Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari
Reja:
Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha.
Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar.
Psixik taraqqiyot, yosh bosqichlari va yosh inqirozlari.
Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha
Bolaning osishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti jamiyat azosi sifatida voyaga yetishida taraqqiyot qanday qilib yuzaga keladi? degan savolni hal qilish muhim masaladir.
Osish - miqdoriy jihatdan ulgayish, demakdir. Taraqqiyot-sifat jihatdan ozgarish demakdir. Bolaning psixik taraqqiyoti ham qarama-qarshiliklar kurashi asosida yuz beradi. Bu qarama-qarshiliklar:
Bolaning shu choqqacha erishgan darajasi, imkoniyatlari bilan yangi extiyojlar ortasida tugiladigan qarama-qarshiliklar. YAni bolalarning extiyojlari tez ortib boradi. Lekin bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari juda sekinlik bilan yuzaga keladi.
Bolaning eski xulq-atvori formalari bilan yangi xatti-harakatlari, yangi tashabbuslari ortasidagi qarama-qarshiliklar. Masalan: yosh bolaning asosiy faoliyati kattalarga taqlid qilishdir. Taqlidiy harakatlarda mustaqillik, tashabbuskorlik bolmaydi. Bola osib ulgaygan sari uning tajribasi, mustaqilligi, tashabbusi orta boradi. Masalan: mustaqil yurish, bazi ishlarni bajarish.
3.Bola hayotining mazmuni bilan uning formasi ortasida vujudga keladigan qarama-qarshiliklar. Odatda hayotning mazmuni uning formasidan biroz oldinroq vujudga keladi. Masalan: bola bogchaga qatnay boshlashdan oldin oiladagi hayotga organib qoladi. Bogchada esa yangicha hayotning boshqacha talablari va qoidalariga duch keladi.
Demak, bolaning psixik taraqqiyoti juda murakkab jarayondir. Lekin bu taraqqiyot qanchalik murakkab bolmasin uning qonuniyatlari fanga ayondir. Bolaning psixik taraqqiyoti ijtimoiy hayot bilan bogliq bolgan aniq shartsharoitning tasiri tufayli yuz beradi.
Bola yashaydigan muhit ozgarmas narsa emas, balki u kishilarning faol faoliyati natijasida ozgara boradi. Har bir inson va bolaning ongi ozgarib boruvchi muhit tasiri ostida osadi. Ammo muhit bolaning osishi uchun qulay va noqulay bolishi mumkin. Qulay muhit kishining «mudroq» qobiliyatlarini ulgaytiradi. Noqulay ijtimoiy muhitda tugma qobiliyatlar «mudroq» bosgan holda qolaveradi. Bunday muhit, hatto tasodifan namoyon bolgan istedod va qobiliyatlarni ham nobud qiladi.
Masalan: 1920 yillarda doktor Sang Hindistonda Kalkuttaning janubi- garbidan 2 qizni borilar orasidan topadi. Qizlardan biri Amola 2 yosh, 1 oydan keyin vafot etgan, ikkinchisi Kamola 7-8 yosh 17 yoshgacha yashagan, 45ta sozni organgan.
Organizmning osishi, nerv sistemasining shakllanishi psixik hayotning shakl va mazmuni uchun imkoniyatlar yaratib beradi. Bu imkoniyatlarning ruyobga chiqishi kishining ijtimoiy muhitda yashashi va taraqqiy etib borishiga bogliqdir. Demak, inson biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida taraqqiy qiladi.
Demak, insonni inson qiladigan uning butun fazilatlarini yuzaga keltiradigan omil tashqi ijtimoiy muhitning tasiridir.
Bolalar psixologiyasi bolani har tomonlama rivojlanishida talim-tarbiyani asosiy harakatlantiruvchi kuch deb takidlaydi, chunki jamiyatning bolalar ongiga ongli tasir etishi talim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Yosh psixologiyasida psixik taraqqiyot bilan talim-tarbiya ortasidagi munosabat masalasi muhim masaladir. Bu masalani olimlar turli nazariyalar boyicha talqin qiladilar:
1) Birinchi nazariya tarafdorlari ijtimoiy talim-tarbiya bilan bola psixik taraqqiyoti ortasida hech qanday munosabat yoq, psixik taraqqiyot oz yoliga, ijtimoiy talim-tarbiya oz yoliga boladi degan fikrni olga suradi. 2) Ikkinchi xil nazariya namoyondalari psixik taraqqiyot bilan ijtimoiy talim-tarbiya orasida hech qanday farq yoq degan fikrni bildiradilar.
3) Uchinchi xil nazariya namoyondalari talim-tarbiya va psixik taraqqiyot boshqa-boshqa jarayonlar bolsa ham, bir-biriga mos keladigan, yani bir-biriga tasir otkazadigan jarayonlardir degan fikrni ilgari suradilar.
Psixologlar jumladan L.S.Vigotskiyning fikricha talim jarayoni taraqqiyot jarayoniga mos kelmaydi, talim jarayoni taraqqiyotdan ilgarilab ketadi va bolalar psixikasining taraqqiy etishini oz orqasidan ergashtirib boradi. Unga eng yaqin istiqbol ochib beradi, deb korsatadi. Vigotskiyning fikricha taraqqiyotning 2 bosqichi bolib, yani birinchisi, faol taraqqiyot bosqichi ( katta yoshli kishilar yordamisiz mustaqil harakat qila olish;). Ikkinchisi, eng yaqin taraqqiyot zonasi bosqichi (bolalarning katta yoshli kishilar yordami bilan qiladigan xatti-harakatlari) bor. Vigotskiy bolalarning psixik rivojlanishi, ayniqsa shu taraqqiyot jarayonida tezroq rivojlanadi deb korsatadi.
Taraqqiyotning bu ikki bosqichi bolaning hozirgi vaqtda qanday ekanligini, yani qanday bilim, malaka va konikmalarga, xarakter - sifatlarga ega ekanligini va kelajakda bolaning qanday bilim, konikmalarga, xarakter sifatlarga ega bola olishini hisobga olish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |