mumkin. Bu usul hujayralarga DNK, RNKni kiritishda keng foydalaniladi,
yaqinda bu usulda o‘simlik hujayralariga organellalarning ko‘chirib
o‘tkazilishi (transplantatsiyalanishi) muvafaqqiyatli ko‘rinishda amalga
oshirilgan.
Yadrodan tashqari boshqa organellalar xam transplantatsiyalanadi,
jumladan mitoxondriyalar va xloroplastlarni ko‘chirib o‘tkazish mumkin.
Ushbu organellalarning tanlanishi ularning yarim avtonomlik xususiyatiga
egaligi, ya’ni o‘zining xususiy DNKsiga egaligi va hujayradan alohida mustaqil
holatda bo‘linishi bilan bog‘liq hisoblanadi.
Bundan tashqari, bu organellalar o‘simlik hujayralarida fotosintez va
nafas olish kabi hayotiy jihatdan juda muhim hisoblangan fiziologik
jarayonlarni nazorat qiladi. Masalan, xloroplastlarni ko‘chirib o‘tkazish
jarayonidan xo‘jalik nuqtai nazaridan muhim hisoblangan xususiyatlarga ega
bo‘lgan o‘simlik navlarini ishlab chiqish uchun foydalanish mumkin. Yuqori
samarali hisoblangan xloroplastlarni ko‘chirib o‘tkazish fotosintez faolligini
oshirishi mumkin va o‘z navbatida o‘simliklarning xosildorligi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |