Baliqlar-2
1. O’q skeleti va bosh qutisi qisman suyakka aylangan turkumni aniqlang?
A.suyak-tog’ayli baliqlar B.lossosimonlar
C.karpsimonlar D.panjaqonotlilar
2.Gulmoyi baliqning ikkinchi nomini aniqlang?
A.gorbusha B.forel
C.soxta kurakburun D.beluga
3.Qaysi baliq iqlimlashtirilgan?
A.oq amur B.cho’rtan C.ilonbosh D.A,C
4.Lansetnikning jabralariga …… qum kirishiga yo’l qo’ymaydi?
A.paypaslagichlar B.yaproqchalar
C.qilchalar D.teri burmalar
5. Suzgich pufagi bo’ladigan baliqlarni aniqlang?
1.manta 2.cho’rtan 3.kit akula 4.ilonbosh
A.1,4 B.2,3 C.1,3 D.2,4
6.Kam pushtli baliqni aniqlang?
A.cho’rtan B.laqqa C.skat D.keta
7.Quyidagi baliqlarning qaysi turkumga kirishini aniqlang?
1.manta 2.qilquyruq 3.latemeriya 4.forel
5.zog’ora baliq
a.skatlar b.suyak-tog’ayli baliqlar c.panjaqonotlilar d.lossosimonlar e.karpsimonlar
A.1-a ; 2-b ; 3-d; 4-d ; 5-e
B.1-a ; 2-b ; 3-c ;4-d ; 5-e
C.1-b ;2-b ; 3-d ;4-e ; 5-e
D.1-e ;2-b ;3-c ; 4-d ; 5-e
8.Lansetnikning qaysi organining hamma qismi bir xilda tuzilgan?
A.qon tomirlari B.ayirish naychalari
C.hazm sistemasi D.nerv nayi
9.Eng kichik akula berilgan javobni aniqlang?
A.tikanli akula B.kulrang akula
C.seldsimon akula D.kit akula
10.Baliqlarda qovurg’alar qayerga birikadi?
A.bir uchi umurtqalarga;ikkinchi uchi suzgich yoylarga
B.bir uchi umurtqalarga;ikkinchi uchi birikmay muskullar orasida erkin yotadi
C.bir uchi umurtqalarga;ikkinchi uchi to’sh suyagiga
D.bir uchi umurtqalarga;ikkinchi uchi suzgich kamariga
11.Lansetnikning qaysi xususiyalari uni tubanligini,umurtqasizlarga o’xshashligini ko’rsatadi?
1.naysimon nerv sistemasi 2.yuragining bo’lmasligi 3.xordaning bo’lishi
4.bosh miyaning bo’lmasligi 5.bosh miyaning borligi 6.ayrish sistemasi 7.muskullarining tuzilishi
A.1,2,3,4 B.2,3,4,6 C.1,4,6,7 D.2,4,6,7
12.Dengiz otchasining erkagi o’z nasli uchun qanday g’amxo’rlik qiladi?
A.suv o’tlarini so’lak bezlari yordamida yopishtirib urg’ochilari uchun uya yasaydi
B.tuxumlarini qornidagi maxsus xaltachasida olib yuradi
C.urg’ochilari tashlagan tuhumlarini o’giz bo’shlig’ida olib yuradi
D.chavoqlari rivojlanguncha tuxumlarni qorin tomoniga yopishtirib yuradi
13.Baliqlarning juft suzguchlari qanday ahamiyatga ega?
A.movazanatni saqlash,burilish
B.burilish,to’xtash,movozanat,oldinga asta sekin suzish
C.orqaga suzish,to’xtash
D.harakatni to’xtatish va tanani muallaq saqlash
14.Lansetnikni haqiqiy hordali hayvon ekanligini aniqlagan olimni aniqlang?
A.O.A.Kovalevskiy B.Arastu
C.K.I.Skryabin D.A.O.Kovalevskiy
15.Baliqlar gavdasining qaysi qismidagi muskullar kuchli rivojlangan?
A.qorin va orqa B.orqa va dum
C.qorin va dum D.bosh va orqa
16.Zog’ora baliqning halqumida …. bo’ladi.
A.uch qator tishlar B.uch juft plastinkalar
C.uch juft tishlar D.to’rt juft bezlar
17.Qaysi qatorda baliqlar uchun xos bo’lmagan xususiyat berilgan?
A.sovuqqonli,urug’lanishi asosan tashqi
B.terisi tangachalar bilan qoplangan
C.orqa miyasi rivojlanmagan
D.jabra orqali suvda erigan kislorod bilan nafas oladi
18.Qaysi turkumning go’shti va ikrasi qadrlanadi?
A.lossosimonlar B.karpsimonlar
C.osetrsimonlar D.A,C
19.Baliqning suzgich pufagi nimadan ajralgan gaz bilan to’ladi?
A.suvdan B.o’pkadan C.qondan D.havodan
20.Qaysi suyakning yo’qligi uchun baliqlarda ko’krak qafasi bo’lmaydi?
A.to’sh B.o’mrov C.qovurg’a D.umurtqa
21.Qaysi baliqlar karpsimonlarga mansub emas?
A.oq amur,oqcha B.xumbosh,laqqa
C.moybaliq,mo’ylovbaliq D.beluga,gorbusha
22.Baliqlarning ajdodini ko’rsating?
A.panjaqanotlilar
B.lansetnikka o’xshagan tuban tuzilgan xordalilar
C.halqali chuvalchanglar
D.trilobitlar
23.O’zbekistonda baliqlar ….. ovlanadi.
A.ichki suv havzalarida B.Orol dengizida
C.Amudaryoda D.Zarafshonda
24.Uzun orqa suzgichga ega bo’lgan baliqni aniqlang?
A.oq amur B.zog’ora baliq
C.cho’rtan D.laqqa
25.Skatlarga xos bo’lmagan tana shaklini aniqlang?
A.yassi(yapaloq) B.rombsimon
C.disksimon D.torpedasimon
26.Qaysi turkum vakillarining orqa suzgich qanoti ortida yana bitta suzgich qanoti bo’ladi?
A.suyak-tog’ayli baliqlar B.lossosimonlar
C.karpsimonlar D.panjaqonotlilar
27.Tarixiy rivojlanish davomida dastlabki xordalilardan qaysi hayvonlar kelib chiqqan ?
A.baliqlar B.juft suzgich qanotli hayvonlar
C.lansetnik D.toq suzgich qanotli hayvonlar
28.Quyidagi omillarning qaysi biri baliqlar tuzilishi va fe’l atvorining turlicha bo’lishiga olib kelgan?
A.yashash sharoitini xilma-xil bo’lishi
B.oziq tarkibining xima-xil bo’lishi
C.o’zaro raqobat,dushmanlarning ko’p bo’lishi
D.barchasi
29.Baliqlarning “sut” i tarkibida qaysi hujayralar bo’ladi?
A.tuxum B.tuxum va urug’
C.spermatozoid D.yog’ hujayralar
30.Eng yirik suyak-tog’ayli baliqni ko’rsating?
A.bakra B.sterlyad C.beluga D.qilquyruq
31.Tog’ayli baliqlar uchun xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang?
1.skeleti tog’aydan iborat 2.jabra qopqoqlari bor
3.jabra qopqoqlari bo’lmaydi 4.suzgich pufaglari b’ladi 5.suzgich pufaglari bo’lmaydi 6.ko’pchiligi tirik tug’adi 7.faqat tuhum qo’yib ko’payadi
A.1,2,5,7 B.1,4,6 C.2,5,6 D.1,3,5,6
32.Qaysi hayvonlar yirtqich hayot kechirishgan?
A. lansetnik
B. juft suzgich qanotli hayvonlar
C. panjaqonotlilar
D. toq suzgich qanotli hayvonlar
33.Qaysi baliq tirik tug’adi?
A.treska B.gorbusha C.oq amur D.akula
34.Orol dengizi va unga quyiladigan daryolarda qaysi baliq turi uchraydi?
A.cho’rtan B.oq amur C.laqqa D.qora baliq
35.Tikanbalig’ning erkagi o’z nasli uchun qanday g’amxo’rlik qiladi?
A.suv o’tlarini so’lak bezlari yordamida yopishtirib urg’ochilari uchun uya yasaydi
B.tuxumlarni qornidagi maxsus xaltachasida olib yuradi
C.urg’ochilari tashlagan tuhumlarni o’giz bo’shlig’ida olib yuradi
D.chavoqlari rivojlanguncha tuxumlarni qorin tomoniga yopishtirib yuradi
36.Qaysi turkumning yer yuzida 250 ta turi tarqalgan?
A.bakra baliqlar B.lossosimonlar
C.karpsimonlar D.akulalar…
Do'stlaringiz bilan baham: |