Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/141
Sana24.11.2022
Hajmi5,01 Kb.
#871602
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   141
Bog'liq
psihiatriya-qollanma

Tadqiqot uslublari.
Xotira va diqqat-e‘tiborni о‗rganish uslublariga 10 ta 
sо‗zni eslab qolish, Shulte jadvali bо‗yicha diqqat-e‘tiborni baholash, korrektur 
sinov va E.Kraepelin bо‗yicha hisob, Nyunsberger uslubi, shu jumladan 
pektografik uslub kiradi. 
Simptom va sindromlar.
Xotiraning buzilishida xotiraning 
miqdoriy
buzilishi yoki 
dismneziya
va 
sifatli
– 
paramneziya
ajratiladi. 
Dismneziya 
Gipermneziya
о‗tib ketgan xotiralarni ixtiyorsiz ravishda oqib kelishi eslab 
qolishning yuqori xususiyati, informasiyani uzoq vaqt saqlab qolinishi va buni 
tiklash bilan xarakterlanadi. Gipermneziya ba‘zi bir paroksizmal buzilishlar, 
psixofaol 
vositalar 
bilan 
intoksikasiya, 
gipomaniya 
uchun 
xarakterli. 
Monosimptom singari ular psixik sog‗lom shaxslarda ham, chunonchi, bunday 
gipermneziya S.Rixterda bо‗lgan, u bir necha yillardan sо‗ng chiqishlar olib 
borilgan mashina qanday kо‗rinishda bо‗lgan, chiqishlarda partiturani varaqlab 
turgan bolaning qо‗llari qanday bо‗lganligini yodda tutgan. 
Gipomneziya
– eslab qolishning saqlab qolish va tiklashning qiyinlashuvi 
bilan xotiraning kuchsizlanishi. Astenik holatlar, depressiya, organik buzilishlar 
uchun xarakterli. 
Amneziya
– xotira fragmentlarining tushib qolishi. 
Emosional e‘tiborli travmatik xodisalarni xarakterlovchi dissosiativ 
amneziya ajratiladi, u ongsiz ravishda travmatik voqealar haqida eslashning 
haqiqiy xotira xususiyati singari ekstremal siqib chiqarish holati sifatida namoyon 
bо‗ladi. Eslashning tiklanishi bu holatda psixoanalitik jarayonda yoki gipnozda yuz 
beradi. 
Retrogradli amneziya – xodisalarga, ilgari bо‗lgan travmalarga, kо‗proq 
miya-chanoqda xotiraning tushib qolishi. Anterogradli amneziya – ilgari stressdan 
keyin yoki miya-chanoq travmalaridan keyingi xodisalarning xotiradan tushib 
qolishi. Anteroretrogradli amneziya – travma vaqtida va tramadan sо‗ng bо‗lib 
о‗tgan xodisalarning xotiradan tushib qolishi. 
Fiksasion amneziya – hozirgi vaqtdagi xodisalarni esdan chiqarish. 
Progressirlovchi amneziya hozirgidan avvalgiga xotira buzilishining ketma-
ketligini xarakterlaydi, bunda hozirgi vaqtdagi yoki yaqin о‗tmishdagi xodisalarga 
nisbatan uzoq о‗tmish xodisalari yaxshiroq eslanadi. Hozirgidan о‗tmishga xotirani 
yо‗qotish qonuni Ribo qonuni bilan belgilanadi. Shunday qilib, bosh miyaning, shu 
jumladan Alsgeymer kasalligi va qon-tomir demensiyasida kо‗pgina organik 
atrofik buzilishlarda xotiraning buzilishi yuzaga keladi. Xotira izlarini tiklashning 
buzilishi nutqning buzilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin, bu holatlarda Bemor 
predmetni ayta olmasligi mumkin, chunki u uning nomini nima uchun kerakligini 
eslay olmasligi mumkin (amnestik afaziya). 


49 
“Aytingchi bu nima?” Kalit kо„rsatiladi. 
“Bu... bilmayman, nimagadir eslay olmayapman”. 
“Bu bilan nima qilinadi?” 
“Bunday qilinadi (qо„li bilan buraydi) - yopishadi yoki ochishadi”. 
“Bunisi nima?” Soat kо„rsatiladi. 
“Bu... bilmayman. Unga qarab vaqtni bilishadi shekilli”. 
“Bu nima?” Ruchka kо„rsatiladi. 
“Bu qandaydlir pribor”. 
(Alsgeymer kasalligi bor bemor bilan vrach suhbatidan parcha). 
Bundan tashqari, xotiraning tiklanishining buzilishi predmetni tanimasligi 
natijasida (sensorafaziya) yoki mо‗ljallangan (maqsad) predmet yoki kо‗rinishlarni 
tanishning buzilishi yuzaga kelishi mumkin. Sensor va amnestik afaziyalar 
miyaning lokal о‗choqli organik shikastlanishida xarakterli, semantik esa – 
shizofreniya uchun. Biroq, odatiy hayotda psixopatologik fenomen analoglari 
mavjud, masalan, biz shunday predmetlardan foydalanishimiz, uni tuzuvchilar 
mо‗ljallagan maqsadlaridan tashqari boshqa maqsadlarda ham foydalanishimiz 
mumkin. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish