172
ishning samaradorligini sezilarli darajada oshganligi haqiqatdir. Stressni
boshqaruvchi treninglar individyal yo’nalishga ega bo’lib, shaxsni barkamolligi,
tanani boshqaruvchanligi, ijodkorlikni rivojlantirishga yonalgan bo’ladi. Albatta
, bu trenerning kasbiy mahorati bilan amalga oshiriladi.
Har qanday boshqa treninglar kabi stressga qarshi mashg'ulot
ishtirokchilari trening davomida o’zlarini muammolarini hal qilish bilan bog’liq
ko’nikma va malakalarga ega bo’lishadi.
Biz bilamizki, har bir trening mashg’uloti, albatta, psixoterapevtik ta'sirni
o'z ichiga oladi. Biroq, stressga qarshi treninglarda psixoterapiyaning ulushi
ko'proq, chunki ishtirokchilar nafaqat tashkiliy, uslubiy muammolarni, balki
shaxsiy muammolarni ham hal qiladilar.
Ishtirokchilar ichida mashg'ulot davomida u uchun zarur bo'lgan stressli
vaziyatdan chiqish yo'llarini topmaguncha, guruh ishlarida to'liq ishtirok eta
olmaydigan holatlar mavjud. Ayrim hollarda ishtirokchilar kuchli ta’sirlanishi
oqibatida kuchli hissiyotlarni boshdan kechirishi kuzatilinadi, ya’ni bu qaysidir
hissiyotga boy bo’lgan mashg’ulotda ishtirok etayotganda sodir bo’ladi. Agar
murabbiy bunday vaziyatda ishtirokchilarga psixologik yordam ko'rsatish uchun
etarlicha kuch, bilimga, va kuchli ko'nikmaga ega bo'lmasa, dasturga kuchli
hissiy portlashni keltirib chiqaradigan "kuchli" mashqlarni kiritmaslik kerak.
Shuningdek, ishtirokchilarning o’zi ham stressga qarshi kurash bo’yicha
mashg’ulot turlariga o’zlarini oldindan ishontirib tayyorlashi kerak bo’ladi.
Ushbu muammoning mumkin bo'lgan echimlaridan yana birii bu ikki
mutaxassis tomonidan treningni tashkil etilishi talab etiladi. Bunda ulardan biri
mashgulotlarni boshqarish bilan shugullansa, ikkinchisi esa bu vaqtda
ishtirokchilarning reaktsiyalarini kuzatish va kerak bo'lganda ularga o'z vaqtida
yordam berish imkoniyatini oladi.
Shunday qilib, stressga qarshi kurash bo'yicha trenerga maxsus talablar
qo'yiladi. Bu maxsus psixologik ma'lumotga ega va treninglarni o'tkazish
tajribasiga ega, shuningdek, o'zgaruvchan sharoitlarga tezkor javob berish
qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. U shaxs psixologiyasi, psixologik salomatlik,
maslahat, guruh psixoterapiyasi sohasida bilimlarga ega bo'lishi kerak.
Murabbiy mijozlarga terapevtik yordam ko'rsatishni ekspress usullari bilan
tanishishi kerak. U yana tibbiy psixologiya, xodimlarni boshqarish psixologiyasi
bilan tanish bo'lishi, ya'ni faoliyatning turli sohalarida ishlashga tayyor bo'lishi
kerak..
Do'stlaringiz bilan baham: