Talim-tarbiya insonning kamolga yetishida yetakchi omildir, bular:
а) ta’lim va tarbiya jarayonida, kishi organizmining o‘sishi va muhitning stixiyali ta’siri berolmaydigan narsalarni o‘rganib olishi mumkin, masalan: savod chiqarish.
b) Ta’lim-tarbiya yordami bilan bolalarning ba’zi tug‘ma kamchiliklarini ham yaxshi tomonga ozgartirishi mumkin.
v) Talim-tarbiya yordamida salbiy tasir natijasida yuz bergan kamchiliklarni tugatish mumkin.
g) Talim va tarbiya oz oldiga maqsad va vazifalar qoyadi va komil inson tarbiyasini rivojlantirishni kozlaydi.
d) talim jarayonida bola bilimlar, konikma va malakalar hosil qilibgina qolmay, ozi ham kamolga yetishib boradi, bilim darajasini ongli ravishda oshiradi.
Demak, talim-tarbiya tabiiy qobiliyatlarni rivojlantirishning, bolalarni komil inson qilib tarbiyalashning muhim omilidir.
Malumki, bola psixikasi oyin, oqish organish, mehnat va turli ijtimoiy faoliyat jarayonlarida taraqqiy qiladi. Faoliyatning bu turlari bolaning osishi va yosh xususiyatlariga mos ravishda ozgarib biri ikkinchisi bilan almashinib turadi. Masalan: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati oyindir. Chunki, oyin bola tabiatining asosiy xususiyati hisoblanadi. Bola oyin orqali atrofdagi hayotni va kishilar ortasidagi turli munosabatlarni bila boshlaydi.
Bolaning ulgayishi bilan uning oyin faoliyati oqish faoliyati bilan almasha boshlaydi. Lekin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning oqishorganishi hali-hali tizimli xarakterda bolmaydi, balki oqish faqat maktabdagi faoliyatning asosiy turiga aylanadi. Oqish faoliyati bolani shaxsiy sifatlarini tarkib toptirishda, malaka, odat, konikma, bilimlar hosil qilishda katta rol oynaydi. Lekin bola shaxsining tarkib topishiga oyin, oqish va organish qancha tasir qilmasin, kishi shaxsi mehnatda takomillashadi va tola- tokis tarkib topadi.
Umuman bolalar psixologiyasi taraqqiyot omillarini har tomonlama hisobga oladi va tarbiyani taraqqiyotning qudratli omili deb hisoblaydi.
Bola shaxsini rivojlanishida jamoaning roli ahamiyatlidir. Chunki bolalar jamoada, jamoa tasirida madaniy va axloqiy jihatdan, shuningdek psixologik jihatdan tarbiyalanadilar.
Bunda bolalarda bir - biriga mexribonlik, ozaro yordam, faqat ozi togrisidagina emas, balki boshqalar togrisida ham oylash, jamoa manfaatlarini oz manfaatlaridan yuqori qoyish kabi fazilatlar tarkib topadi. Jamoada turli yoshdagi bolalarning dostlik va ortoqlik tuygulari rivojlanadi.
Shaxs faqat jamoa tufayligina ozini ostiradigan vositalarga va barcha imkoniyatlarga ega bola oladi. Har bir odamning psixik taraqqiyoti turli psixik jihatdan normal, bazi birlari psixik taraqqiyotida akseleratsiya, yani rivojlanishning tezlashuvi bolishi mumkin. Bazi birlar psixik jihatdan normal, bazi birlari esa psixik jihatdan notekis rivojlanishi mumkin. Bolalarning psixik jihatdan notekis rivojlanishiga quyidagilar, yani:
noqulay muxit (Amola, Kamola) yoki jamiyatdagi turli notinchliklar, masalan urush (II jahon urushi), 6,7 yoshli bolalarning osishiga, 12,13 yoshli qiz bolalar va 13, 14 yoshli ogil bolalar osishining har xilligi;
ta’lim-tarbiyaning noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi;
voyaga yetayotgan shaxs faoliyatining noto‘g‘ri tashkil qilinishi;
asab ish faoliyatining buzilishi va haddan tashqari kasalliklarga ko‘p chalinaverish;
yosh xususiyatlarni hisobga olmaslik (ta’lim va tarbiya jarayonida);
sharoit (maktabdan, uydan va bog‘chadan borgan bolalarning rivojlanishi) kabilar sabab bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, qattiq ta’sirlanish natijasida uzoq muddatga uyquga ketish hollari psixik rivojlanishni tekis rivojlanishiga va ba’zan vaqtincha to‘xtab qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ma’lumki, bolaning aql idroki, fe’l - atvori, voqelikka munosabati, psixik va jismoniy o‘sish xususiyatlari, uni taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarish uning faoliyati va hayot kechirishidagina emas, balki yoshiga ham bog‘liqdir. Masalan: 1 yoshli bola bilan 3 yoshli bola, 7 yoshli bilan 15 yoshli bola orasidagi farq yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu farq bolani jismoniy xususiyatlari bilan emas, balki psixologik xususiyatlari bilan ham bog‘liqdir. O‘sib, ulg‘ayish bolaning jismoniy taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lsa, sifat o‘zgarishlari, bolaning psixik taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Bolada yuz beradigan sifat o‘zgarishlari birdaniga sodir bo‘lmay, asta-sekin yuzaga keladi. Bolalarni turli yosh davrlarga ajratishda ularning taraqqiyotida yuz beradigan sifat o‘zgarishlari, ya’ni ularning psixik taraqqiyoti jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishi asos qilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |