32
5. Muhokama yakunida guruhda turli fikrlilikdan yagona fikrga kelinadi.
Shuningdek, aqliy hujum usulini o'tkazishning 3 ta qoidasi ham mavjud:
1. Barcha fikrlami e’tirozsiz qabul qilish va har bir ishtirokchiga aytilgan fikri uchun
minnatdorchilik bildirish.
2. Fikrlami yozib olayotganda birorta ham fikrni tashlab ketmaslik, ya’ni har bir ishtirokchi
bildirgan fikmi albatta yozib borish.
3. Bildirilgan fikrlami yakunlash va yagona qarorga kelish uchun har bir ishtirokchidan uning
rozi yoki rozi emasligini so‘rash shart.
"Aqliy hujum"ning samaradorligi uchun albatta ana shu qoidalarga rioya qilish lozim. "Aqliy
hujurri'ning asosiy qoidasi — bildirilgan barcha g'oyalarni hech bir e’tirozsiz qabul qilishdir. Shu
sababli trener ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikrlami diqqat bilan tinglab borishi va yo'naltirib
turishi lozim. Bu qoidaga amal qilmaslik guruh kayfiyatining tushishi va o‘zaro ishonch ruhining
so’nishiga olib kelishi mumkin.
Trener ishtirokchilar tomonidan bildirilayotgan taklif va fikrlami yozib olayotganda e’tiborli
boTishi va ulardan birortasini ham tushirib qoldirmasligi kerak. t hunki ba zan ishtirokchi o‘z
tortinchoqligini yoki o‘zidagi uyalish hissini yengib, fikrini hayajon bilan bildiradi va o‘zi
bildirayotgan fikr barchaning diqqatini tortadi liamda muhokama qilinayotgan fikrlar ichida eng
yaxshisi boTadi, deb ishonadi. Agar uning fikriga trener yoki ishtirokchilar tomonidan ozgma
e’tiborsizlik qilinsa, u buni Menga e tibor qilishmadi, demak mening fikrim ulami qiziqtirmaydi",
degan ma’noda tushunishi va "ichimdan top”, "indamaslik” kabi “kasallik”lariga chalinib qolishi
ham mumkin.
Bildirilgan barcha fikrlami ma’lum bir guruhga va shaklga keltirish bosqichiga
о
tayotganda
boshlovchi albatta ishtirokchilardan uning fikriga rozi yoki rozi emasligini yoxud boshqacha
tushunib qolmaganligini so‘rashi kerak, agar norozilik yo’ki tushunmovchiliklar boTsa, bunga
albatta aniqlik kiritish lozim bo'ladi.
Aqliy hujumning natijasi — turli xil g’oyalar, fikrlar, mulohazalar yig‘indisidan yagona fikrga
kelish boTsa, asosiy maqsad - ishtirokchilaming faol ishlashini la minlashdan iborat. Shuning uchun
trening davomida aqliy hujum natijalariga tez- ioz murojaat qilib turish kerakki, bunda
ishtirokchilar
o‘zlarining
faol
harakatlari
uatijasini,
ulardan
keyinchalik
ham
foydalanilayotganligini ko'rishlari kerak, bu esa ularda "Nima keragi bor edi, bu gaplaming?" kabi
savollar tug’ilishining oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: