Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik


Bosh miya jaroxatlaridagi ruhiy buzilish holatlari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/141
Sana24.11.2022
Hajmi5,01 Kb.
#871602
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   141
Bog'liq
psihiatriya-qollanma

 
Bosh miya jaroxatlaridagi ruhiy buzilish holatlari 
Bosh miya jarohatlaridan so‘ng ruhiy buzilishlar bilan 8% bemorlar 
psixonevrologik dispanserda hisobda, 4% esa psixonevrologik shifoxonalarda 
davolanadilar. Bosh miyaga jarohat ta‘sirining xarakteriga ko‘ra: 

 
Ochiq jarohatlar miya qopqog‘i butunligini buzilishi bilan. 

 
Yopiq jarohatlar miya qopqog‘i butunligini buzilmasligi bilan. 
Ochiq jarohatlar o‘z navbatida miya teshib o‘tuvchi miya kattik pardasini 
jarohatlab ichiga o‘tmaydi. 
Yopiq miya jarohatlari kommotsiya (chaycalish) va kontuziya (lat eyish)ga 
bo‘linadi. 
Miya jarohati tufayli ruhiy buzilishlar polimorfizmligi bilan ajraladi. Miya jarohati 
natijasida chuqur es-hush buzilishlari, ya‘ni sopor va koma kelib chiqadi. Ba‘zi 
bemorlarda jarohatlardan so‘ng bir necha daqiqa va soatlarda keyin es-hush 
buzilishi mumkin. Sopor va koma holatlarini davomiyligi jarohatni qay daraja 
chuqurligi va uning likvor buzilishiga ta‘siri bilan ajraladi. Komatoz va sopor 
holatining asosiy belgisi tashqi muhitga javobning chegaralanishidir. Bu holatdan 
chiqish tez yuzaga kelmaydi. Bemorga savol berilganda, ko‘p marotaba bir 
voqeani so‘zlab beraveradi. Bemor bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, bosh ichidagi 
shovqinga, og‘irlikka, ko‘ngil aynishiga shikoyat qiladi. Ruhiy holat tomonidan 
koma holatidan chiqqandan so‘ng xotirani pasayishi, fikr bir joyga jamlash 
qiyinlashadi, sababsiz kayfiyatni o‘zgarishi quvnoq eyforik holatdan to tushkun 
kayfiyatga o‘tishi. Sekin asta bu belgilar kamayib 2-chi haftaga borib yo‘qolib 
ketadi. Ba‘zi holatlarda komatoz holatdan chiqqandan so‘ng deliriy yoki deliriy – 
oneyrik holatga hushi o‘zgaradi. Orientatsiya buzilishidan tashqari 
gallyutsinatsiyalar kuzatiladi, to‘satdan bemorda xavotir qo‘rquv yuzaga keladi. 
Deliriyning davomiyligi 2-3 kun. 


132 
Miya jarohatida ruhiy buzilishning eng og‘ir turi bu Korsakov sindromi. 
Darhol xushdan ketgandan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin yoki deliriy – amentiv 
sindrom bilan almashinadi. Bemor tashqi muhitdagi munosabatlarni qabul qiladi, 
ammo hech qancha o‘tmay esidan chiqarib yuboradi. Xotira ba‘zan 
konfabulyatsiya bilan to‘ldiriladi. Ko‘pincha bemorda retrograd amneziya 
aniqlanadi. Korsakov sindromi 3-4 oy ichida sekin asta yo‘qolib boradi. Miya 
butunligi buzilgandagina xotira buzilishi uzoq vaqtga cho‘ziladi. 
Miya jarohatida asab-ruhiy buzilishlardan yana eng og‘iri bu surdomutizm – 
kar va soqovlik. Bu patologiyani asosan havo kontuziyasi bilan bog‘laydilar. 
Miya jarohatlarining asoratlari – jarohatdan keyingi tserebrosteniya, 
entsefalopatiya, aqli zaiflik, psixoz. 
Jarohatdan keyingi tserebrosteniya – nevrasteniya klinikasini namoyon etadi. 
Jarohatdan so‘ng ancha yillar o‘tib paydo bo‘ladi. Asosiy shikoyatlari: tez 
charchash, holsizlik, qo‘shimcha ishlarni berganda og‘irlik tushishi hollari, bosh 
og‘rig‘i doimiy tarzda, ayniqsa ish vaqtida havo o‘zgarganda, transportda yurganda 
kuchayadi. Bundan tashqari, giperesteziya, vegetativ innervatsiyani stabilligi. 
Shunga qo‘shimcha holda ipoxondrik xayollar, yopishqoq xayollar, qo‘rquv paydo 
bo‘lishi mumkin. 
Travmatik entsefalopatiya – o‘tkazilgan kontuziya natijasida kelib chiqib 
MNS tomonidan chuqur o‘choqli simptomlar borligi bilan tushuntiriladi. 
Keng tarqalgan travmatik entsefalopatiyaning bir turi bu travmatik 
epilepsiya - epilepsiyasimon tutqanoqlar asosan miyani peshona pushtasining 
motor va premotor zonalarini fokal zararlanishi natijasida yuzaga chiqadi. 
Epilepsiyadan farqi jarohatdan so‘nggi epilepsiyada shaxs o‘zgarishlari yuzaga 
kelib chiqmaydi. Travmatik entsefalopatiyadan so‘ng shaxsning psixopatik 
o‘zgarishiga olib keluvchi ildizdir. Bemorda besabab asabning o‘ta yuzaligi «olovli 
jahl», qiziqishlarni chegaralanishi, aniq ko‘zga tashlanuvchi egotsentrizm, 
agressivlik paydo bo‘ladi. Bularda asosan alkogol ichimliklariga berilishi moyilligi 
yuqori bo‘ladi. Entsefalopatiya bilan bemorlar nogironlikka chiqadilar. 


133 
Miya jarohatining yana bir og‘ir turi bu dementsiyadir. Klinik ko‘rinishi – 
holsizlik, bo‘shashish, qiziqishlarini cheklanganligi, apatiya yoki o‘ta jahldorlik, 
impulsivlik yuzaga chiqadi. Bunda amnestik buzilishlar yuzaga chiqadi. Jarayon 
chuqurlashgan sari o‘z xatolarini ham bemor korrektsiya qila olmaydi, aniq fikrlar 
mazmunini to‘liq tushuna olmaydi. 
Travmatik tserebrasteniya va entsefalopatiyasi bor bemorlarda epizodik 
holda travmatik psixozlar uchrab turadi, ba‘zan maniakal va depressiv 
simptomokomplekslar uchrab tsirkulyar psixoz klinikasini eslatadi. 
Bolalarda bosh miyani jarohati natijasida ruhiy rivojlanishidan orqada 
qolishi kuzatiladi. Shikastlanishini o‘tkir darajasida bolalarda doimiy belgisi bu es-
hushni buzilishi o‘chib qolish tipi bo‘yicha. Deliriy holati kam uchrab, asosan 
kechasi qisqa, rudimentar qo‘rquv, gallyutsinatsiyalar bilan o‘tadi. Amnestik 
sindrom ham rudimentar shaklda bo‘ladi. Fiksatsion hotira pasayadi, retentsiya 
sust. 
Jarohatning o‘tkir davrida bolalarda tutqanoqlar kuzatilishi mumkin. Og‘ir 
xollarda esa meningial simptomlar yuzaga chiqadi. Doim vegetativ funktsiyalarni 
buzilishini kuzatishimiz mumkin, uyquning buzilishi, ishtahani pasayishi, profuz 
terlash, so‘lak ajralishi, enurez. Ba‘zan duduqlanish kuzatiladi. 
Affektiv 
buzilishlardan 
(zerikish, 
doimiy 
kayfiyatini 
o‘zgarishi 
tushkunlikdan to quvnoqlikka) bolalarda aniq bir o‘rin egallaydi. 
Ba‘zan bolalarda ham kattalarniki singari asoratlar kuzatiladi. 
Travmatik tserebrasteniya astenik holatdan farq qilib jarohatning o‘tkir 
davrida o‘zining turg‘unligi bilan xarakterlanadi va ko‘pincha boshqa sabablarga 
ko‘ra kompensatsiyalanadi. Biror kasallik interkurrent bo‘lsa, yoki hayotiy 
qiyinchiliklar kuzatilsa klinik belgilari o‘z-o‘zidan yuzaga chiqadi. 
Travmatik entsefalopatiyada bir-biriga qarshi klinik simptomokompleks kuzatiladi. 


Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish