Tadqiqоtning nazariy va amaliy ahamiyati. Amerika psixolingvistikasi 1953-
yil yoz oyida Blumington (AQSH) shahrida yuzaga keldi. Darhol aytish kerakki, u
to‘liq qurollangan holda, Zevs kallasidan Afina tug‘ilgandek paydo bo‘ldi. Gap
shundaki, 1953-yili amerikalik taniqli psixologlar Dj.Keroll va Ch. Osgudlar,
shuningdek, Blumingtondagi mashhur tilshunos va etnograf T.Shabek tashabbusi
bilan
universitetlararo
tadqiqot
seminari
yig‘ilishi
o‘tkazildi.
Yuqorida
ko‘rsatilganlardan tashqari, tilshunoslar - Dj.Grinberg, F.Lounsbern, E.Linneberg,
E.Ulenbek, Dj.Lots, psixologlar - Dj.Djenkins, G.Ferbenks, K.Vilsonlar qatnashdilar.
Ikki oylik suhbatlashishning samarasi o‘laroq, diskussiya davomida ishlab chiqilgan va
seminarning barcha qatnashchilari tomonidan eksperimental tadqiqotlar sohasidagi
asosiy amaliy masalalar mana shu qoidalar munosabati bilan yuzaga kelgan nutq
hodisalari nazariy qoidalar boshlang‘ichi sifatida qisqa shaklda bayon etilgan kitobi
bo‘ldi (Psycholingvisties. A survey of theory and research problems. Osgood and
T.A.Sebeok. Baltimore, 1954. Ushbu kitob, ayni paytda, ilova tarzida ikkili jurnalda
nashr qilindi- psixologik (“Journal of Abnormal and Social Psychology”) va lingvistik
(“International Journal of American Linguistics”). Yaqinda u fototipik holatda qayta
nashr qilindi. Unga E.R.Dayboldning 1954-1964-yillarda psixolingvistik tadqiqotlari
va Dj.Millerning “Psixolingvistika haqida” maqolasi qo‘shimcha qilindi. Nutq xulqini
kompleks tadqiq qilish bo‘yicha chaqiriqlar psixolog va tilshunoslar tomonidan hali
40-yillarda ilmiy matbuot sahifalarida tarqalgan edi. Shu yillarda, qolaversa, turli
tarzda qo‘llaniladigan “psixolingvistika” termini paydo bo‘ldi. Ushbu termin
N.H.Pronkoning “Language and Psycholinguisties”. “Psychological Bulletin” dagi
maqolasida birinchi marta bu safar to‘g‘ri qo‘llanildi. Nutq psixologiyasi bo‘yicha
5
jahonda yirik mutaxassislardan biri sanalgan Djorj Millerning mashhur kitobi
(G.A.Miller. Language and communication. N.Y.-Toronto - London, 1951, tarjimasi -
Paris, 1956) da “psixolingvistika” termini tilga olinmaydi, ammo 1954-yildayoq
muallif (to‘plam: G.Lindzey. Handbook ofsoial psychology, v. II. Gambidge, 1954,
693-708) “Psycholingvistics” nomli maqolasini nashr qiladi. Sarlavhasi (nomi)da
ushbu termin uchraydigan yana bir kitob (A.A.Roback. Destiny and motivation in
language. Studies in psycholingvistics and glossodynamecs. Cambridge, 1954)ning
ilmga hech qanday aloqasi yo‘q). Psixolingvistikani yagona fan sifatida yaratish
g‘oyasi birinchi marta 1954-yilda tug‘ildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |