Psixologik trening



Download 0,66 Mb.
bet11/168
Sana31.03.2022
Hajmi0,66 Mb.
#520401
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

3.K.Levin va K.Rodjers guruhiy treninglaning asoschilari sifatida. Bahs va munоzara yo‘li turli muammоlarni ijоbiy hal qilish masalasiga qiziqish asrimizning 30 yillaridan bоshlangan. Chunki ayni shu hоdisaga qiziqish shu davrga kelib pedagоgika va psixоlоgiya sоhalariga ham yoyilgan va bu xaqda dastlabki ilmiy psixik hulоsalar qilgan оlim shveytsariyalik psixоlоg Jan Piaje hisоblanadi. U bоla ijtimоiylashuvi jarayo’nini o‘rganar ekan, uning o‘z tengqurlari bilan turli mavzularda qiladigan munоzara yo’ki baxslari bоladagi
egоistik mavqeining pasayishi va shu tariqa o‘z-o‘zini anglash bilan bir qatоrda o‘zgalar mavqeini anglash va bоshqalar orniga o’zini qo’ya olish qоbiliyatini tadqiqоtlar orqali, keyinchalik esa sоf ijtimоiy psixik hоdisalar dоirasida ham o‘rgana bоshladi.
Chet el psixologiyasida Morenodan keyin guruh bilan ishlashga qiziqish nemis olimi Kurt Levin ishlarida ko’rinadi. Kurt Levinga qadar ham bir qancha mutaxassislar bu yo’nalishda ish olib borishgan, lekin Kurt Levinni trening guruhlarining otasi deb atash mumkin.
Kurt Levin o’z tadqiqotlarini 1930-yillarda boshlagan. Birinchi T-guruh tasodifan vujudga kelgan. K.Levin biznesmenlar bilan ishlashda guruhiy muammoning tezda hal bo’lishini kuzatgan va shu asosda bu yo’nalish T- guruhlari sifatida dunyoga kelgan. Trening guruhi o’qitish laborotoriyasi bo’lib, unda shaxs turli ijtimoiy munosabatlarga o’rgatilati va zarur ijtimoiy bilimlarni egallashi mumkin. Shu sifati bilan trening guruhlari har xil maqsadga ega bo’lishi mumkin. Masalan, senzitivlikni oshirish guruhlarida trening guruhi katnashchilari soni 12 kishi chegarasida bo’lishi kerak. Keyinchalik, Kurt Levin ham 40 yillardayoq guruhda ko‘pchilikni yagona bir qarorga kelishishining psixologik tabiatini o‘rganar ekan, unda ana shu guruhlarda o‘tkaziladigan tabiiy munozaralarning har bir shaxs ijtimoiy ustanovkalari, qarashlari va guruh munosabatiga bevosita ta’sirini isbotladi. Uning fikricha, guruhdagi munozara har bir shaxsning guruh faoliyati motivatsiyasini oshirib, har bir a’zoning guruppaviy jarayonlarga qo’shilishi, o‘z mavqeini anglashi, o‘zgalarga nimadir deyish kabi ehtiyo’jlarini oshiradi. Erkin demoqratik tarzda fikr almashinish imkoniyatini yaratish, muhokama qilinadigan muammo bo’yicha guruh a’zolarini fikr jaryonini tezlashtiradi, ularning ijtimoiy mavqeilarini yanada faollashtiradi.
K.Levin eksperimentlarini real hayotda qanday samara berishi bo’yicha keyichalik ikkinchi jahon urushi yillarida sinovlar o‘tkazish orqali tahlil qilgan. O’sha yillar bir guruh ayollarga ayrim oziq - ovqat mahsulotlari (baliq konservasi va pashteti) ning ham foydali ekanligi, har doim ham yangi so’yilgan mol yoki boshqa hayvon go’shtini iste’mol qilish shart emasligi haqida chiroyli, ishonchli ma’ruza o’qiladi, ertasi kuni o’sha tinglovchilarning 3% gina do’konlardan yuqorida targ’ibot qilingan narsalarni harid qilganlar. Boshqa, bir ayollar guruhiga esa, aynan shu mavzuda munozara o‘tkazish sharoiti yaratilgan. Keyingi kuzatishlarning ko‘rsatishicha, munozara qatnashchilaridan 32% o’sha oziq - ovqat mahsulotlariga nisbatan qiziqishlari ortib, ularni harid qila boshlaganlar.
Ilmiy nuqtai nazardan olib qaralganda, munozaralarning mohiyati va ahamiyati ancha kengdir. Agar an’anaviy ma’ruza tinglovchilar gapirilayotgan muammoga nisbatan xato bo’lsada, taxminiy bir xil neytral mavqeini bildiradigan past reaksiyali fikrni ko’rsatadi, fikrlar to’qnashuvini taqozo qiluvchi munozarada esa qarama-qarashi fikrlarning mavjudligi, monand fikrlar borligini ham anglash shaxsda osha fikrlarga nisbatan ancha faol mavqeini shakillantiradi.
Munozaraning qanday yakunlanishidan qat’iy nazar unda qatnashuvchilarning fikrlari bir-biriga mos tushmasligi ham mumkin yoki ularda ma’lum uyg’unlik bo‘lishi ham mumkin. Qanday bo‘lganda ham uning mazmuni shaxs ijtimoiy tasavvurlari va qarashlarida mustahkam o’rnashadi va xotirasida qoladi.

Guruxiy mashgulot o’tkazishda asosan doira shaklida o’tirish qabul qilingan. Doirada hamma odam bir-birini ko’rib turadi. Shuning o’zi odatda yangilikni qabul qilish uchun yo’naltirilgan o’zgarishni vujudga keltirishi mumkin. Ishtirokchilar har bir gruppa a’zosi tengligini idrok qiladi va anglaydi. Uning asosiy tamoyillari “shu yerda va hozir”, “faollik” va “konfidentsiallik”dan iborat. O’z xatti-harakatlari haqida salbiy gaplarni eshitishni xohlamagan guruh a’zosi “texnika”, “top” kabi so’zlarni ishlatishi mumkin.
Bu kabi mashg’ulotlar O’zbekistonda sotsial psixologik trening o’tkazishda qo’llaniladi. Guruhiy me’yorlar qabul qilish chet ellarda bir muncha boshqacharoq kechadi. Masalan: ba’zi bir psixogimnastik mashg’ulotlarni O’zbekiston sharoitida tarbiyalangan odam bajarishni o’ziga noqulay deb bilishi mumkin. Xuddi shu sababli, bizning fikrimizcha, chet ellarda qo’llanilayotgan guruhiy treninglarni O’zbekiston sharoitiga moslashtirmasdan turib, to’g’ridan – to’g’ri qo’llash mumkin emas. O’zbekiston sharoitida treninglarni tashkil etish va o’tkazishda etnopsixologik va milliy xususiyatlarni hisobga olish yaxshi samara beradi.
Karl Rodjers gumanistik psixologiyaning asoschilaridan biri bo’lib, o’ziga xos terapevtik yo’nalishga asos solgan. U insonning boshqa odamlar bilan muammosi autentik (o’xshash) bo’lishi, ya’ni muammolar hammada mavjudligini ta’kidlaydi. Shuningdek, muammoli vaziyatlarda shaxslarga yordam berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Uning asosiy belgilari; uchrashuv qatnashchilarining o’zligini ochish, hislarini anglash, javobgarlik, o’z “Men”ini anglash, “Shu yerda va hozir” tamoyiliga asoslanganlikdir.
Psixologiyada, shuningdek, Geshtal’t psixologiya yo’nalishi tomonidan ishlab chiqilgan psixoterapevtik metodlar ham mavjud. Geshtal’t guruhlar yuqorida ko’rilgan geshtal’tterapiya metodlariga asoslanadi. Boshqa guruhlardan farqli o’laroq, guruh mashg’ulotlarini trener har bir a’zo bilan yakka – yakka o’tkazishi mumkin. Boshqalar esa “bo’sh issiq stul” texnikasi bo’yicha kuzatuvchi hisoblanadi. O’z muammosini yechishni istagan odam bo’sh stulga kelib o’tirib, boshqalarni kuzatish orqali o’z muammosini optimal yo’l bilan anglashga harakat qiladi. Bu geshtal’tterapiyaning guruhiy ko’rinishidir. Odatda ikki stul texnikasi ham ishlatiladi. Bu Morenoning ikkinchi “Men” metodiga o’xshaydi. Kishi o’z retroflektsiyasini (orqaga qaytish) anglash uchun yonidagi bo’sh stulga proektsiya qiladi va ikkita odam sifatida o’ziga-o’zi savol-javob qila boshlaydi. Guruh “issiq stul”dagi maslahatlar bilan yordam berib turadi. Geshtal’t guruhlarning asosiy maqsadi javobgarlikni o’ziga olgan holda o’zligini anglashdir. Geshtal’t nazariyasi bo’yicha odam o’zini anglash vaqtida samimiy ko’ringandagina yaxlitlik, geshtal’t hosil bo’ladi va muammo yechiladi.
4.M.Forverg ijtimoiy psixologik reninglarning asoschisi va u bo'yicha тренингни 5 асосий тури. XX asrning 70-yillarida M. Forverg boshchiligida Leypsig va Jenskiy universitetlarida ijtimoiy va psixologik trening ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan. Uning amaliy qo'llanish sohasi sanoat ishlab chiqarishi rahbarlarining ijtimoiy-psixologik tayyorgarligini tashkil qilish bo’lgan. Treningning asosiy vositalari samarali muloqot ko'nikmalarini shakllantirish uchun sharoit yaratadigan dramatizatsiya elementlari bo'lgan rolli o'yinlar edi. M. Forverg va uning izdoshlari tomonidan to'plangan ijtimoiy- psixologik treningning muhim tajribasi ta'limning beshta asosiy turlarida keltirilgan, ular quyidagilardan iborat:

  1. Muayyan kasb uchun zarur bo'lgan ijtimoiy xulq-atvor modellarini o'zlashtirishga qaratilgan guruhlar. O'zgarishlarning asosi xatti-harakatlarni boshqarish uchun javobgar bo'lgan shaxsning kognitiv tuzilmalarini korreksiyalash bo’lgan. Treningning ushbu turida shaxsning bevosita faqat

kasbiy qiyinchiliklar bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatlariga e’tibor qaratilinib, bunda ishtirokchilarning shaxsiy muammolarini o'rganishga qaratilganligidan mustasno bo’lgan.

  1. Guruhlar boshqaruv faoliyatiga tayyorgarlik ko'rish va shaxsning individual psixologik fazilatlarini rivojlantirishga, shaxsiy psixoprofilaktik vazifalarni avtogenez mashg'ulotlari yordamida hal qilishga qaratilgan. Treningning ushbu turida guruhlarning dinamikasi, uning qonuniyatlarini aniqlash, boshqarish, yo'naltirish va rag'batlantirish ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida qo'llaniladi.

  2. Psixogen va ruhiy kasalliklarga nisbatan yuqori xavfi bo'lgan menejerlar guruhlari bilan psixogigiyena va psixoprofilaktik jihatdan ishlashga yo'naltirilgan. Ushbu guruhlar faqat ixtiyoriy ravishda tashkil etilgan va psixoterapiya va klinik psixologiya sohasidagi mutaxassislar tomonidan olib borilgan.

  3. Shaxslararo muloqotda shaxsiy o'sish va vakolatni rivojlantirish guruhlari. Ushbu treningdagi kasbiy muammolar, agar ular trening ishtirokchilarining shaxsiy xususiyatlari bilan chambarchas bog'liq bo'lsa, ko'rib chiqilgan.

  4. Beshinchi turdagi o'qitishning maqsadi - shaxslararo muloqotning o'ta og'ir sharoitlarida ishlash va yangi hayot maqsadlarini qisman shakllantirish uchun ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirishdan iborat.7




Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish