Psixodiagnostika


 Passiv va aktiv eksperimentlar



Download 27,76 Kb.
bet2/4
Sana13.07.2022
Hajmi27,76 Kb.
#788852
1   2   3   4
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA.ORALIQ YULDASHEV.R (2)

2. Passiv va aktiv eksperimentlar
Passiv eksperimentda ob’ekt yoki jarayon ko‘rsatkichlari xaqidagi axborot, ob’ektni, qandaydir sunxiy ta’sirlar kiritilmagan xoldagi, normal ishlashi mobaynida olinadi. Ko‘pgina xollarda, passiv eksperiment ma’lumotlari sifatida, texnologik jixozlarni ishlatish jurnallari yoki texnikaviy nazorat jurnallaridagi yozuvlardan foydalaniladi. Passiv eksperimentlarning ma’lumotlari sifatida shuningdek, qaydlovchi o‘lchov asboblaridan olingan diagrammalardan xam foydalanish mumkin.
Xozirgi paytda, ma’lumotlarga statistik ishlov berishga asoslangan passiv tadqiqot usullariga ko‘proq axamiyat berilmoqda. Bunga, ishlab chiqarishdagi ob’ektlar va jarayonlar to‘g‘risidagi ko‘p axborotlarning mavjudligi, passiv eksperimentni nisbatan oson tashkil qilish va eksperimental ma’lumotlarning juda katta massivlariga statistik ishlov berishni ta’minlovchi xisoblash texnikasining keskin ravishdagi taraqqiyoti sabab bo‘lmoqda. Yuqorida aytilganlar, passiv eksperimentlarni o‘tkazish sarflarini kamayishiga xam sabab bo‘ladi.
Ammo, tadqiqotlarning passiv eksperimental usullari xar qachon xam matematik modelni tuzishdagi talab qilinadigan aniqlikni va kirish ko‘rsatkichlarning keng o‘zgarish soxasida uning adekvatliligini taxminlamaydi. Passiv eksperimentlarda jarayon (ob’ekt) ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini qayd qilish vaqti odatda cheklangan bo‘ladi, ayniqsa uzluksiz o‘lchash uchun zarur bo‘lgan datchiklar va asboblarni yo‘qligida. Bu xolatda, sinovlarni olish vaqti, normal (mutadil) jarayonni buzmaslik uchun, kichik bo‘lishi kerak, ammo bu o‘lchash aniqligini kamaytiradi.
Bu sharoitda, matematik modelga kiruvchi koeffitsientlarning sonli qiymatlarini olish yoki aniqlashda eksperimentni aktiv usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir, yaxni passiv eksperimentni aktivi bilan qo‘shib olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Aktiv eksperimentda jarayon ko‘rsatkichlari xaqidagi axborot ta’sirlarni sunxiy kiritish yo‘li orqali olinadi, yaxni kirish ko‘rsatkichlari oldindan rejalashtirilgan dasturga (rejalashtirish matritsasiga) mos ravishda o‘zgartiriladi. Tadqiqotlarning aktiv usullari, xozirda passiv usullariga nisbatan yaxshi ishlab chiqilgan va ular universal bo‘lib, faktorlar darajasini o‘zgartirish diapazonini tanlashda bir qator erkinlikni va ishonchliroq natijalar olinishini ko‘zda tutadi.
Ammo, xar qachon va xar yerda xam ta’sirini kiritish, yaxni ob’ektni normal (mutadil) ishlashi mobaynida faktorlar darajasini o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘linmaydi. Bu maxsulotni buzilishiga, texnologik jarayonni o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, aktiv eksperiment o‘tkazilganda, jarayon ko‘rsatkichlarini, ma’lum bir vaqt oralig‘i mobaynida berilgan darajada, real shart-sharoitlardagi barqarorligini taxminlash juda qiyin bo‘ladi. Aktiv eksperimentni o‘tkazish uchun eng yaxshi sharoitlarni, jarayon ko‘rsatkichlarini juda keng diapazonda o‘zgarishini ta’minlovchi laboratoriyalardagi eksperimental mashina va stendlarda xosil qilish mumkin.
Yuqorida keltirilgan ikki usulning kamchiligi shundaki, ular yordamida olingan modellarni qo‘llash, faqat eksperimental ma’lumotlar yig‘ilgan oraliqda o‘zgaradigan ko‘rsatkichlar diapazoni uchun to‘g‘ri bo‘ladi. Bunda natijalarni ekstrapolyatsiyalash, yoki bir jarayonni eksperimental qurilgan modelining natijalarini boshqasiga o‘tkazishga, odatda butunlay yo‘l quyib bo‘lmaydi.
Ob’ektning (tizimning) statik modelini olishda, quyidagi matematik-statistik usullar qo‘llaniladi:
a) passiv eksperimentda - regression taxlil, korrelyatsion taxlil, funktsiyalarni tashkil qiluvchilarni ketma-ket yo‘qotish usuli;
b) aktiv eksperimentda - eksperimentni klassik yoki bir faktorli rejasi, faktorli rejalar - ortogonal va rotatabel, markaziy kompozitsion rejalar, simpleks rejalar, D-optimal rejalar va eksperimentni ketma-ket rejalashtirish.
Ob’ektning (tizimning, jarayonning) dinamik modelini olishda quyidagi matematik - statistik usullar qo‘llaniladi:
a) aktiv eksperimentda - ma’lum ko‘rinishdagi sinov ta’sirlarini berishga asoslangan usullar;
b) passiv eksperimentda - korrelyatsion, spektral va dinamik regression taxlil.
Matematik modelni yaratish usulini tanlash tadqiqot ob’ekti (tizim, jarayon) xarakteristikalari, tadqiqot vazifalari va u yoki bu usulni qo‘llash uchun bor bo‘lgan shart-sharoitlar bilan aniqlanadi.
3.



Insonning boshqa mavjudotlardan farqi uning ma’lum bir maqsad sari harakat qilishidadir. Kishi maqsadga yetishish jarayonida bir qator tabiiy va sun’iy to‘siqlarni yengib o‘tadi. Bu to‘siqlarni bartaraf qilish uchun bir qator tadbirni ko‘radi. Maqsadga yetishishda muayyan to‘siqni yengib o‘tish uchun qo‘llaniladigan tadbirlar majmuini usul deyiladi.
Maqsadga yetishishda bir necha, goho o‘nlab-yuzlab to‘siqlarni yengishga to‘g‘ri keladi. Bu to‘siqlarni yengish uchun tegishli usullar tizimi qo‘llaniladi.
Maqsadga yetishishdagi qo‘llaniladigan usullar tizimi uslubi (yo‘l) deyiladi. Usullarni ma’lum bir tartibda qo‘llanish jarayonida bir harakat maqsad ko‘rsatkichlariga bo‘ysundiriladi. Undan tashqari, kishi maqsadga yetishish jarayonida dialektikaning eng umumiy qonunlariga hamda muayyan sohasi umumiy va xususiy qonuniyatlariga ham amal qiladi.
Inson bu faoliyati nihoyasida qanday ko‘rsatkichlar erishishini ko‘z oldiga yaqqol keltirib amalga oshiradi.
Metodologiya deb, kishi maqsad sari qilgan harakat; unga tamoyil bo‘lgan maqsad ko‘rsatkichlari bilan shu harakat davomida amal qiladigan qonuniyatlar majmusiga aytiladi. Har qanday jamiyat a’zolarining umumiy maqsadi bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi halqlarining asosiy maqsadi huquqni va demokratik davlatni qurish, adolatli fuqarolar jamiyatini shakllantirishdir. Bunday davlat va jamiyatning ko‘rsatkichlar majmui bo‘ladi. Uni millat mafkura deyiladi. Shu bilan birgalikda har qanday ijtimoiy guruhlarning o‘ziga xos maqsadlari ham mavjud. Har bir shaxsda ijtimoiy sifatlar va shunga yarasha ehtiyojlar tizimi bo‘lganligi sababli odamlarning shaxs maqsadlari ham turlichadir. Jamiyatni oldiga qo‘ygan maqsad ko‘rsatkichlari va lektikaning umumiy qonunlari butun jamiyat a’zolari faoliyati uchun eng umumiy metodologik asosdir.

Har bir sohada mavjud maqsad va shu sohada hukm suruvchi qonuniyatlar shu soha bilan shug‘ullanuvchilar uchun umumiy metodologik asosdir.


Muayyan faoliyatning eng umumiy, umumiy maqsad ko‘rsatkichlari va qonuniyatlari bilan birga shu faolyugning ichida qisqa muddatli maqsad ko‘rsatkichlari va moq qonuniyatlari ham bo‘ladi. Kishilar o‘z faoliyatida qisqa muddatli maqsad ko‘rsachkichlari va soha qonuniyatlariga amal qilishligini xusus metodologiya deyiladi. Odamlar faoliyat ko‘rsatish jarayonida eng umumiymidir. Umumiy va xususiy metodologiyalardan kelib chiqqan holda o‘z ishlarini amalga oshiradilar. Aks holda qilgan harakatlari zoye ketishi mumkin. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, sohasidan qat’iy nazar, har qanday ilm o‘z tadqiqotini bir butunlikka, ya’ni tegishli majmuga qaratgan bo‘ladi. Ular bir necha o‘zaro funksional bog‘liq qismlardan tashkil topgan bo‘ladi. Uni majmu deb nomlanishiga ham sabab shu. Butun borliq katta va kichik hamda shaklan turli majmulardan tashkil topgan. u majmularni tashkil qiluvchi qismlari orasidagi aloqadorlikni va bu majmularning xususiyatlarini belgilab beruvchi inson faoliyatiga ilm, deyiladi. Majmularni tashkil qiluvchi negiziga qarab, ularni moddiy va nomoddiy, turlarga ajratiladi. Moddiylari tabiiy va sun’iy. Tabiiylari geologik, biologik, geografik, ekologik va hokazolar. Sun’iylari texnika, inshoot, agronomiya va boshqalar. Har bir qism o‘z navbatida majmu hisoblanib, u ham bir necha qismlardan tashkil topadi. Masalan, geologik majmu minerologik, gidrogeologik, paleontologik va hokazo qismlardan tashkil topgan. Ularning har biri ham bir necha qismlarga bo‘linadi. Bu majmularning har birini soha ilmi o‘rganadi. Undan tashqari, butun moddiy olam majmulari ayrim xususiyatlarini alohida-alohida ilmlar o‘rganadilar. Masalan, fizik xususiyatlarini fizika, kimyoviy xususiyatlarini kimyo va hokazo. Nomoddiy majmui gumanitar, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy degan qismlardan tarkib topgan. Ularning har-biri o‘z oldiga majmu hisoblanadi va bir necha qismlardan iboratdir.
Ijtimoiy majmuning o‘zi ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat va san’at degan qismlarni o‘z ichiga oladi. Har bir soha yoki uning tarmoqlaridagi majmularning alohida-alohida ilm sohasi yoki uning tarmoq ilmi o‘rganadi. Muayyan ilm sohasi yoki tarmoq ilmi tadqiqotlarni aniq bir majmuga qaratishi shu ilmning tadqiqot obekti deyiladi. Ma’lum bir ilmni tadqiqot obekti, deganda mazkur ilm o‘z tadqiqotlarini qaysi majmuga qaratganligini tushunmoq lozim. Ammo har qanday majmu ikki yoki uch qismdan iborat bo‘lganda ham uning bir necha jabhalari va xususiyatlari bo‘ladi. Jabha deganda majmuni tashkil qiluvchi qismlari orasidagi uzviy bog‘liqlikka aytiladi. Majmuning xususiyati o‘z tabaqasidagi majmular orasidagi aloqadorlikda namoyon bo‘ladi. Har bir jabhani va aniq aloqadorlikni alohida ilm sohasi o‘rganadi va uni shu ilmning tadqiqot predmeti deyiladi. Bir obektni bir necha soha ilmlari o‘rganish mumkin. Masalan, medisina, kosmetika, fizkultura, psixologiya va boshqa bir qator ilmlarning tadqiqot obekti inson hisoblanadi. Ammo har biri o‘zining tadqiqot predmetiga ega. Ilmning tadqiqot predmeti muayyan ilm sohasi, majmuiing jabha yoki xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi.

Tadqiqot obekti-muayyan ilm tarmog‘i nimani o‘rganadi, degan savolga javob bersa, tadqiqot predmeti shu nimaning nimasini o‘rganadi, degan savolga javob beradi. Har qanday ilm o‘z oldiga faqat bitga maqsadni qo‘yadi. Ilmning tadqiqot o‘tkazishdan maqsadi o‘rganayotgan majmuda shu vaqtgacha aniqlanmagan xususiyat va qonuniyatlarini aniqlash va uni jamiyatning ma’lum bir ehtiyojini qondirishda foydalanishni ko‘rsatib berish orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu falsafiy tushunchalardan kelib chiqib, ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi bir necha ilm tarmoqlarining tadqiqot obekti, predmeti va maqsadlarini aniq mumkin. Ijtimoiy fanlar ilmining umumiy tadqiqot obekti ijtimoiy hayotdir. Shu yerda "ijtimoiy" degan tushunchani sharhlab o‘tish joiz. Ijtimoiy atamasi ikki ma’noda biri keng, ikkinchisi tor ma’noda qo‘llaniladi. Keng ma’nodagi ijtimoiy hayot voqelik bo‘lib, odamlarni barcha ongli harakati natijasida vujudga kelgan hodisalar majmusiga aytiladi. Bu majmuga ruhiy, iqtisodiy, siyosiy va tor ma’nodagi ijtimoiy hayotlar qismi bo‘lib kiradi. Tor ma’nodagi ijtimoiy hayot deganda kishining bioijtimoiy mavjudot sifatida shakllantiruvchi va umri davomida egallagan ijobiy sifatlarini o‘z ixtiyori bilan namoyon qiluvchi hayot jabhalariga aytiladi. Bularga oiladagi hayot, o‘zining shaxsiy hayoti hamda mehnat va siyosat bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa faoliyatlar kiradi. Bu tushunchalarni hayotda qo‘llashda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy deb keng ma’nodagi ijtimoiy hayotini ifodalaymiz, tor ma’nodagi ijtimoiy hayot ustida so‘z yuritilganda ijtimoiy-ruhiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, degan so‘z birikmalaridan foydalaniladi.



1. Eksperimental tadqiqot – bu yangi bilimlarni olishning asosiy usullaridan biridir.

Eksperimentning bosh maqsadi - nazariy ma’lumotlarni tekshirish (ishchi gipotezani tasdiqlash), shuningdek, ilmiy tadqiqot mavzusini yanada kengroq va chuqurroq o‘rganishdir.
Eksperimentlar tabiiy yoki sun’iy bo‘lishi mumkin.
Tabiiy eksperimentlar ijtimoiy hodisalarni ishlab-chiqarish, turmushda va shu kabi sharoitlarda o‘rganishga bag‘ishlanishi bilan xarakterlanadi. Sun’iy eksperimentlar esa texnik va boshqa fanlar sohalarida keng qo‘llaniladi.
Ob’ekt yoki jarayon modelining xarakteriga, eksperimentning qo‘yilish va o‘tkazilish sharoitlariga ko‘ra ular laboratoriya va ishlab-chiqarish eksperimentlariga bo‘linadi.
Laboratoriya eksperimentlari maxsus modellashtiruvchi qurilma va stendlarda tipovoy asbob-uskunalar va mos apparaturalardan foydalanib o‘tkaziladi. Ular minimal harajatlar bilan qimmatli ilmiy ma’lumotlar olish imkonini beradi. Biroq, eksperimental tadqiqotlarning ushbu usuli har doim ham jarayonning borishi yoki ob’ekt ishini to‘liq aks ettira olmaydi.
Ishlab-chiqarish eksperimentlari real sharoitlarda tashqi muhitning turli tasodifiy omillari ta’sirini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Bunday eksperimentlar labaratoriya eksperimentlariga nisbatan murakkabroqdir va naturada (real jarayon yoki ob’ekt) o‘tkaziladigan tajribalarning kattaligi sababli juda puxta va batafsil o‘ylab ko‘rish va rejalashtirishni talab etadi.
Ishlatilayotgan ob’ektlarning turli dala sinovlari ham ishlab-chiqarish tadqiqotlari qatoriga kiradi. Ishlab chiqarish eksperimentlarning yana bir turi-mos holdagi metodika va shaklda tadqiq etilayotgan masala bo‘yicha korxonalarda materiallar to‘plashdir.
Eksperimental tadqiqotlarni samarali o‘tkazish uchun eksperimentning metodologiyasi ishlab chiqiladi. Uning tarkibi quyidagi asosiy bosqichlardan tashkil topadi:

  • eksperimentning reja-dasturini ishlab chiqish;


  • o‘lchashlarni baholash va eksperimentni o‘tkazish vositalarini tanlash;


  • eksperimentni o‘tkazish;


  • eksperiment natijalariga ishlov berish va ularni tahlil qilish.




Eksperimentning reja-dasturi - eksperimental tadqiqotlar metodologiyasining asosidir.
Reja-dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • tadqiqot mavzusining nomi va ishchi gipotezaning mazmun-mohiyati;


  • eksperiment metodikasi va uni bajarish uchun kerakli bo‘lgan materiallar, priborlar, qurilmalar va sh.k. ro‘yxati;


  • bajaruvchilar ro‘yxati va ular ishining kalendar rejalari;


  • eksperimentni bajarishning smetasi.




Eksperiment metodikasi – eksperimental tadqiqotlarni maqsadga muvofiq ravishda o‘tkazish metodlari va usullarining majmuasidir. Umumiy holda u quyidagilarni qamrab oladi:


  • eksperimentning maqsadi va vazifalari;


  • omillar va ularni o‘lchash darajalarini tanlash;


  • o‘lchash vositalarining turlari va zarur miqdordagi o‘lchashlar sonini asoslash;


  • eksperimentning mazmuni va o‘tkazish tartibining bayoni;


  • eksperiment natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish usullarini asoslash.





Download 27,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish