Test materiallarining adresati asosida psixodiagnostik metodlar:
anglangan (kishi ongini tekshirib boradigan);
anglanmagan (kishining anglanmagan ta’sir reaksiyalari)ga bo’linadi.
Birinchi tipdagi metodikalarga so’rovnomalarni, ikkinchi tipdagisini esa, proyektiv metodlarni kiritish mumkin.
Sinaluvchi kishilarning test materiallarini tasavvur etish shakliga ko’ra:
blankali (test materiallarini ifodalanishi yozma yoki biror belgili shakllar bilan: rasm, chizma va hokazo);
texnik (audio, video, kino, proyektor va shu singari texnik anjomlardan foydalanish yo’li bilan);
sensor (sezish organlariga taalluqli fizik stimullar shaklida taqdim etiladigan materiallar) turlaridan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |