Mijozning o‘ziga va boshqa odamlarga munosabati va ular bilan o‘zaro munosabatlarning turli shakllari o‘zgaradi
Inson munosabatlarining hozirgi holatlari, uning o‘tmishi va aqliy ishlab chiqarish shakli tahlil qilinadi
Aqliy funktsiyalar rivojlanadi
5. Ta’sir vaqti
Qisqa muddatli yordam turi bitta muammo bo‘yicha mijoz bilan 5-6 martadan ko‘proq uchrashuvni o‘z ichiga oladi
3 haftadan bir necha yilgacha bo‘lgan uchrashuvlarni o‘z ichiga olgan uzoq muddatli yordam turi
5 dan 25 gacha sessiyalargacha bo‘lgan o‘rta muddatli yordam turi
Psixologik maslahatning maqsad va vazifalari
Maslahatlashuvning maqsadi - insonga uning muammolarini hal qilishda va boshqalar bilan shaxslararo munosabatlarni o‘rnatishda psixologik yordam berishdir.
Konsalting vazifalari: 1. Ba’zi ijtimoiy cheklovlarga qaramay, mijoz yanada samarali yashashi, hayotdan qoniqish his qilishi uchun xatti-harakatlarning o‘zgarishini targ‘ib qiling.
2. Yangi hayot sharoitlari va talablariga duch kelganda qiyinchiliklarni engish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
3. Hayotiy qarorlarni samarali qabul qilishni ta’minlash.
4. Shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish va saqlash qobiliyatini rivojlantirish.
5. Shaxsning potentsialini ro‘yobga chiqarishni va oshirishni ta’minlash. Mijozning maksimal erkinligi, shuningdek, uning atrof-muhitini va atrof-muhit tomonidan qo‘zg‘atilgan o‘z reaksiyalarini boshqarish qobiliyatini rivojlantirish uchun harakat qilish kerak.
Maslahat berish psixologik amaliyotning asosiy turi sifatida quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
1. Munozarada yuzaga kelgan muammoni zudlik bilan hal etishda unga yordam ko‘rsatish. Odamlarda ko‘pincha darhol aralashish, kechiktirilmaydigan yechimlarni talab etuvchi, mijoz hal etish uchun ko‘p vaqt, kuch va vositalarni sarflash imkoniyatiga ega bo‘lmagan yechimlarni talab etuvchi muammolar yuzaga keladi. Bunday muammolarni odatda operativ deb ataydilar va kerakli yechimlar ham shunday deb ataladi. Operativ muammolarni hal etishda og‘zaki maslahat shaklida zudlik bilan psixologik yordam olish juda muhim hisoblanadi. Bolaning ota-onasi bilan o‘zaro munosabatlarda jiddiy nizolar yuzaga kelishi, ularning vaqtida hal etilmasligi bola jismoniy va psixik sog‘lig‘iga juda katta salbiy ta’sir etishi mumkin. Biror-bir tashkilot ishchisida ham keskin, darhol hal etilishi kerak bo‘lgan muammo paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, yaqin kunlarga belgilangan o‘zining bevosita boshlig‘i bilan qisqa vaqtli uchrashuv vaqtida ular o‘rtasidagi munosabatlardagi muammoni hal etish zarur bo‘ladi. Misol: oilada eri yoki xotinida kutilmaganda oralaridagi munosabat yoki qarindoshlardan biri bilan munosabati keskin yomonlashadi. Mana shu sababli oilada og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan keskin vaziyat yuzaga kelishi mumkin.
2. Mijozga psixologning doimiy aralashishisiz o‘zi mustaqil hal eta oladigan masalalarni yechishda, ya’ni odatda maxsus professional psixologik bilimlar kerak bo‘lmagan faqatgina muloqot, sog‘lom mazmunga asoslangan hayotiy maslahat kerak bo‘lgan masalalarni hal etishda yordam ko‘rsatish. Masalan, mijoz uchun mehnat va dam olish qulay kun tartibini tanlab olishi, turli faoliyatlar o‘rtasida vaqtni to‘g‘ri taqsimlash shunday masalalar hisoblanishi mumkin.
3. Mijozga aslida uzoq vaqt davomida ozmi-ko‘pmi doimiy psixoterapevtik ta’sir ko‘rsatish kerak bo‘lgan, lekin u yoki bu sabablar oqibatida ushbu vaziyatda bunday imkoniyati bo‘lmagan holatida vaqtinchalik yordam ko‘rsatish bunday holatda psixologik maslahatdan mijoz duch kelgan muammoning yanada og‘irlashishiga yo‘l qo‘ymaydigan, salbiy jarayonlarning tez rivojlanishini oldini oluvchi mijozga vaqtinchalik operativ yordam ko‘rsatish vositasi sifatida foydalanish mumkin. Mijozda kutilmaganda depressiya holati yuzaga kelishi shunday muammoga misol bo‘lishi mumkin.
4. Mijoz o‘z muammosini to‘g‘ri tushunib, umuman uni o‘zi hal etishga tayyor bo‘lgan, lekin biror narsadan shubhalangan, o‘zining to‘g‘ri yo‘l tutayotganiga to‘la ishonchi bo‘lmagan hollarda, psixolog-maslahatchi muloqot natijasida ular tomonidan professional va ruhiy qo‘llab-quvvatlanadi, bu esa unda o‘ziga ishonchini kuchaytiradi.
5. Maslahat olishdan boshqa hech qanday imkoniyati bo‘lmaganda mijozga yordam ko‘rsatish. Bunday holatda psixolog-mutaxassis mijozga psixologik maslahat berar ekan, aslida u ancha to‘la va uzoq vaqtli psixokorreksion yoki psixoterapevtik yordamga muhtojligini tushuntirishga harakat qiladi.
6. Psixologik maslahat mijozga psixologik yordam ko‘rsatish boshqa turlari o‘rniga emas, balki faqat psixolog emas, uning o‘zi ham yuzaga kelgan muammoni hal etish bilan shug‘ullanishini ko‘zda tutib ular bilan birgalikda, qo‘shimcha mashg‘ulot sifatida olib boriladi.
7. Psixolog-maslahatchida tayyor yechim bo‘lmagan, chunki vaziyat uning imkoniyati doirasidan chiqqan, mijozga qanday bo‘lsa ham mayli juda oz va samarasi yetarli bo‘lmagan yordam ko‘rsatish kerak bo‘lgan hollarda, psixologik maslahat quyidagi asosiy vazifalarni hal etadi:
A) Mijoz duch kelgan muammoni aniqlashtirish, tushunib olish.
B) Mijozda yuzaga kelgan muammoning mohiyati to‘g‘risida, uning jiddiyligi darajasi haqida unga tushuntirib berish, mijozni muammo bilan tanishtirish.
D) Mijoz paydo bo‘lgan muammoni mustaqil hal eta olishi mumkinligini aniqlash maqsadida psixolog-maslahatchining mijoz shaxsini o‘rganishi.
E) Mijoz muammosini hal etishni eng yaxshi yo‘lini ko‘rsatish bo‘yicha mijozga maslahat va tavsiyalarni aniq ifoda etish.
F) Mijoz o‘z imkoniyatlarini hal etishga kirishgan holatida mijozga qo‘shimcha amaliy maslahatlar sifatida kundalik yordam ko‘rsatish.
G) Mijozga kelajakdashu kabi muammolarni yuzaga kelishining oldini olishni o‘rgatish, psixoprofilaktik vazifasi.
H) Psixolog-maslahatchi mijozga uning o‘zi qo‘llashi mumkin bo‘lgan oddiy, hayotiy zarur psixologik bilim va malakalarni berish.
Aytib o‘tilgan vazifalarni harbirini ko‘rib chiqamiz.
Muammoni aniqlashtirish mijozni diqqat bilan tinglab, uni bir qancha vaqt kuzatib psixolog-maslahatchi uning muammosi mohiyati aslida nimadan iborat ekanligi to‘g‘risidagi xulosaga kelishidan iborat bo‘ladi. Ba’zida uning xulosalari mijozning fikri bilan mos keladi, ba’zan esa umuman mos kelmaydi.
Xulosalar mos kelmagan holda psixolog-maslahatchi mijozga u maslahatni nima uchun dastavval mijozning o‘zi o‘ylagan, undan farq qiluvchi aynan mana shu xulosaga kelganligini tushuntiradi.
Shunday tushuntirish davomida psixolog-maslahatchi uning muammosi nimadan iborat ekanligini dalil, asoslar bilan tushuntirish bilan birga nima uchun ushbu muammo yuzaga kelganligini va uni qanday qilib amaliy hal etish mumkinligini ham ko‘rsatib beradi. Keyin, mantiqiy zarur va odatda avvalgisi bilan birga amalga oshiriladigan qadam — bu mijoz shaxsini psixologik o‘rganish hisoblanadi. Buni o‘rganmay turib birinchidan — mijozning o‘z muammosini to‘la, chuqur tushunib yetishga, ikkinchidan - uni hal etishda mijozning faol ishtirok etishiga tayanib bo‘lmaydi. Maslahat olib borishda mana shu ishni bajarib psixolog mijozga uning muammosini tushuntirish, shu bilan birga uning individual xususiyatlarini hisobga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shundan keyin psixolog-maslahatchi muammoning mohiyatini o‘zi tushunishi va mijoz individualligini hisobga olib, uni hal etish bo‘yicha tavsiyalarni ifoda etib beradi. Bunday tavsiyalar qisqacha, oddiy va mijoz tushunadigan bo‘lishi kerak.
Har doim ham mijoz psixolog-maslahatchidan olgan maslahat va tavsiyalarini amalga oshirishga kirisha olmaydi. Ko‘pincha o‘zining tajribasizligi yoki bilmasligi sababli xatoga yo‘l qo‘yadi va psixolog-maslahatchi tomonidan kundalik yordamga muhtoj bo‘ladi. Psixolog-maslahatchi esa mijozni tinglab, o‘zi va u uchun muammoni aniqlashtirib, uni to‘g‘ri hal etish bo‘yicha tavsiyalar taklif etib, o‘zining professional burchini to‘la bajardi, deb o‘ylashi kerak emas. Mijozning olgan maslahat va tavsiyalarini xatosiz amalga oshirishni ta’minlash ham psixolog-maslahatchining vazifasi hisoblanadi. To‘g‘ri mijoz psixolog-maslahatchidan oigan
tavsiyalarni bajarishni xohlamasligi ham mumkin. Odamlar hayotlarida duch keladigan muammolar shunday bo‘ladi-ki, ular takroran yuzaga keladi, ularni bir marotaba hal qilinishi ular kelajakda yana bir bor yuzaga kelmasligiga to‘la kafolat bo‘la olmaydi. Shuning uchun mijoz bilan maslahat berish ishlarini olib borganda kelajakda bunday muammolar yuzaga kelmasligiga harakat qilish kerak. Xususan mana shu psixoprofilaktikaning vazifalaridan biri hisoblanadi. Uni hal etib psixolog-maslahatchi mijozning o‘zi o‘z harakatlari bilan hayotida kelajakda shunga o‘xshash muammo takror yuzaga kelishining oldini olish va hal qila olishga erishadi. Mijoz psixoprofllaktik masalani mustaqil hal qilishga qodir bo‘lishi hamda o‘ziga o‘zi zarur yordamni ko‘rsata oladigan bo‘lishi uchun psixolog-maslahatchi ba’zida ixtiyoriy ravishda uning uchun kasbiy zarur bo‘lmagan vazifani oladi: mijozga foydali bo‘lgan oddiy psixologik bilimlar beradi.