Bunda SIAr (the sum of initial amount) – depozit shartnomasida belgilangan
SIA – jami depozit shartnomalari bo‘yicha hisobvaraqlardagi mablag‘lar
qoldig‘i.
3-indikator. Omonat summasining R foizgacha bo‘lgan qismini depozit
shartnomasida belgilangan muddatdan oldin birinchi marta qaytarib olishga qadar
o‘tgan kunlarning o‘rtacha soni (ANDEW – the average number of days before early
withdrawal to the level of P percent). Indikator quyidagi formula bo‘yicha
hisoblanadi:
(3.)
Bunda (NDEWP) (the number of days before early withdrawal to the level of P
percent) – i shartnoma bo‘yicha omonat summasining R foizgacha bo‘lgan qismini
depozit shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab birinchi marta qaytarib olishga qadar
o‘tgan kunlar soni
NP – shartnoma bo‘yicha omonat summasining R foizgacha bo‘lgan qismi
kamaygan depozit shartnomalari soni.
4-indikator. Omonat summasining R foizgacha bo‘lgan qismini depozit
shartnomasida belgilangan muddatdan oldin birinchi marta qaytarib olishga qadar
o‘tgan kunlarning o‘rtacha tortilgan miqdori (WANDEW – the weighted average
number of days before early withdrawal to the level of P percent). Ushbu indikator
quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
(4.)
Bunda (NDEWP) (the number of days before early withdrawal to the level of P
percent) - i shartnoma bo‘yicha omonat summasining R foizgacha bo‘lgan qismini
depozit shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab birinchi marta qaytarib olishga qadar
o‘tgan kunlar soni;
IAi - i shartnoma bo‘yicha omonat summasining R foizgacha bo‘lgan qismini
qaytarib olingan depozit shartnomasining dastlabki summasi.
Yuqorida keltirilgan indikatorlar tijorat banklari amaliy faoliyatida qo‘llanilishi
borasidagi ayrim xususiyatlarni qayd etish mumkin:
birinchidan, depozit portfeli tarkibida bo‘lgan depozitlarning turlari va
muddatlaridan kelib chiqqan holda ko‘rsatkichlarning differentsilangan shkalasi
ishlab chiqilishi mumkin. Ular tahlil maqsadidan kelib chiqqan holda alohida olingan
omonatchilar guruhlari bo‘yicha ham shakllantirilishi mumkin;
ikkinchidan, depozit summasining muddatidan oldin qaytarib olinishining
tortilgan ehtimoli (WPEW) va depozit summasining muddatidan oldin birinchi marta
qaytarib olgunga qadar o‘tgan kunlarning o‘rtacha tortilgan sonini (WANDEW)
ifodolovchi indikatorlar juftligida yuzaga kelgan holat (ko‘satkichlar darajasi) yirik
omonatlar bo‘yicha shartnomalarning istiqboliga jiddiy ta’sir o’tkazadi. Mazkur
ko‘rsatkichlar yirik omonatchilar yoki o‘zaro aloqador omonatchilar guruhini tahlil
etishda foydalidir;
uchinchidan, taklif etilgan indikatorlar masumiy o‘zgarishlar yoki iqtisodiy
vaziyatning yomonlashuvi yoxud favqulodda holatlar ta’siri ostida depozitlar
hajmining kamayib borish tendentsiyalarini tezkorlik bilan aniqlash imkoniyatini
beradi. Salbiy tendentsiyalar aniqlanganda tijorat banki likvidlilik pozitsiyasini saqlab
qolish, shuningdek, iqtisodiy normativlarga rioya qilinishi ta’minlash borasida
tegishli chora-tadbirlarni shakllantirishda ushbu ko‘satkichlar qo‘llanilishi mumkin.
Tijorat banklari depozit siyosatining samaradorligini baholash bo‘yicha
yuqoridagi jadvalda keltirilgan koeffitsientlar tahlil etilayotgan bank faoliyat olib
borayotgan muhit, uning hajmi va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga qarab
kamaytirilishi yoki qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirilishi mumkinligi
S.V.Rikov tomonidan alohida qayd etilgan.
Ilmiy maqolamiz doirasida tahlil etilgan va boshqa olimlar hamda mutaxassislar
tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar, shuningdek, jahon banklari amaliyotida
tijorat
banklari
depozit
siyosatining
samaradorligini
baholash
bo‘yicha
qo‘llanilayotgan uslubiyatlar va ko‘rsatkichlar majmuasini o‘rganish asosida depozit
siyosatining samaradorligini baholash indikatorlarini chiqishga harakat qilamiz. Shu
o‘rinda qayd etish lozimki, koronavirus pandemiyasiga qarshi chora-tadbirlarning
amalga oshirilishi ko‘plab salbiy holatlar bilan bir qatorda jismoniy va yuridik
shaxslarning omonatlari hajmining kamayib borishiga olib keldi. Bu jarayon
banklarning depozit bazasining kuchsizlanishiga olib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: