Proyektor, axborot shakli: matn, slaydlar.
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu:
|
O’zlik nisbati
|
Maqsad.
Vazifalar.
|
Maqsad:
O’quvchilarga fe’lning o’zlik nisbati haqida ma’lumot berish;
O’quvchilarning nutq madaniyatini o’stirish, o’quvchilarning ona tili faniga, ilm olish, kitob o’qishga bo’lgan muhabbatini orttirish, Vatanga sadoqat , ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash
O’quvchilar so’z boyligini oshirish, nutqini o’stirish, fikrlashga o’rgatish, xotirasini mustahkamlash;
Vazifalar:
O’quvchilarga o’zlik nisbati haqida umumiy tushuncha berish, nisbat shakllaridan nutqda to’g’ri foydalana olishga o’rgatish;
Mavzuni qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash;
|
O’quv jarayonining mazmuni.
|
O’quvchilarda davlat tili tushunchasi, ona tiliga hurmat tuyg’usini, uni sevishni, undan faxrlanish tuyg’usini shakllantirish;
Milliy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash;
|
O’quv jarayonini amalgam oshirish texnologiyasi.
|
Shakl: Aralash
Dars uslubi: a) og`zaki, yozma c) ko`rgazmali, amaliy
d) texnikaviy.
Dars usuli:“Aqliy xujum”, “Klaster”, “Baliq skeleti”,“Loto” o’yini, O’yla! Izla! Top!, Test.
Dars Jihozi: Darslik,test savollari, plakat,Tarqatmalar, ko’rgazmali vositalar.
Texnik vositalari:Proyektor, axborot shakli: matn, slaydlar.
Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish;
Baholash: Rag’batlantirish. 5 balli tizim asosida.
|
Kutiladigan natijalar.
|
O’qituvchi: “Ozlik nisbati” mavzusini barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishiga erishiladi, o’quvchilar faolligini oshiradi. O’quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Bir mashg’ulot jarayonida barcha o’quvchilarni baholaydi. O’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. O’quvchilar tomonidan yozma axborotni mustaqil o’rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o’rgatadi. Mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stiradi.
O’quvchi; Otilgan mavzuni mustahkamlaydi, takrorlaydi. Yakka holda va guruh bo’lib ishlashni organadi. Nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi.
|
Kelgusi rejalar.
(Tahlil, o’zgarishlar)
|
O’qituvchi:
Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Yangi mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish;
O’quvchi: “O’zlik nisbati” mavzusi bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo’shimcha ma’lumotlar topadi, ularni o’rganadi. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.
|
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
a)Salomlashish
b) Navbatchi hisoboti
d) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash
Dars o’qituvchining sinf o’quvchilarini ko’tarinki kayfiyatda darsga chorlovi bilan boshlanadi:
Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so’raydi qadrin.
Fursat g’animatdir shoh satrlar-la
Bezamoq chog’idir umr daftarin.
Aziz o’quvchilar, biz sizlar bilan o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 28 yilligi arafasida turibmiz. Keling, yurtimizda sodir bo’layotgan o’zgarishlar bilan qanchalik tanish ekanligingizni sinab ko’ramiz.
O’qituvchi: Darhaqiqat,Alisher Navoiy bobomiz o’zbek tilining naqadar go’zal, boy va betakror ekanligini bir-biridan maftunkor asarlari orqali isbotlab bergan.
O’quvchi: Navoiy bobomiz “Mahbub ul-qulub” asarida til haqida shunday deganlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |