Qaror qabul qilish bosqichi. Bir qancha yechimlar orasidan mosini topib ma’lum bir
qarorga kela olish ko‘nikmasi shundan iboratki, kishi o’zi qabut qilayotgan qaroming natijasi nima
bo’lishini aniq tasavur eta olishi kerak. Shuningdek, bu jarayonda faqat o‘z manfaatini emas,
boshqalar manfaatini ham hisobga olgan holda qaror qabul qilish lozim.
Bunda muammoli holat muhokama etilayotganda albatta suhbatdoshlar orasidan kimningdir
fikri, aniqrog’i qaroriga qolganlar b o ’ysunishi kuzatiladi. O ‘z sheriklarini o‘zining qaroriga
bo’ysundira olish hammanmg ham qo‘lidan kelavermaydi. Buning uchun muloqot jarayonida
psixologik ta’sir masalsiga to’xtab o'tish lozim.
Muloqotda psixologik ta’sir kishilaming birgalikdagi faohyatlari jarayonida bir-birlariga
amaliy jihatdan bevosita ta’sir etishlarini ta’minlaydi. Shu tufayli odamlar hamkorlikda ishlash, bir-
birlariga yordam berish, bir-birlaridan o’rgamsh, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator
qobiliyatlarini namoyon qilishlari mumkin. O ‘zaro m uloqot jarayonida bir odam ikkinchi odamga
psixologik ta sir ko’rsatadi. Bu ta’sir ikkala tomondan ham anglanishi yoki anglanmasligi mumkin.
. Ya’ni, ba’zan biz nima uchun bir shaxsning bizga naqadar kuchli ta’sirga ega ekanligini, bosliqa
biri esa, aksincha, hech qanday ta’sir kuchiga ega emasligini tushunib yetmaymiz.
Muloqot jarayonida psixologik ta’sir ko’rsatishning asosiy omili - bu psixologik obro’dir.
Ya’ni agar so’zlayotgan shaxs biz uchun qaystdtr mavqeda obro’ga ega bo’lsa, biz uni jon-dilimiz
bilan tinglaymiz va uning gaplari orqali o‘z , xatti-harakatlarimiz yoki xulq-atvorimizni
o’zgartirmiz.
Pedagogik ta’sir Qaysidir o’qituvchinmg odobi, o‘z kasbini ustasi ekanligi, talabalar qalbini
tushuna olishi, ulaming yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutishi uning
talabalar orasida ma’lu bir obro’ga ega ekanligini belgilaydi. Bunday o‘qituvchining aytganlarini
har bir talaba iloji boricha bajarishga tayyor bo’ladi.
Aksincha qaysidir o’qituvchi talabani tushunishga harakat qilsada, ularga juda odob bilan
muomala qilsada, uning obro’si yetarli darajada bo’lmaydi va aytganini talabalarga bajartira
olmaydi, ham.
Har bir insonning qadriyatlar tizimi va tasavvur obrazlari mavjud boiib, ma’lum bir inson
qaysidir jihatlari bilan shularga mos kelsa, o‘sha odam obro’ga ega boiadi. Aksincha uning hurmat
qozonishi qiyin kechadi. M, talabalar uchun o’qituvchinmg bilimli va pedagogik mahorati qadriyat.
Shunga mos kelgan o’qituvchilar ko’pincha psixologik ta’sir o’tkaza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |