2.Treninglar- guruhiy ish shakli va T- guruh treninglari tavsifi. Guruh mashg'ulotlari shakllarining paydo bo'lishi 1945 yillarga to'g'ri kelib, bu boradagi izlanishlar K. Levin, K. Rodjers, L. Bradfort, R. Lippit izlanishlari bilan bog'liq. Ushbu davrda AQShda guruh dinamikasini o'rganish markazi tashkil etildi. Guruhlararo munosabatlar laboratoriuyasida olib borilgan izlanishlar natijasida K. Levin shaxsiy muloqotdagi samarali o'zgarishlarning aksariyati individual sharoitda emas, balki guruhda sodir bo'ladi degan qat'iy fikrga keldi. Uning ta'kidlashicha, odamlarning moslashuvchan bo'lmagan munosabatlarini aniqlash va o'zgartirish va xatti-harakatlarning yangi shakllarini rivojlantirish uchun o'zlarini boshqa odamlarga o’xshab ko'rishi, o’zini boshqalarga solishtirishi kerak. C. Levin va K. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan guruh dinamikasi va mijozga yo'naltirilgan davolash nazariyalari guruh mashg'ulotlarini o'tkazishning bevosita manbalari edi. 1947 yilda guruhlararo aloqalar laboratoriyasining muvaffaqiyatli ishi natijasida AQShda Milliy trening laboratoriyasi tashkil etildi. O'sha paytda paydo bo'lgan T- guruhlar (trening guruhlari) ko'pchilik “ijtimoiy-psixologik trening’” tushunchasi bilan birlashtirilgan guruhlar bilan zamonaviy psixologik ishlarning asoschilariga aylandi. T-guruhlarining mashhurligining sabablaridan biri bu mashg'ulot guruhining psixologik xavfsiz sharoitida samarasiz stereotiplarni qayta qurish imkoniyatining mavjudligi bilan farqlanadi. T-guruh ishtirokchilariga o'zlarining xatti-harakatlarini sun'iy ravishda yaratilgan muhitda, ishonch va qo'llab-quvvatlash muhitida sinab ko'rish imkoniyati taqdim etiladi, bu esa o'zlarini oshkor qilishga yordam beradi va shunga mos ravishda chuqurroq o'zgarishlarga olib keladi. Bundan tashqari, trening ishtirokchilari trenerdan kerakli psixologik ma'lumotlarni olishadi va ularning shaxsiy o'sishiga va boshqalar bilan muvaffaqiyatli aloqada bo'lishlariga yordam beradigan ko'nikmalarni egallaydilar. T-guruhlarning keyingi rivojlanishi ularning ko'plab turlarining paydo bo'lishiga olib keldi, ammo umuman olganda ularni uchta yo'nalishga bo'lish mumkin:
shaxsning umumiy rivojlanishi;
shaxslararo munosabatlarni shakllantirish va o'rganish;
mehnat munosabatlarini optimallashtirish orqali tashkilotlar va jamoalar faoliyatini takomillashtirish.
V.P. Zaxarov va N. Yu. Xryashcheva jamiyatda kompetensiyani rivojlantirish uchun quyidagi muammolarni hal qilish zarurligini belgilaydilar:
Shaxs, guruh, muloqot psixologiyasi sohasidagi bilimlarni egallash.
Muloqot ko'nikmalarini egallash.
Muvaffaqiyatli aloqani ta'minlaydigan insonnig ichki mexanizmlarini korreksiyalash, shakllantirish va rivojlantirish.
O'zini va boshqa odamlarni munosib baholash qobiliyatini rivojlantirish.
Shaxs munosabatlari tizimini rivojlantirish.
Faoliyatning etakchi yo'nalishi va trening guruhlarining maqsadlariga muvofiq ularni besh turga bo'lish mumkin.
“Men – Men” - shaxsiyat darajasidagi o'zgarishlarga, ishtirokchilarning shaxsiy o'sishiga qaratilgan guruhlar; bu ichki o’zgarishlar qilishning asosiy manbalaridir.
“Men – boshqalar” - ishlatilgan usullarga qarab shaxslararo munosabatlardagi o'zgarishlarga va shaxslararo ta'sir va o'zaro ta'sir jarayonlarini o'rganishga qaratilgan guruhlar.
“Men Guruhdaman” - bu ijtimoiy birlashma sifatida shaxs va guruh o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning xususiyatlari va uslublarini o'rganishga va ushbu o'zaro ta'sirning samaradorligini oshirishga qaratilgan guruhlar.
“Men Tashkilotdaman” - tashkilotlarda shaxslararo va guruhlararo hamkorlik tajribasini o'rganish va rivojlantirishga qaratilgan guruhlar.
‘Men kasbman’ - ma'lum bir kasbiy faoliyat mavzulariga yo'naltirilgan guruhlar.
Keyinchalik, K.Levin shogirdlarining omadli faoliyatlari natijasida AQSHda treningning milliy laboratoriyasiga asos solindi. Bu laboratoriyada ko’plab ko’nikmaviy treninglar yaratildi. Treningda “psixologik ta’sir” termini, ya’ni muloqotchanlikni oshiruvchi terminlar ilk marotaba AQSHda K.Levin shogirdlari tomonidan Betelg’da o’tkazilgan treninglarda qo’llanilgan va ular T- guruppa deb nomlangan. Ular asosida quyidagi g’oya yotardi: ya’ni ko’pchilik insonlar guruhlarda yashaydi va ishlaydi, ammo ko’p hollarda ularda qanday ishtirok etayotganlarining hisobotini bermaydilar, atrofdagi odamlar ularni qanday ko’rayotganligi va ularning reaktsiyalari aynan qilayotgan xulq- atvorlariga javoban. K.Levin samarali o’zgarishlarni amalga oshirish uchun individual holatda emas, balki guruhiy holatda trening o’tkazishni ma’qul deb topadi va inson o’zini o’z ko’zi bilan emas, balki atrofdagilarning ko’zi bilan ko’rishga harakat qilishi kerak deydi.
Har qanday sharoitda ham shaxsning o’z boshidan kechirganlarini o’zgalarga ayta olishi va boshqa fikrlarni qabul qila olishi katta ijtimoiy ahamiyatga ega. G’arb mamlakatlarida keng tarqalgan ‘T-guruh’lar metodi ham aynan turli hayotiy kazuslarni (hodisa) tahlil qilish vositasida fikrlar uyg’unligiga erishish va shaxsni tarbiyalash imkoniyatini yaratadi.
Munozara metodlarining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, ular har bir shaxsning o’z nuqtai nazarini tahlil qilishga imkon yaratib, undagi tashabbuskorlik, muloqotdagi bilimdonlik hamda o’z aqliy potensialidan to’liq foydalanish imkoniyatini beradi. Ya’ni ushbu turkum metodlarning vazifalari ham uning ahamiyatli maqsadlaridan kelib chiqadi:
munozara qatnashchilarini real vaziyatlarni tahlil qilishga, asosiy, muhim narsani nomuhim narsadan ajratishga va muammoni anglashga o’rgatadi;
o’zgalar fikri, gapirish mahoratini kuzatish va shu asosida ular bilan hamkorlikda ishlashga undaydi;
v) muammoga talluqli rang-barang qirralarni ajratish, ular mohiyatini anglash imkoniyatini yaratadi;
g) muammoning turli muqobil yechimlari bo’lishi mumkinligini namoyish qiladi.
Ayniqsa, axloqiy-ma’naviy mavzulardagi muammolarni hal qilishda munozaraning roli katta. Bunday sharoitda bahslashuvchilarning yetuklik darajalari, axloqiy qadriyatlarni anglash darajalari katta ahamiyatga egadir. Axloqiy-ma’naviy masalalar yuzasidan munozarani tashkil etuvchi shaxsga alohida talablar qo’yilishini ta’kidlash kerak. Chunki u bahslashuvchilarga hech qanday tazyiq ko’rsatmasligi, har bir shaxsning erkin fikr bayon etishiga yo’l qo’ygan holda ular fikrlarining tamoman zidlashib ketishiga yo’l qo’ymasligi, munozaradan kelib chiqadigan xulosani va qarorni guruhning o’ziga havola qilish lozimligini unutmasligi zarur. Bu usul maktablarda, turli bilim maskanlarida, mahalla qo’mitalari ish faoliyatida, turli maslahat shohobchalari, o’smirlar va o’spirinlar tarbiyasi borasida keng qo’llanishi mumkin.
‘Munozara’ yoki ‘bahs’ so’zlarining mohiyati shundaki, ular doimo kishilar guruhini anglatadi, ya’ni har qanday bahs yoki munozara guruhda mavjud bo’ladi. Lekin ijtimoiy psixologiyada (asosan) guruhlarning ikki turi bo’lib, ulardagi shaxslar soni va guruhning hajmiga ko’ra, katta va kichik guruh turlariga ajratiladi. Ijtimoiy psixologik treninglar o’tkaziladigan maxsus guruhlar ‘T-guruhlar’, deb yuritiladi. Lekin an’anaviy ‘T-guruhlar’ kishilar sonining ozligi va bevosita muloqot sharoitlarining yetarli ekanligi bilan tavsiflanadi. Shunday bo’lishiga qaramay, ko’pincha real amaliyotda psixolog
shunday guruhlar bilan ishlashiga to’g’ri keladiki, undagi odamlar soni belgilangandan ko’proq bo’ladi. Shunday qilib, T-guruxlarda munozalarni tashkil etishning ayrim o’ziga xos tomonlari va turlari mavjuddir.
Kichik, tor doiralardagi kompakt (ixcham) guruhlarda uyushtirilgan munozaralarning erkin mavzuli, yo’naltirilgan va aniq ssenariyli disput turlari mavjud bo’lib, bu tanlangan mavzuga va munozara guruhlarining muloqot tajribasiga bog’liqdir (‘disput’ so’zining lug’aviy ma’nosi “fikrlayapman”, ‘tortishyapman’, degan ma’noni bildiradi). Kichik guruhlardagi munozarada asosiy narsa guruh a’zolarining tanlangan mavzu xususiyatiga qarab, har birining o’z fikr-mulohazalarini oxirigacha bayon etish imkoniyatlarining borligidir. Bunday guruhda boshlovchi ham qatorda o’tirib, mavzuning yechimi batamom hal bo’lmaguncha faol muloqotlarning ishtirokchisi bo’lishi mumkin. Lekin asosiy rol guruhning a’zolariga yuklanganligini va bevosita ajralib chiqqan norasmiy lider asosiy bahs yurituvchi bo’lishi mumkinligini unutmasligi zarur. Bunday gurunglar turli sharoitda, ko’pincha bahs ishtirokchilari uchun tabiiy sharoitlarda o’tkazilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Agar T-guruh odatdagidan kattaroq hajmda (masalan, 30 kishigacha) bo’lsa, unda munozarani uyushtirishning o’ziga xos tomoni bor. Bu holda bahs guruhi shartli ravishda a’zolarga aniq mavqelari bayon qilingan holda 3 ga bo’linadi. Birinchi guruh – “fikrlarni jamlovchilar” - generatorlar guruhi deyiladi; ikkinchisi “tanqidchilar” va uchinchi guruh “fikrlarni tezlatuvchilar katalizatorlar” deb ataladi. Har bir ajratilgan guruhning o’ziga xos funksiyalari bor: “‘generatorlar” o’rtaga tashlagan muammo yoki baxs mavzusi bo’yicha o’zlaridagi barcha fikrlarni o’rtaga xolis tashlaydilar. Guruh a’zolaridan biri ularni jamlab, fikrlar ikkiga bo’lingan taqdirda ham, ularni umumlashtirib bayon etadi. So’ngra o’yinga “tanqidchilar” kirishadi. Ularning vazifasi - eshitgan fikrlariga tanqidiy munosabat bildirish, ya’ni tanqidiy nuqtai nazardan ular ichidagi “mag’zni” va “puchak” fikrlarni saralash. Shundan keyin vaziyatga qarab, yana so’z “generatorlar”ga yoki “katalizatorlar”ga berilishi mumkin. Bildirilgan fikr va takliflarda mabodo hisobga olinmay qolgan jihatlar yoki noo’rin fikr bo’lsa, yoki mohiyatan shu
mavzuga
aloqador bo’lgan, lekin ikkala tomon hisobga olmagan biror jihat aniqlansa, tomonlar diqqatini qaratish kerak bo’lsa, bahsni davom ettirishga ruxsat berish va uni yakun qilish taqozo qilinsa, ikkala guruhning oyiniga baho bergan holda munozarani to’xtatish – “katalizatorlar”ning vazifasidir. Ular ko’pincha ikkala guruh uchun xolis “hakamlar” r'olini ham o’ynashlari mumkin.
Maktabda bir sinf doirasida yoki talabalar guruhida axloqiy-ma’naviy mavzuda bahs uyushtirganda, yuqoridagi usulni qo’llash, imkoniyati bo’lsa, suhbatdoshlarni uchburchak - berk stol atrofiga to’plash mumkin. Demak, bahslashuvchilarning fazoviy joylashishlari ham bu o’rinda ma’lum ahamiyat kasb etadi.
Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli ayniqsa kattadir. Chunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr almashinuvlarning boshida turmog’i, kerak bo’lsa, ular faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda yo’naltirib turmog’i lozim. Kichik guruhdagidan farqli o’laroq, katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu ichki guruhga yon bosmasligi yoki ularni o’zining shaxsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Aks holda, u o’zining faoliyati bilan boshqalar tashabbusiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va bahsning yo’nalishini buzib qo’yishi mumkin. Shuning uchun katta guruhlarda uyushtiriladigan munozaraning mavzusi oldindan tanlangan va unga boshlovchi ma’lum ma’noda tayyor bo’lishi shart.
Psixologik treninglarni qo'llash tajribasi rus psixologlarining asarlarida o'z aksini topgan. Jumladan, G. A. Kovalev (1980; 1989; 1996), L. A. Petrovskiy (1982; 1989; 1996), Yu. A. Emel’yanova (1983; 1985; 1991) , X. Mikkina
(1981; 1986), T. S. Yatsenko (1987), V. P. Zaxarova va N. Yu. Xryashcheva (1989); A.P. Sitnikova (1992; 1996), G.I. Marasanova (1995), V. Yu.
Bol’shakova (1996), S.I.Makshanov (1997), I.V.Vachkova,V. G. Romek (2002),
E. V. Sidorenko (2001; 2002) va boshqalar tomonidan psixologik treninglar va ularning imkoniyatlari haqida fikrlar bildirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |