Prospects for improving the deposit policy of commercial banks



Download 448,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana31.08.2021
Hajmi448,25 Kb.
#160331
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
PROSPECTS FOR IMPROVING THE DEPOSIT POLICY OF COMMERCIAL BANKS

 

XULOSA VA TAKLIFLAR 

Tijorat  banklari  depozit  siyosatini  takomillashtirish  yo‘nalishida  olib  borilgan 

tadqiqotlar  natijasida  sohada  mavjud  bo‘lgan  bir  qator  muammolar  aniqlandi  va 

ularni  bartaraf  etish  bo‘yicha  ilmiy  taklif  va  amaliy  tavsiyalar  majmuasi  ishlab 

chiqildi.  Xususan,  depozit  siyosati  va  bank  faoliyatini  rivojlantirish  strategiyasida 

belgilangan  vazifalar  o‘rtasidagi  uzviy  aloqadorlikning  mavjud  emasligi,  depozit 

siyosatini  amalga  oshirish  bo‘yicha  ichki  bank  me’yoriy  hujjatlarida 

kombinatsiyalangan  xizmatlarning  kiritilmaganligi,  bank  faoliyatiga  koronavirus 

pandemiyasida  davrida  dolzarb  hisoblanuvchi  innovatsion  depozit  turlarining  joriy 

etilishidagi  kamchiliklar,  banklarning  depozit  bazasini  mustahkamlashda  qimmatli 

qog‘ozlarni  muomalaga  chiqarish  imkoniyatlaridan  to‘laqonli  foydalanilmaganligi 

kabi  muammolar  banklar  tomonidan  olib  borilayotgan  depozit  siyosatining 

samaradorligiga salbiy ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Qayd etilgan muammolarni bartaraf 

etish bo’yicha takliflar bilan bir qatorda, depozit siyosatining yangi tarkibiy tuzilmasi 

va  uni  amaliy  faoliyatga  joriy  etish  mexanizmi  ishlab  chiqilgan.  Shu  bilan  bir 

qatorda,  depozit  siyosatining  samaradorligini  baholash  maqsadida  depozit 

hisobraqlarida  saqlanayotgan  mablag‘larning  barqarorligini  ta’minlashga  qaratilgan 

indikatorlar tizimi taklif etilgan. 

Tijorat  banklarida  depozit  siyosatini  shakllantirishning  amalga  oshirilgan 

tadqiqotlar  natijasiga  asoslangan  holda  ishlab  chiqilgan  va  ilmiy  asoslangan 

mexanizmini  bank  faoliyatiga  joriy  etish  quyidagi  bosqichlardan  iborat  bo’lishini 

taklif etamiz : 

Birinchi  bosqich.  Bank  faoliyatini  rivojlantirish  strategiyasi  doirasida  depozit 

operatsiyalarining  asosiy  shakllari  va  ko’rsatilishi  mo’ljallanayotgan  xizmatlar 

ko‘lami  aniq  belgilab  berilishi  lozim.  Bunda  e’tiborga  molik  bo‘lgan  xususiyatlar, 

fikrimizcha, quyidagilardan tashkil topishi mumkin: 

-  bank  faoliyatini  rivojlantirish  strategiyasi  etarli  darajada  uzoq  muddatga 

mo’ljallangan  ichki  bank  me’yoriy  hujjati  bo‘lib,  unda  ushbu  vaqt  oralig‘ida  bank 

faoliyatini  olib  borishdan  ko‘zlangan  maqsad  hamda  vazifalar  miqdor  va  sifat 

ko‘rsatkichlari orqali ifodalanadi. Belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish 

bank  deb  nomlanuvchi  tizimning  barcha  elementlari  (kredit,  depozit,  hisob-kitob  va 

boshqalar)  o‘zaro  uyg‘unlikda  faoliyat  olib  borishlari  talab  etiladi.  Elementlarning 

istalgan  birida  yuz  berishi  mumkin  bo‘lgan  kamchilik  bank  faoliyatini 

muvaffaqiyatiga  salbiy  ta’sir  o‘tkazadi.  Demak,  bank  faoliyatini  rivojlantirish 

strategiyasida  har  bir  yo‘nalish  bo‘yicha  bajarilishi  talab  etiladigan  va 

balanslashtirilgan  ko‘rsatkichlar  tizimi  ishlab  chiqilishi  zarur.  Shuni  e’tiborga  olish 

qoldig’i 



 

 

muhimki,  birinchi  bosqichda  bank  faoliyatini  rivojlantirishning  eng  umumiy 



parametrlari  tasdiqlanadi.  Ushbu  vazifa  bank  Kengashi  yoki  bank  aktsionerlarining 

umumiy  yig‘ilishi  vakolatiga  kiritiladi.  Fikrimizcha,  bank  faoliyatini  rivojlantirish 

strategiyasining  asosiy  ko‘rsatkichlari  buxgalteriya  balansi  (1-shakl)  ko‘rinishida 

ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi zarur;  

-    bank  Kengashi  yoki  bank  aktsiyadorlarining  umumiy  yig‘ilishi  qaroriga 

muvofiq tasdiqlangan strategiya umumiy xususiyatga ega bo‘lganligi uchun, mazkur 

hujjat  aniqlashtirilishi  kerak.  Aniqlashtirish  jarayonida  bank  faoliyatining  har  bir 

yo‘nalishi  bo‘yicha  strategiyada  belgilangan  vazifalarni  amalga  oshirish  yuzasidan 

mezon va me’yorlar ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan mezon va me’yorlar funktsional 

strategiya  va  ular  doirasidagi  siyosatlarning  tarkibiy  tuzilmasi,  mazmuni  va 

mohiyatini belgilab beradi; 

-  bank  faoliyati  yo‘nalishlari  bo‘yicha  mezon  va  me’yorlarni  belgilashda  bank 

Kengashi  a’zolarining  birinchi  navbatdagi  diqqat-e’tibori  endogen  va  ekzogen 

omillarning  strategiyada  belgilangan  davr  davomida  o‘zgarishi  tendentsiyalariga 

qaratilishi  lozim.  Ichki  va  tashqi  muhitdagi  kutilayotgan  o‘zgarishlar  nafaqat 

faoliyatning  alohida  yo‘nalishlari,  shuningdek,  strategiyani  qaytadan  ko‘rib 

chiqilishiga olib kelishi mumkin;  

- tijorat bankining hajmi, tarixan shakllangan an’analar, xizmat ko‘rsatilayotgan 

iqtisodiyot  tarmoqlari  va  boshqa  omillar  ta’siri  ostida  boshqa  xususiyatlar  yuzaga 

kelishi  mumkin  va ular albatta  strategik maqsad va vazifalarni  aniqlashda e’tiborga 

olinadi. 

-  MDX  mamlakatlari  tijorat  banklari  depozit  porfelining  tahlili  depozitlarning 

“dollarlashuv”  darajasining  oshib  borishi  tendentsiyasi  kuzatilayotganligi  hamda 

milliy  valyutaning  asosiy  xorijiy  valyutalarga  nisbatan  kursida  ma’lum 

barqarorlikning mavjud emasligi, shuningdek, aholi va biznes sub’ektlari tomonidan 

omonat valyutasini tanlashda xorijiy valyutalarga ustuvorlik berilmoqda;  

-  depozitlarning  dollarlashuv  darjasining  oshib  borishi  milliy  valyutada 

ifodalangan  pul  massasa  miqdorini  kamaytirgan  holda  Markaziy  bank  tomonidan 

amalga  oshirilayotgan  pul-kredit  siyosati  transmission  mexanizmining  foiz  kanali 

faoliyati  samaradorligini  pasaytirib  yubormoqda.  Ushbu  salbiy  holat  Markaziy 

bankning  qayta  moliyalashtirish  stavkasining  depozit  va  kreditlar  bo‘yicha 

o‘rnatilayotgan foiz stavkalariga ta’sirini kuchsizlanishida o‘z aksini topmoqda;  




Download 448,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish