a – qо‘zg‘almas donador adsorbentli; b – harakatchan donador
adsorbentli; d – sirkulyatsiyali, mavhum qaynash qatlami.
Keyinchalik desorbsiyalanishda bu komponentlar о‘zgarmagan holatda ajratilib, alohida fraksiya xolatida olinib va uni qismlarga ajratilib, ilmiy asosda tekshiriladi. Kо‘rinib turibdiki, desorbsiya adsorbsiyaga nisbatan teskari tartibda boradi. Adsorbsiya qilishda – yirik g‘ovakli (3A0 ›) va mayda g‘ovakli (≤ 30 A0) (1A0=108 sm) adsorbentlar ishlatiladi. Jarayonda 20-250 S temperatura va 4-6 atmosfera bosimda olefin uglevodorodlari yaxshi yutiladi, parafin uglevodorodlari kam adsorbsiyalanadi. Yuqori molekulali uglevodorod birikmalari ham yaxshi yutilib о‘zidan oldingi past molekulali uglevodorodlarni siqib chiqaradi. Yutilgan moddalar 2500 S gacha bо‘lgan temperaturada suv bug‘i bilan desorbsiya qilinadi. Uzluksiz adsorbsialanish jarayonini gipersorbsiya deyiladi. [12]
22 gazlar past molekulali parafin uglevodorodlaridan tashkil topgan bо‘lib tarkibida H2S, SO2 kabi qо‘shimchalar uchraydi. Shu sababli tabiiy gazlar qayta ishlashdan oldin H2S, va SO2 lardan absorsiya usuli bilan (dietanolamin yordamida) tozalanadi. Uning reaksiyasi quyidagicha:
Gazlar qо‘shimchalardan tozalanganidan sо‘ng alohida uglevodorod qismlarga (fraksiyalarga) ajratiladi. Buning uchun absorbsiya, rektifikatsiya (bosim ostida), xemosorbsiya va kо‘p usullik (kombinirovanniy) qо‘llaniladi.
Absorbsiya usuli - gaz aralashmasidagi propilendan pentangacha bо‘lgan fraksiyalarni ajratib olish uchun ishlatiladi. Jarayon 350C dan yuqori bо‘lmagan temperaturada olib boriladi. Gaz yoki bug‘larning, gaz yoki bug‘li aralashmalardagi komponentlarning suyuqlikda yutilish jarayoni absorbsiya deb nomlanadi. Yutilayotgan gaz yoki bug‘ absorbtiv, yutuvchi suyuqlik esa absorbent deb ataladi. Ushbu jarayon selektiv va qaytar jarayon bо‘lib, gaz yoki bug‘ aralashmalarini ajratish uchun xizmat qiladi. Absorbtiv va absorbentlarning о‘zaro ta’siriga qarab, absorbsiya jarayoni ikkiga bо‘linadi: fizik absorbsiya; kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya). Fizik absorbsiya jarayonida gazning suyuqlik bilan yutilishi paytida kimyoviy reaksiya yuz bermaydi, ya’ni kimyoviy birikma yangi modda hosil bо‘lmaydi. Agar suyuqlik bilan yutilayotgan gaz kimyoviy reaksiyaga kirishsa, bunday jarayon xemosorbsiya deyiladi, ya’ni kimyoviy absorbsiY. Ma’lumki, fizik absorbsiya kо‘pincha qaytar jarayon bо‘lgani sababli, suyuqlikka yutilgan gazni ajratib olish imkoni bо‘ladi. Bunday jarayon desorbsiya deb nomlanadi. Absorbsiya va desorbsiya jarayonlarini uzluksiz ravishda tashkil etish yutilgan gazni sof holda ajratib olish va absorbentni kо‘p marta qayta ishlatish imkonini beradi. Absorbsiya jarayoni sanoat korxonalarida uglevodorodli gazlarni ajratish, sulfat, azot, xlorid kislotalar va ammiakli suvlarni olishda, gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratish va boshqa hollarda keng miqyosda ishlatiladi. Absorbsiya jarayoni ishtirok etadigan texnologiyalarni qurilmalar bilan jihozlash murakkab emas. Shuning uchun kimyo, neft va gazni qayta ishlash hamda boshqa sanoatlarda absorberlar kо‘p ishlatiladi.
Absorbsiya jarayonini olib borish usullari. Xalq xо‘jaligining turli tarmoqlarida absorbsiya jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsipial chizmalar qо‘llaniladi:
— parallel yо‘nalishli;
— qarama-qarshi yо‘nalishli;
— bir pog‘onali, qisman retsirkulyatsiyali;
— kо‘p pog‘onali, qisman retsirkulyatsiyali.
2-rasmda parallel yо‘nalishli chizma kо‘rsatilgan. Bunda gaz oqimi va absorbent parallel (bir xil) yо‘nalishda harakatlanadi. Absorberga kirishda absorbtiv konsentratsiyasi katta bо‘lgan gaz faza, absorbtiv konsentratsiyasi past bо‘lgan suyuq faza bilan tо‘qnashuvda bо‘lsa, qurilmadan chiqishda esa absorbtiv konsentratsiyasi kichik bо‘lgan gaz faza, absorbtiv konsentratsiyasi yuqori bо‘lgan suyuqlik bilan о‘zaro ta’sirda bо‘ladi. Absorberlar konstruksiyalari Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada sodir bо‘ladi. Shuning uchun ham suyuqlik va gaz fazalar tо‘qnashuvida bо‘ladigan absorberlar yuzasi iloji boricha katta bо‘lishi kerak. Massa almashinish yuzalarini tashkil etish va loyihalash bо‘yicha absorberlar 4 guruhga bо‘linadi: sirtiy va yupqa qatlamli absorberlar; nasadkali absorberlar; barbotajli absorberlar; purkovchi absorberlar. Sirtiy absorberlarda harakatlanayotgan suyuqlik ustiga gaz uzatiladi. Bunday qurilmalarda suyuqlik tezligi juda kichik va tо‘qnashuv yuzasi kam bо‘lgani uchun bir nechta qurilma ketma-ket qilib о‘rnatiladi.[12]
2- rasm. Sirtiy absorber
Do'stlaringiz bilan baham: |