavsiya qilish mumkin, bu korreksion jarayonning yuqori natijalar berishini ta’minlaydi.
Xulqi og’ishgan o’smirlar bilan ko’proq guruhiy psixokorreksion dasturlar asosida ishlash tavsiya qilinadi. Chunki, guruhda kuchli ijtimoiy ta’sir, imitatsiya fenomeni orqali kerakli ijtimoiy-psixologik bilim-ko’nikmalarni o’smirlarda nisbatan osonroq shakllantirish mumkin.
Asosiysi guruhiy faoliyat xulqi og’ishgan o’smirlar uchun kerakli bo’lgan jamoada ishlash, konstruktiv kommunikativ bilim-ko’nikmalar, adekvat ijtimoiy shaxs axloq xususiyatlarini vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |