164
ta‘sirlarga bog‘langanligi va ularga bo‘y sinish hisi.
Vasvasaviy idrok etish -
real sezgilarni yolg‘on ta‘savvurlar bilan aralashtirib
janjallar qilish.
Eshitish gallyutsinatsiyalari
- boshni ichidan eshitiladigan
tovushlar bemor
harakatlarini sharhlashi. Bemor qisqa va uzun so‘zlarni shivirlashlarni past
tovushdagi so‘zlarni eshtishi mumkin.
Ikkilamchi belgilarga katatoniya va nutq, xissiyot va kechinmalarning
patologik ekspressiyasi kiradi. Bu belgilarni ko‘p qismi zamonaviy tasnifda xam
ko‘rsatib o‘tilgan.
HKT-10 bo‘yicha shizofreniya uchun quydagi belgilardan biri bo‘lishi shart.
1.
―Exo fikrlar‖ - o‘z
fikrlarini eshitilishi, boshqa fikrlar qo‘shilishi yoki o‘z
fikrini chiqib ketishi, fikrlar ochiqligi.
2.
Tashqaridan ta‘sir etish vasvasasi. Motor, sensor, ideator avtomatizmlar,
vasvasaviy idrok etish. Bu psixiatriyada Kandinskiy-Klerambo sindromi deb
ataladi.
3.
Sharhlovchi eshituv chin va soxta gallyutsinatsiyalari va somatik
gallyutsinatsiyalar.
4.
Madaniy va dunyoviy to‘g‘ri kelmaydigan vasvasa g‘oyalari.
Shizofreniyani klinik ko‘rinishlari negativ va produktiv belgilarga bo‘linadi.
Negativ psixopatologik belgilar.
Shizofreniyani fundamental negativ ko‘rinishiga
sxizis
(intrapsixik ataksiya)
kiradi. Sxizis deb ruhiyatni parchalanganligi, dezintegratsiyasi, aralash-quralashligi
tushuniladi. Masalan, xotira o‘zgarmaydi, lekin fikrlash va nutqni uzuq-yuluq
tarzdagi og‘ir buzilishi kuzatiladi. Ruhiyatni parchalanganligini aniq belgisi nutqni
uzuq-yuluqligidir. Bunda so‘zni grammatik tuzilishi o‘zgarmaydi faqat mantiqi,
mazmuni o‘zgarad.
Shaxsni ikkilanishi, depersonalizatsiya, ambivallentlik va
boshqalar kuzatiladi. Shizofreniyani yana bir asosi belgisi
autizimdir
. Bunda real
borliq
bilan aloqa kamayadi, bemor o‘z dunyosiga berilib ketadi. Ba‘zi hollarda
bemorlar borliqdan to‘liq ajralib qoladi.
Ba‘zan esa o‘zini haddan ortiq analiz
qilish bilan cheklanadi. Intraverziya va autoerotizimni ham autizmga kiritish
165
mumkin. Yana bir shizofreniyaga xos qaytmas emotsional o‘zgarish
apatiyadir
.
Apatiya ba‘zan ko‘ngil bo‘shlik, nozik hissiyotlar bilan qo‘shilib kelishi mumkin.
Mayl buzilishlari
shizofreniya bilan og‘rigan bemorlar uchun xosdir.
Bemorlarda
istaklarni pasayishi xato abuliya ham kuzatilishi mumkin. Bemor bekordan
bekorga yuradi, chekadi, oddiy biologik talablarni qondiradi. Ba‘zan istaklar
pasaysada kasbiy faollik saqlanib qoladi. Ayrim hollarda apatiya va abuliya
birlashib ketadi. Apatiko-abulik sindrom paydo bo‘ladi. Shizofreniya bilan
kasallangan
bemorlarda kupincha parabuliya, ambitendentllik, impulsivlik paydo
bo‘ladi.
Bemorlar fikrlashida turli hil o‘zgarishlarni aniqlash mumkin. Birinchi
o‘rinda fikrlashni uzuq-yuluqligi,
paralogik fikrlash, autistik fikrlash, simvolik
fikrlash, amorf fikrlash, neologizmlar, bir fikrdan boshqasiga sakrash bo‘ladi.
Shuning bilan birga ba‘zi bemorlarga abstrakt fikrlashni
yuqori darajadaligi
xosdir.Fikrlashni bunday xususiyatlari ba‘zida bunday odamlarni kasbiy faoliyati
davomida yuqori cho‘qilarni zabt etishiga imkon beradi. Bunday odamlarga misol
qilib Nyuton, Nitsshe, Gogol, Van Gog larni ko‘rsatish mumkin. Ko‘pchilik
bemorlarda xotiraning formal qobiliyatlari o‘zgarmaydi. Xotirani pasayishi
xotirani emotsional komponentlarini pasayishi bilan bog‘liqdir. Yana bemorlarda
mimika o‘zgargan bo‘ladi. Gipomimiya, paramimiya, amimiya kuzatiladi.
Shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarni psixomotor faoliyatida ham o‘zgarishlar
kuzatiladi. Ularni harakatlari qo‘pol, tajang, sog‘lom odamlarga o‘xshamaydigan
bo‘ladi. Bemorlarda boshqa odamlar bilan aloqa qilish buziladi.
Ular odamlarga
kam qo‘shiladi, odamlar bilan tanlab muloqotda bo‘ladi va ayrim hollarda ular
odamlarga umuman qo‘shilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: