Protsessor boshqa qurilmalardan va turli xil dasturlardan olgan ko'plab ko'rsatmalarni bajaradi.
MIKROPROSESSORNING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Hammasi bo'lib, to'rtta xususiyati mavjud:
Bit chuqurligi.
Mahsuldorlik.
Buyruq tizimi.
Manzilli xotira miqdori.
MIKROPROSESSORLAR GURUHLARI
Ularning uchtasi:
CISC. To'liq qator buyruqlar mavjud.
RISC. Qisqa buyruq qatori mavjud.
MISC. Minimal buyruqlar to'plami mavjud, biroq ularning ikkala qurilmasi uchun ham juda tezdir.
Asosiy protsessor ishlab chiqaruvchilari
Protsessor
Markaziy protsessor (ingl. central processing unit - CPU, markaziy hisoblash qurilmasi). 1971-yilda Intel firmasi tomonidan 2250 tranzistorli birinchi mikroprotsessor 4004 ishlab chiqarilgan. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajaruvchi, boshqaruvchi qurilma. Har bir dastur buyruqlar ketma-ketligidan tashkil topadi. Protsessor shu buyruqlarini bajaradi. Protsessorlar o’ta katta integral sxemalar asosida quriladi. Protsessor tezligi 1 sekundda bajaradigan amallar soni bilan belgilanadi va u Hz (gers) larda o’lchanadi. Protsessorning bir vaqtning o’zida necha bit bilan ishlashi uning razryadini belgilaydi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qo’llanilmoqda.
Kompyuter Protsessorining joylashishi
Mikroprosessorning tuzilishi.
Boshqarish qurilmasi - funksiyasi buyicha shaxsiy kompyutening eng murakkab qurilmasi xisoblanadi. U mashinaning barcha bloklariga yetkaziladigan boshqarish signallari qayta ishlaydi.
Buyruqlar registori - buyruqlar kodi saqlanadigan registor. Bu yerda bajariladigan operatsiya va operandlar manzili joylashadi. Buyruqlar registori mikroprosessorning interfeysli qismda joylashadi. U buyruqlar registri bloki deb ataladi.
Operatsiyalar deshifratori - ushbu mantiqiy blok buyruqlar registridan keladigan operatsiya kodiga mos chiqish yo’lini tanlaydi.
Mikrodasturlarni doimiy saqlash qurilmasi (PZU) - uz yacheykalarida boshqaruvi signallarni saqlaydi. Ushbu impulslar SHK bloklaridagi bo’ladigan axborotni qayta ishlash operatsiyalarni boshqaradi. Impuls operatsiyalar deshifratori tanlagan operatsiya kodiga muvofik. Doimiy xotira qurilmasidan kerakli signallar ketma-ketligini o’qib oladi.
Berilganlar, adreslar, instruksiyalar kodli shinalar - mikroprosessorning ichki shina qismi.
Umuman olganda boshqarish qurilmasi quyidagi asosiy protseduralarni bajarish uchun kerakli signallarni yaratadi.
Hisoblagich-registrdan dasturning keyingi buyruqlari joylashgan operativ xotira yacheykalarini tanlash;
- Operativ xotira yacheykalaridan keyingi buyruq kodini tanlash va buyruqlar registriga tanlangan buyruqni yuborish;
- Operatsiya kodi va tanlangan buyruqni qayta shifrlash;
- qayta shifrlangan kodga mos doimiy xotira yacheykalaridan boshqarish impulslarini o’qish va bloklarga yuborish;
buyruqlar registri va mikroprosessor registrlaridan operandlarning tashkil etish adreslarini o’qish;
operatsiya natijalarini xotiraga yozish;
dasturning keyingi buyrugi adresini aniklash;
Birinchi mikroprosessor 4004 mikroprosessori Intel firmasi (AQSH) tomonidan 1971 yilda chiqarilgan. Hozirgi vaqtda bir necha yuzlab turli mikroprosessorlar chiqarilmoqda, lekin eng ommaviy va keng tarqalgani Intel va Intelga o’xshash firmalarning mikroprosessorlaridir.
Barcha mikroprosessorlarni 3ta guruhga bo’lish mumkin :
— CISC tipidagi (Complex Instruction Set Command) to’liq to’plamli buyruqlar tizimi bilan MP;
— RISC tipidagi (Redused Instruction Set Command) qisqartirilgan to’plamli buyruqlar tizimi bilan MP; — MISC tipidagi (Minimum Instruction Set Command) minimal to’plamli buyruqlar tizimi bilan va etarlicha yuqori tezkor MP (hozirgi vaqtda bu modellar ishlab chiqish bosqichida turibdi).
Do'stlaringiz bilan baham: |