Baliqlar-3
1.Dum suzguchi kuchli rivojlangan turkum?
A.bakra baliqlar B.lossosimonlar
C.karpsimonlar D.akulalar
2.Dengiz va okeanning juda chuqur joylarida yashaydigan baliqlarning ….. .!
A.qo’shimcha suzguchlari rivojlangan bo’ladi.
B.rangi xima-xil chiroyli bo’ladi.
C.yog’du taratadigan a’zolari bo’ladi.
D.muskullari va suzgichlari ayniqsa dum suzgichi kuchli rivojlangan bo’ladi
3.Afrika tilyapiya balig’ining erkagi o’z nasli uchun qanday g’amxo’rlik qiladi?
A.suv o’tlarini so’lak bezlari yordamida yopishtirib urg’ochilari uchun uya yasaydi
B.tuxumlarni qornidagi maxsus xaltachasida olib yuradi
C.urg’ochilari tashlagan tuhumlarni o’giz bo’shlig’ida olib yuradi
D.chavoqlari rivojlanguncha tuxumlarni qorin tomoniga yopishtirib yuradi
4.Qaysi baliq 300 minggacha tuhum qo’yadi?
A.okun B.dengiz otchasi C.treska D.laqqa
5.Baliqlar yon chiziqlar yordamida:
A.suv oqimi va tovushni payqaydi
B.oziq mazasini biladi
C.suv oqimi,bosimi va to’siqni sezadi
D.barchasi
6.Baliqlarning ichki organlariga,suzgichlariga,teri va muskullarga qayerdan nervlar chiqishini aniqlang?
A.bosh miyadan B.miyachadan
C.uzunchoq miyadan D.orqa miyadan
7.Baliqlarning ingichka naychalari qaysi organlarni bir-biri bilan tutashtirib turadi?
A.ichak bilan oshqozondi
B.qizilongach bilan halqumni
C.suzgich pufagi bilan ichakni
D.yurak bilan suzgich pufagni
8.Baliqlarning suzgich skelet qanday suyaklardan iborat?
A.suzgich yoylari va ular kamar suyaklardan
B.qovurg’alar va qiltanoqlardan
C.jabra ravoqlari va jabra qopqoqlari suyaklardan
D.A,C
9.Lansetnikning qaysi organi ikki yon tomonida tana bo’ylab uzun tasma shaklda joylashgan?
A.qon tomirlari B.muskullari
C.yuragi D.xordasi
10.Lansetnikning qaysi organlari teri burmalar bilan qoplangan?
A.dum suzgichi,og’zi B.qorin suzgichi,jabrasi
C.dum suzgichi,jabrasi D.qorin sugichi,og’zi
11.Zog’ora baliqning embrional davri necha kun?
A.4-6 B.8-16 C.4-8 D.2-3
12. Zog’ora baliqning qaysi organi jabralardan orqaroqda joylashgan?
A.yuragi B.buyrak C.qovuq D.o’t pufagi
13.Baliqlar skeletining tuzilishiga ko’ra……bo’linadi.
A.xordali va xordasiz sinflarga
B.tog’ayli va suyakli turkumlarga
C.tog’ayli va suyakli sinflarga
D.akulalar va skatlar turkumiga
14.Hind okeanining Afrika sohili yaqinidan topilgan baliq qaysi turkumga mansub?
A.suyak-tog’ayli baliqlar B.lossosimonlar
C.karpsimonlar D.panjaqonotlilar
15.Amudaryoning o’rta oqimida(1) quyi oqimida(2) va quyi va o’rta oqimida(3) qaysi baliq uchrashini aniqlang?
A.1-bakra baliq ; 2-moybaliq ; 3-qilquyruq
B.1-soxta kurakburun; 2-oqcha 3-bakra baliq
C.1-mo’ylov baliq; 2-oqcha 3-bakra baliq
D.1-forel; 2-mo’ylov baliq 3-oqcha
16.Zog’ora baliqning og’irligini aniqlang?(kg.)
A.4-6 B.8-16 C.4-8 D.2-3
17.Suvning yuza qismida,ayniqsa ochiq dengizlarda yashaydigan baliqlarning…..
A.qo’shimcha suzgichlari rivojlangan bo’ladi.
B.rangi xima-xil chiroyli bo’ladi.
C.yog’du taratadigan a’zolari bo’ladi.
D.muskullari va suzgichlari ayniqsa dum suzgichi kuchli rivojlangan bo’ladi
18.Suv havzalarning tinch oqadigan sayoz joylarga,suv omborlari va ko’llarga tuhum qo’yadigan baliqni aniqlang?
A.oq amur B.zog’ora baliq
C.ugor baliq D.gulmoyi
19.Zog’ora baliqning moylovlari qanday vazifani bajaradi?
A.hid bilish B.ta’m bilish
C.tuyg’u D.C,B
20.Lansetnikning uzunligini aniqlang?
A.4-6 B.8-16 C.4-8 D.2-3
21.Yer yuzida 350 ta turi tarqalgan turkumni aniqlang?
A.skatlar B.lossosimonlar
C.karpsimonlar D.akulalar
22.Quidagi qaysi baliqning dum suzgichi xivchinga aylangan?
A.dengiz tulkisi B.sterlyad
C.qilquyruq D.A,C
23.Qaysi baliq noyob tur sifatida muhofaza qilinadi?
A.oq amur B.zog’ora baliq
C.cho’rtan D.qilquyruq
24.Baliqlarning yoshi qanday aniqlanadi?
A.tangachalar soniga qarab
B.suzgichlardagi qiltanoqlarga qarab
C.yoshini aniqlab bo’lmaydi
D.tangachalardagi halqalar soniga qarab
25.Zog’ora baliq,oq amur,oqcha,xumbosh,oq sla,ilonbosh ….. hisoblanadi.
A.keng tarqalgan baliqlar
B.kam nasl beradigan baliqlar
C.ko’p nasl beradigan baliqlar
D.asosiy ovlanadigan baliqlar
26.Sirdaryo va Amudaryoda uchraydigan baliqlarni aniqlang?
A.bakra,soxta kurakburun,moybaliq
B.bakra,mo’ylov baliq,gulmoyi,moybaliq,oqcha
C.qora baliq,laqqa, gulmoyi,moybaliq,oqcha
D.barchasi
27.Qaysi turkum vitaminli yog’i uchun ovlanadi?
A.skatlar B.lossosimonlar
C.karpsimonlar D.akulalar
28.Baliqlarning yashash muhiti va unga moslanish belgilarini juftlab ko’rsating?
a.chuqur suvda b.suv tubida c.suv yuzasida d.korall riflarda
1.tanasi suyri shaklda 2.yorug’lik taratuvchi organi bor 3.tan rangi xilma-xil 4.tanasi yassi
A.a-2 ; b-4 ; c-1 ; d-3 B.a-4 ; b-2 ; c-1; d-3
C.a-2 ; b-4 ; c-3 ; d-1 D.a-1 ;b-3 ; c-4 ; d-2
29.Bitta turga kiruvchi hamma hayvonlarning
….. bir xil bo’ladi.
A.tana masasi B.tana uzunligi
C.sharli reflekslari D.shartsiz reflekslari
30.Baliqlarning oldingi tomonga suzishda qaysi suzgichi katta ro’l o’ynaydi?
A.dum suzgichlari B.qorin suzgichi
C.ko’krak suzgichi D.anal suzgichi
31.Baliqlarning bosh skeletiga mansub bo’lgan suyaklarni aniqlang?
A.suzgich yoylari va ular kamar suyaklari
B.qovurg’alar va qiltanoqlari
C.jabra ravoqlari va jabra qopqoqlari suyaklari
D.A,C
32.Lossosimonlarning qaysi vakili Sirdaryo va Amudaryoda uchraydi?
A.keta B.gorbusha C.forel D.laqqa
33.Zaharli nayzaga ega bo’lgan turkum?
A.skatlar B.lossosimonlar
C.karpsimonlar D.akulalar
34.Ko’plab baliqlarning qirilishiga sabab nima?
A.ozuqa yetishmasligi
B.ko’plab ovlanishi
C.suvning sho’rlanishi
D.kislorod yetishmasligi
35.Zog’ora baliqning qo’ng’ir-qizg’ish tasmasimon organini aniqlang?
A.yuragi B.buyrak C.qovuq D.o’t pufagi
36.Qaysi turkum baliqlarning yarmiga yaqin turini o’z ichiga oladi?
A.skatlar B.lossosimonlar
C.karpsimonlar D.akulalar
215.Lansetnikning asosan qaysi belgilariga ko’ra umurtqalilarga o’xshaydi.
A)jabra yoriqlari,tana bo’shliqlari
B)qon aylanish, nerv sistemasi
C)xorda, nerv sistemasi naysimon bo’lishi
D)ayirish, ovqat sistemasi
216.Quyidagi berilgan organizmlarning qaysi beri umurtqalilar bilan umurtqasizlar o’rtasida oraliq forma hisoblanadi.
A)halqali chuvalchanglar B)mollyuskalar
C)lansetnik D)baliqlar
217.Lansetnikning nafas olish a’zosi to’g’ri keltirilgan javobni belgilang.
A)traxeya B)o’pka C)jabralar D)teri burmalar
218.Uzun anal suzgichiga ega bo’lgan baliqni ko’rsating.
A)beluga B)sterlyad C)laqqa D)oqcha
219.Karpsimonlar turkumiga mansub bo’lmagan baliqlarni belgilang.
1)moybaliq 2)gulmoy 3)bakra
4)qorabaliq 5)beluga 6)strelyad
7)nalim 8)zog’orabaliq 9)skat
A)2,6,4,7 B)1,2,3,4,8 C)1,2,4,6,9 D)2,3,5,7,9
220. Baliqlar qaysi suzgich qanotlar tanasini muvozanatga solib turish va harakatlanganda burilishiga va to’xtashiga yordam beradi .
A)orqa, dum B)anal, ko’krak
C)orqa, anal D)ko’krak, qorin
221.Baliqlarda ko’payish instinkti qachon paydo bo’ladi.
A)jinsiy hujayralar yetila boshlashi bilan
B)bahorda, suvlar iliy boshlashi
C)lichinkalik davri tugashi
D)suv harorati ko’tarilganda
222.Quyidagi baliqlardan qaysi biri tirik tug’ib ko’payadi.
1)skat 2)zog’orabaliq
3)losos 4)akula
5)manta 6)cho’rtan baliq
A)1,4,5 B)2,3,6 C)1,3,5 D)1,4,6
223.O’rta Osiyo suv havzalarga keltirib iqlimlashtirilgan baliqlar guruhini belgilang.
1)gulmoy 2)oq amur 3)oqcha
4)moybaliq 5)ilonbosh 6)xumbosh
7)baqra baliq
A)1,4,7 B)2,6 C)1,3,7 D)3,4,5
224.Qilquyruq balig’i qaysi turkumga kiradi.
A)suyakli-tog’ayli baliqlar B)tog’ayli baliqlar
C)suyakli baliqlar D)to’g’ri javob yo’q
225.Ko’r bo’lib qolgan baliqning biror narsaga urulmasdan harakatlanishida, qaysi a’zosi asosiy rol o’ynaydi.
A)yon chiziqlar B)orqa miya
C)jabra D)refleks
226.Tog’ daryolari va soylarida keng tarqalgan baliq turini belgilang.
A)mo’ylov baliq B)qora baliq
C)moy baliq D)oqcha baliq
227.Baliqlarning ta’m bilish hujayralari qayerda joylashgan.
1)og’iz bo’shlig’i 2)tilda
3)yon chiziq 4)halqumda
5)oshqozon 6)butun tanasida
A)1,2,3 B)2,3,4 C)1,4,6 D)4,5,6
228.Orol dengizi, Sirdaryo, Zarafshon va Amudaryoda havzalarining daryo va ko’llarida uchraydigan baliq.
A)zog’ora B)seld C)gulmoy D)mo’ylov baliq
229.Losossimonlar turkumining qaysi vakillari Sirdaryo va Amudaryo (a) va dengizlarda (b) tarqalgan.
1)losos 2)forel 3)keta 4)gorbusha
A)a-1,3,b-1,2 B)a-2,b-1,3,4
C)a-1,b-2,3,4 D)a-1,2,b-3,4
230.Suyakli-tog’ayli baliqlar skeleti.
A)suyakdan iborat B)suyak va xordadan iborat
C)suyak va tog’aydan iborat D)paydan tog’aydan iborat
231.Baliqlarning suzgich pufagi qanday vazifalarni bajarishini belgilang.
1)sezuvchanlik 2)tovushni kuchaytirish
3)suv yuzasiga ko’tarilish 4)nafas chiqarish
5)suv tubiga tushish
A)2,3 B)1,5,4,6 C)1,3,4 D)2,3,5
232.Qaysi baliqni dum suzgichi xivchinga aylangan.
A)skat B)akula C)soxta kurakburun D)gulmoy
233.Baliqlar “suti” nima.
A)tuxum hujayra bilan suyuqlik
B)urug’ hujayra bilan to’lgan oqish suyuqlik
C)urug’langan tuxum hujayra
D)urug’ hujayra bilan to’lgan ko’kish suyuqlik
234.Qaysi baliqlar ko’payish davrida dengizdan chuchuk suvlarga o’tadi
A)oqcha, baqra B)ugor, zog’ora
C)gorbusha, keta D)losos, ugor
235.O’zbekiston hududida baliqlarning necha turi mavjud.
A)37 B)70 C)99 D)410
236.Tikanli akula qaysi sinfga mansub.
A)suyakli baliqlar B)tog’ayli baliqlar
C)suyakli tog’ayli baliqlar D)to’g’ri javob yo’q
237.Quyidagi baliqlarni turkumlarga ajrating.
1)losossimonlar a)losos
2)baqra b)tikanli akula
3)karpsimonlar c)beluga
4)tog’ayli baliqlar d)qora baliq
A)1-a,2-d,3-c,4-c B)1-a,2-c,3-d,4-b
C)1-a,2-b,3-d,4-c D)1-a,2-d,3-c,4-b
238.Baliqlar qon aylanish sistemasining tarkibiy qismlarini ko’rsating.
1)ikki kamerali 2)uch kamerali
3)ikkita qon aylanish doirasi 4)bitta qon aylanish doirasi 5)kapillar 6)venalar 7)arteriyalar
A)1,4,5,6,7 B)2,3,5,6,7 C)2,4,6,7 D)1,3,4,5,7
239.Faqat baliqlar keltirilgan qatorni belgilang.
A)skat,qilquyruq B)soxta kurakburun,o’rdakburun C)osyotr,beluga,taroqcha D)zog’ora,olbug’a,midiya
240.Soxta kurakburun baliqning ikkinchi nomi nima.
A)gulmoy B)zog’ora C)qilquyruq D)tikanbaliq
241.Qaysi baliqlarda yog’du taratadigan a’zolari (1) va dum suzgichi (2) kuchli rivojlanganligini aniqlang.
a)dengiz tupida yashaydigan baliqlar
b)dengiz va okeanlarning juda chuqur joylarida yashaydigan baliqlarda
c)suv yuzasida va ochiq dengizda yashaydigan baliqlar
A)1-a,2-b B)1-a,2-c C)1-c,2-b D)1-b,2-c
242. Nasliga kam g’amxo’rlik qiladigan baliqlar….
A)juda ko’p tuxum qo’yadi
B)kam tuxum qo’yadi, uvildiriq olib yuradi
C)ko’p tuxum qo’yadi, dengizdan daryoga o’tadi
D)qulay joy axtaradi
243.Baliqlar turi bilan ularning nasliga g’amxo’rlik qilish insinkini juftlab bering.
1)Afrika tilyapiyasi 2)tikan baliq
3)dengiz otchasi 4)treska
a)erkagi uya yasaydi b)erkagi tuxumlarini qorniga yopishtirb oladi c)g’amxo’rlik qilmaydi d)erkagi tuxumlarini qornidagi maxsus xaltachasida olib yuradi
e)erkagi tuxumlarini og’zida olib yuradi
A)1-e,2-a,3-d,4-c B)1-c,2-d,3-b,4-a
C)1-d,2-b,3-c,4-e D)1-e,2-a,3-b,4-d
244.Tikanli (1), gigant (2), kit (3) akulasining uzunligini toping.
a)18m b)15m c)180 sm d)40-45 sm e)4-4,5 sm
A)1-d,2-b,3-c B)1-d,2-b,3-a C)1-e,2-b,3-a
D)1-c,2-e,3-a
245.Suyakli-tog’ayli baliqlar tanasida tangachalar qanday joylashgan.
A)besh qator romb shaklidagi suyak palstinkalar shaklida B)ikki qator tog’ay tangachalar shaklida C)tog’ay tangachalar ko’rinishida D)disksimon shaklda
246.Qaysi hayvonni o’rganish natijasida umurtqali hayvonlarning kelib chiqishini bilib olish mumkin.
A)lansentik B)latimeriya C)akula D)skat
247.Tog’ayli baliqlar qanday tuzilgan.
a)dum suzgichi kuchli rivojlangan
b)skeleti tog’aydan iborat
d)jabra yoriqlari 5-7 juft
e)jabra yoriqlari 1-3 juft
f)jabra qopqoqlari keng va qalin
g)jabra qopqoqlari bo’lmaydi
A)b, d, e, f B)a, d, f
C)b, d, e, g D)a, b, d, g
248.Quyidagi baliqlar suv muhitiga qanday moslashgan.
1)suv tubida yashovchilar 2)ochiq dengizda
3)korall riflar orasida yashaydigan
a)rangli b)tanasi yassi c)sekin harakatlanadi
d)suyri shaklda
A)1-b,a,2-c,3-d B)1-b,c, 2-d, 3-a
C)1-c,d,2-b,3-a D)1-d,2-a,c,3-b
249.Bitta turga kiruvchi hamma hayvonlarda qanday reflekslar bir xil bo’ladi.
A)shartli B)shartsiz
C)reflekslar har-xil bo’ladi D)shartli va shartsiz
250.Baliqlarning hazm qilish sistemasi organlarini funksiyasiga mos juftlab ko’rsating.
a)halqum b)oshqozon
c)oshqozon osti bezi d)o’t pufagi
e)ichak f)orqa ichak
1)ovqat hazm qiladi va qonga so’riladi
2)rivojlanmagan
3)uch qaqtor tishlari joylashgan
4)oziq qoldig’ini chiqarib turadi
5)o’t suyuqligini to’playdi
6)hazm shirasini ishlab chiqaradi
A)a-3, b-2, c-6, d-5, e-1, f-4
B)a-2, b-4, c-5, d-6, e-3, f-1
C)a-5,b-1, c-2, d-3, e-4, f-6
D)a-4, b-1,c-5, d-6, e-2, f-3
Do'stlaringiz bilan baham: |