«Kerakli yuzni tanla» metodikasi
Mazkur proektiv test kichik maktab yoshidagi bolalarda xavotirlanuvchanlik darajasini aniqlash uchun qo‘llanadi. Testni amerikalik psixologlar R.Temml, M.Darki, V.Amenlar ishlab chiqishgan. Test 8.5x 11 smli 14 rasmdan iborat. Har bir rasmda bola hayoti uchun xos bo‘lgan muayyan vaziyat aks ettirilgan. Barcha rasmlar ikki variantga – o‘g‘il bolalar uchun va qiz bolalar uchun mo‘ljallangan variantlarga ega. Rasmlarda bolaning yuzi ko‘rsatilmagan, ammo quyida ikki xil–xursand va xomush yuz tasvirlangan.
Testning qo‘llanilishi. Rasmlar belgilangan tartibda bolaga ketma – ket ko‘rsatiladi. Har bir rasmdagi vaziyat psixolog tomonidan sharhlanadi. So‘ngra boladan rasm ostida berilgan yuzlardan qaysi biri – hursand yuz yoki xomush yuz vaziyatga to‘g‘ri kelishi so‘raladi. Bola qaysi yuzni tanlagani va tanlash paytida nimalar degani qaydnomaga yozib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |