B
oshqaruv jarayonlari diagnostikasida esa, Reykovskiy shartli ravishda ikkita sinf ko’rinishini ajratadi: instrumental tipidagi jarayonlar va munosabat tipidagi
jarayonlar
Instrumental tipdagi jarayonlarga boshqaruv jarayonini uch guruhi kiradi, ulardan har biri o’z vazifasini bajaradi: oriyentasion, intellektual va bajaruvchi.
Oriyentasion jarayonlarni tashxisi qabul qilishni muntazamligini, fikrlash qobiliyatini va tushunchalarini shakllantirishini o’z ichiga oladi.
Intellektual vazifasi faoliyat dasturini yaratish, uni tashxisi rejani samaraligini baholash va muammolarni hal qilish bilan bog’liq.
Bajaruvchilik vazifasiga psixomotor va verbal reaksiyalar kiradi.
Munosabat tipidagi jarayonlarda Reykovskiy emosional va motivasion jarayonlarni tushunadi. Emosional jarayonlar diagnostikasida, holat tavsifi va emosional reaksiyalar o’ziga xosligi, uzunligi, kuchi, belgisi va emosiyalar tarkibi bo’yicha bir-biriga bo’lgan mosligi darajasi aniqlanadi.
Motivasion jarayonlar diagnostikasi – bu motivlar ko’rinishi va intensivligi baholashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |