133
11-Mavzu: TRENING GURUHLARINING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Reja:
1.Geshtal’t yo‘nalish.
2. Guruhiy tahlil yo‘nalishi.
3.Guruhda tranzakt tahlil.
4.Psixodramatik yo‘nalish.
5.Tana-taktil to‘siqlar bilan ishlash.
6.Trening guruhida NLP dasturida ishlash.
Tayanch tushunchalar:
Geshtal’t, guruhiy tahlil, tranzakt tahlil,
psixodramatik yo‘nalish, tana-taktil to‘siqlar, NLP dastur
1.Geshtal’t yo‘nalish.
Geshtal’t terapiya metodi Frederik Peres tomonidan
asoslangan bo’lib, ushbu metod geshtal’t psixologiyaning “shakl-fon” nazariyasi
zamirida ishlab chiqilgan, ya’ni biror ob’ekt shakl bo’lsa, boshqa ob’ektlar shu
shaklni
anglashga
yordam
beruvchi
fon
sifatida
xizmat
qiladi.
Geshtal’tterapiyada birorta anglanilgan shakl bo’lsa, boshqa xislar anglanilmay
qoladi, degan tamoyilga tayaniladi. Geshtal’t “yaxlitlik” degan ma’noni
anglatib, fonda vujudga keluvchi shakl bo’lishi mumkin.
Odam ruhiy
muammolarining kelib chiqishida anglanmay qolgan tuzilmani geshtal’t sifatida
xizmat qilishi mumkin. Bu muammoni yechish uchun geshtal’t vujudga kelishi,
mijoz esa o’zini anglab yetishi shart. Buning uchun terapevt “shu yerda va
hozir’ tamoyilini qollaydi. Masalan, verbalizatsiya orqali “shu
yerda va xozir
anglayapman” deb boshlanuvchi suzlar bilan murojaat qiladi. Keyin bu
holatlarning
yaxshi yoki yomonligi, qulay yoki noqulayligi anglanadi.
Geshtal’tterapevt mijozga o’zini anglashiga yordam berish uchun uning xatti-
harakatlariga
diqqatini qaratishi, ya’ni xatti-harakatni anglash orqali hisni
anglashga, hisni anglash orqali esa geshtal’t
tuzilishiga, muammo yechilishiga
yordam berishi mumkin. Mijozdagi himoyalanish mexanizmlarini uning o’ziga
anglatish ham geshtal’tterapiyaningvazifasidir, ya’ni
odam tashqi olam
yo’naltirgan ehtiyoj energiyasining ijtimoiy qarama-qarshilik natijasida o’ziga
qaytarilishidir.Bu narsa retroflektsiya deb atalib, u “o’ziga qaytarish” ma’nosini
anglatadi. Bu energiya keyinchalik shu yo’nalishdagi boshqa ehtiyojlar vujudga
kelishiga to’siq bo’lishi mumkin. Masalan, birovni urishga ehtiyoj tug’ilishi
natijasida odam ko’nglida og’riq paydo bo’lishi va buning sababini anglash
og’riq zarbini yuqotishi mumkin. Keyinchalik Peres odam o’zini – o’zi
134
qiynashini, “bu narsani qilaman va buni qilmayman”
degan mulohazasini
“yuqori va pastki” deb nomlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: