Psixologik trening asoslari


Psixokorreksion dasturlar qamroviga muvofiq ikki turga bo’linadi



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/190
Sana06.06.2022
Hajmi2,48 Mb.
#642165
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   190
Bog'liq
fayl 776 20210505 (1)

Psixokorreksion dasturlar qamroviga muvofiq ikki turga bo’linadi: 
1.
Individual. 
2.
Guruhiy 
Psixokorreksion dasturni tuzish jarayoni uni amalga oshirish hamda 
tashkillashtirish asoslarini ham o’zida aks ettiradi. Bunda shunday muhim 
savollar amaliy psixologni o’ylantirishi kerak, jumladan: Korreksion dastur 
individual yoki muayyaan guruh uchun tuziladimi? Ishtirokchilar soni va yoshi? 
Mashg’ulotlar ko’lami, davomiyligi, vaqti, kerakli joy va jihozlar nimalardan 
iborat bo’lishi kerak?” 
M.R.Bityanovaning fikriga ko’ra, mashg’ulotlarning intensiv shakli har 
qanday ta’lim yoki tarbiya muassasalari amaliy psixologlari uchun nisbatan 
qulay bo’lib, amaliy psixolog va mijoz orasida 4-5 hafta davomida 10-12 ta 
uchrashuv tashkil etish sikli samaradorligi belgilangan.
Psixokorreksion dastur ham shu sikl doirasida tuzilgani ma’qul. Muallif 
shuni ta’kidlaydiki, individual korreksion faoliyatga nisbatan guruhiy korreksion 
faoliyat 
(bunda 
ijtimoiy-psixologik, 
guruhiy 
psixoterapevtik 
trening 
mashg’ulotlari)ni tashkil etish qiziqarli va samaraliroqdir.
Tajribamizdan kelib chiqqan holda, muallif fikriga qo’shilamiz. Lekin, 
individual psixokorreksion dasturlar va guruhiy psixkorreksion dasturlarni 
shakllantirishda alohida e’tibor berish kerak bo’lgan jihatlar bor. Ularni 
e’tiborsiz qoldirsak, psixokorreksion dasturning muvaffaqiyatsizligiga sabab 
bo’lishi hamda o’smirga biz istagan ijobiy korreksion ta’sirni amalga oshira 
olmasligimiz mumkin.
Bu farqli jihatlarni quyida keltiriladigan namunaviy psixokorreksion 
dasturlardan ajratib olamiz. 


186 
O’SMIR UCHUN INDIVIDUAL PSIXOKORREKSION DASTUR. 
(
Namuna

Diqqat!
Bunday dasturni qog’oz varianda amaliyotda yozayotganda “xulqi og’ishgan 
o’smir”, “ichki profilaktik ro’yxatda turuvchi o’smir” kabi negativ atamalardan 
foydalanish tavsiya etilmaydi.
Psixokorreksion dastur tuzilganligini o’zi mutaxassis uchun o’smirning xulqida 
og’ish mavjudligini ko’rsatib turadi, fikrimizcha uni “boshqacha” o’smir sifatida 
amaliy psixolog hujjatida ajratib ko’rsatish hojati yo’q. 
Ism va familiya, yoshi, u 
haqida amaliy psixolog uchun 
kerakli shaxsiy ma’lumotlar: 
Bu joyga o’smir haqida shaxsiy ma’lumotlar 
yozilishi kerak. 
Ota-ona, pedagoglar, yaqin 
kattalar, 
do’st 
yoki 
sinfdoshlar, 
profilaktikani 
amalga oshiruvchi organlar 
hamda muassasalar (mahalla, 
hokimlik, Ichki ishlar bo’limi) 
tomonidan bildirilgan o’smir 
haqidagi fikrlar, shikoyatlar 
asosida yig’ilgan ma’lumot: 
Bu joyga sanab o’tilgan o’smir bilan tanish 
shaxslardan olingan ob’ektiv va sub’ektiv fikr-
mulohazalar, yoziladi.
Bu psixokorreksion jarayonda as qotishi mumkin. 
Shuningdek, gohida o’smirdagi biron og’ishgan 
xulq xususiyati yuzaga kelishiga boshqalar ham 
ta’sir qilishi mumkin.
Bunda “boshqalarga” berilgan tavsiyalar va 
ko’rsatmalar hamda ular bilan olib borilgan ishlar 
natijalari ham belgilab borilishi mumkin.
O’smirning 
hujjatlarini 
o’rganish asosida yig’ilgan 
ma’lumot: 
O’smirning psixologik tashhis daftari, uning 
kundaligi, tabeli, reyting daftari, sinf yoki guruh 
jurnali, u haqida tuzilgan bayonnoma va h.k lar 
o’rganib chiqilishi asosida psixolog uchun kerakli 
ma’lumot bo’lsa, belgilab qo’yilishi mumkin. 
1-uchrashuvdan keyin o’smir 
bilan ilk individual-psixologik 
va diagnostik suhbat olib 
borilgach olingan psixologik 
ma’lumotlar 
asosida 
psixologning 
boshlang’ich 
fikrlari qayd etib qo’yilishi 
mumkin: 
Psixolog bu yerga o’zining boshlang’ich 
xulosalarini va qaysi yo’nalishda ishlash 
kerakligini o’zi uchun belgilab qo’yishi hamda 
qanday metodikalar, usullardan foydalanishini 
qayd etib qo’yishi mumkin.
Amaliy 
psixolog 
birinchi 
uchrashuvning 
o’zidayoq o’smir bilan qaysi yo’nalishda ishlash, 
qanday metodikalardan foydalanish hamda qaysi 
mashg’ulotlarni u bilan o’tkazishni o’ziga belgilab 
olishi lozim. 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish