Psixokorreksion dasturlar qamroviga muvofiq ikki turga bo’linadi:
Individual.
Guruhiy
Psixokorreksion dasturni tuzish jarayoni uni amalga oshirish hamda tashkillashtirish asoslarini ham o’zida aks ettiradi. Bunda shunday muhim savollar amaliy psixologni o’ylantirishi kerak, jumladan: Korreksion dastur individual yoki muayyaan guruh uchun tuziladimi? Ishtirokchilar soni va yoshi? Mashg’ulotlar ko’lami, davomiyligi, vaqti, kerakli joy va jihozlar nimalardan iborat bo’lishi kerak?”
M.R.Bityanovaning fikriga ko’ra, mashg’ulotlarning intensiv shakli har qanday ta’lim yoki tarbiya muassasalari amaliy psixologlari uchun nisbatan qulay bo’lib, amaliy psixolog va mijoz orasida 4-5 hafta davomida 10-12 ta uchrashuv tashkil etish sikli samaradorligi belgilangan.
Psixokorreksion dastur ham shu sikl doirasida tuzilgani ma’qul. Muallif shuni ta’kidlaydiki, individual korreksion faoliyatga nisbatan guruhiy korreksion faoliyat (bunda ijtimoiy-psixologik, guruhiy psixoterapevtik trening mashg’ulotlari)ni tashkil etish qiziqarli va samaraliroqdir.
Tajribamizdan kelib chiqqan holda, muallif fikriga qo’shilamiz. Lekin, individual psixokorreksion dasturlar va guruhiy psixkorreksion dasturlarni shakllantirishda alohida e’tibor berish kerak bo’lgan jihatlar bor. Ularni e’tiborsiz qoldirsak, psixokorreksion dasturning muvaffaqiyatsizligiga sabab bo’lishi hamda o’smirga biz istagan ijobiy korreksion ta’sirni amalga oshira olmasligimiz mumkin.
Bu farqli jihatlarni quyida keltiriladigan namunaviy psixokorreksion dasturlardan ajratib olamiz.
O’SMIR UCHUN INDIVIDUAL PSIXOKORREKSION DASTUR.
(Namuna)
Diqqat!
Bunday dasturni qog’oz varianda amaliyotda yozayotganda “xulqi og’ishgan o’smir”, “ichki profilaktik ro’yxatda turuvchi o’smir” kabi negativ atamalardan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Psixokorreksion dastur tuzilganligini o’zi mutaxassis uchun o’smirning xulqida og’ish mavjudligini ko’rsatib turadi, fikrimizcha uni “boshqacha” o’smir sifatida
amaliy psixolog hujjatida ajratib ko’rsatish hojati yo’q.
|
Ism va familiya, yoshi, u haqida amaliy psixolog uchun
kerakli shaxsiy ma’lumotlar:
|
Bu joyga o’smir haqida shaxsiy ma’lumotlar yozilishi kerak.
|
Ota-ona, pedagoglar, yaqin kattalar, do’st yoki sinfdoshlar, profilaktikani amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar (mahalla, hokimlik, Ichki ishlar bo’limi) tomonidan bildirilgan o’smir haqidagi fikrlar, shikoyatlar asosida yig’ilgan ma’lumot:
|
Bu joyga sanab o’tilgan o’smir bilan tanish shaxslardan olingan ob’ektiv va sub’ektiv fikr- mulohazalar, yoziladi.
Bu psixokorreksion jarayonda as qotishi mumkin. Shuningdek, gohida o’smirdagi biron og’ishgan xulq xususiyati yuzaga kelishiga boshqalar ham ta’sir qilishi mumkin.
Bunda “boshqalarga” berilgan tavsiyalar va ko’rsatmalar hamda ular bilan olib borilgan ishlar
natijalari ham belgilab borilishi mumkin.
|
O’smirning hujjatlarini o’rganish asosida yig’ilgan ma’lumot:
|
O’smirning psixologik tashhis daftari, uning kundaligi, tabeli, reyting daftari, sinf yoki guruh jurnali, u haqida tuzilgan bayonnoma va h.k lar o’rganib chiqilishi asosida psixolog uchun kerakli
ma’lumot bo’lsa, belgilab qo’yilishi mumkin.
|
1-uchrashuvdan keyin o’smir bilan ilk individual-psixologik va diagnostik suhbat olib borilgach olingan psixologik ma’lumotlar asosida psixologning boshlang’ich fikrlari qayd etib qo’yilishi mumkin:
|
Psixolog bu yerga o’zining boshlang’ich xulosalarini va qaysi yo’nalishda ishlash kerakligini o’zi uchun belgilab qo’yishi hamda qanday metodikalar, usullardan foydalanishini qayd etib qo’yishi mumkin.
Amaliy psixolog birinchi uchrashuvning o’zidayoq o’smir bilan qaysi yo’nalishda ishlash, qanday metodikalardan foydalanish hamda qaysi mashg’ulotlarni u bilan o’tkazishni o’ziga belgilab
olishi lozim.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |