Prokariot va eukariot hujayralar” mavzusida tayorlagan bir soatlik dars ishlanmasi
Prokariot-va-eukariot-hujayralar.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashish O‘quvchilarning darsga tayyorgarligini va sinfning tozalikni aniqlash Navbatchi o‘quvchidan o‘quvchilarning davomatni aniqlash Fan va kun yangiliklarini tinglash Sinf o‘quvchilarini ikkita katta guruhga ajratish, guruhlarni nomlash va dars rejasi bilan o‘quvchilarni tanishtirish. 1-GURUH “PROKARIOTLAR” 2-GURUH “EUKARIOTLAR” II. O‘tilgan mavzuni takrorlash: “Blits-so‘rov” usuli katta guruhlar o‘rtasida amalga oshiriladi. “Assessment” usuli kichik guruhlarda amalga oshiriladi. III. Yangi mavzuni o‘rganish: Yangi mavzu bayoni “AUKSION” usuli orqali o‘rganiladi. Bunda o‘quvchilar mavzuni reja asosida yoritib beradilar. Guruhlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga alohida e’tibor beriladi va eng ko‘p ma’lumot to‘play olgan guruhga auksionga qo‘yilgan mukofot topshiriladi. Hayotning hujayraviy shakllari hujayrasining tuzilishiga ko‘ra ikkita katta guruh: prokariot va eukariotlarga bo‘linadi. Prokariotlar guruhiga barcha bakteriyalar va ko‘kyashil suv o‘tlari(sianobakteriyalar), eukariotlar guruhiga esa zamburug‘lar, o‘simlik va hayvonlar kiradi. Shunday qilib, hozirgi davrda hujayralar tuzilishiga ko‘ra ikkita guruhga ajratilgan va tegishli ravishda ikki yirik guruh: prokariot va eukariotlar deb ataladi. Prokariot va eukariot hujayralarning tuzilishida o‘xshashlik va farqli tomonlari mavjud. Ularning o‘xshashlik tomonlari har ikkala hujayralarda hujayra qobig‘i, sitoplazma, ribosoma, nuklein kislotalardan DNK va RNKlar bo‘ladi. Prokariot va eukariot hujayralarda oqsil sintezi ribosomalarda kechadi. Irsiy axborotni nasldan naslga berilishi ham nuklein kislotalar orqali beriladi. Prokariot va eukariot hujayralarning ikkiga bo‘linib ko‘payishi, oziqlanishi, nafas olishida o‘xshashlik tomonlar mavjud. Prokariot va eukariot hujayralarning asosiy farqlari quyidagi jihatlarda namoyon bo‘ladi: eukariot hujayralarda shakllangan yadro, asosiy organoidlar mitoxondriya, endoplazmatik to‘r kabi organoidlar bo‘ladi. Prokariot hujayralarda yadro, mitoxondriya, endoplazmatik to‘r kabi asosiy organoidlar bo‘lmaydi. Prokariot va eukariot hujayralarning bo‘linishida ham farq kuzatiladi. Prokariot organizmlar hujayrasi to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘linadi, ya’ni mitoz kuzatilmaydi, eukariot hujayra esa asosan mitoz usulida bo‘linadi. Eukariotlar zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvon hujayralarining tuzilishida o‘zaro o‘xshashlik va farqli tomonlar mavjud. Zamburug‘ bilan o‘simlik hujayrasining farqli tomonlari: zamburug‘ hujayrasining qobig‘i xitinsimon moddadan, o‘simlikning hujayra qobig‘i esa sellyulozadan iborat. Zamburug‘larda plastidalar bo‘lmaydi, o‘simlik hujayrasida plastidalar mavjud. Zamburug‘larning oziqlanish usuli saproft, o‘simliklarning oziqlanish usuli avtotrof. Hayvon va o‘simlik hujayrasining ham farqli tomonlari mavjud. Misol uchun, o‘simlik hujayrasi qobig‘i sellyulozadan, hayvon hujayrasi esa glikokaliksdan iborat. O‘simlik hujayrasida plastida va vakuolalar bo‘ladi, hayvon hujayrasida esa bo‘lmaydi. O‘simlik hujayrasi bilan hayvon hujayrasining bo‘linishida farq mavjud. hayvon hujayrasi bo‘linganda plazmatik membrana o‘rtasida botiqlik paydo bo‘lib ikkiga bo‘linadi. O‘simlik hujayrasida esa hujayraning o‘rtasida to‘siq paydo bo‘lib, hujayrani teng ikkiga bo‘ladi. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: “Venn diagrammasi” usuli. Guruhlar o‘rtasida yana ikkitadan kichik guruhlar hosil qilinadi va Venn diagrammasi namunalar tarqatiladi. Kichik guruhlar belgilangan vaqt oralig‘ida diagrammani to‘ldirishlari lozim. “Prokariot va eukariot hujayralarning o‘xshashlik va farqli tomonlari”
“Xatomni top” o‘yini. O‘qituvchi tomonidan mavzuga oid matn o‘qiladi. Matnda xato jumlalar berilgan bo‘lib o‘quvchilar ushbu xato jumlalarni toshpishlari zarur. O‘quvchilar o‘rtasida mustaqil ish hosil qilinadi. O‘yin yakunida o‘quvchilar daftarlari o‘zaro almashinib tekshiriladi. V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash: Guruhlardagi ishlarni yakunlash, ballarni umumlashtiirish va g‘olib guruhni aniqlash. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi va rag‘batlantiriladi. Olgan natijalari sinf jurnali va o‘quvchilarning kundalik reyting daftarlariga qo‘yiladi. VI. Uyga vazifa: 9-sinf “Biologiya” darsligidagi 15§ o‘qib o‘rganish, Prokariot va Eukariotlarga “Sinkveyn” tuzib kelish. Download 489,51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |