Umumiy test - 1
1. Mozaik ko’zga ega bo’lgan hayvonlarni ajrating.
1) dafniya; 2) siklop; 3) osminog; 4) zaxkash; 5) kalmar; 6) omar; 7) karakatitsa; 8) krevetka; 9)
ustritsa; 10) langust.
A) 3,5,7 B) 1,4,6,10 C) 1,2,4,6,9,10 D) 2,3,5,7,10
2. Yurak qorinchasida yarim to’sig’i bo’lgan hayvonga mos belgilarni ajrating.
1) tuxumini quruqlikka qo’yadi; 2) tuxumini suvga qo’yadi; 3) terisi nafas olishda ishtirok etmaydi;
4) issiqqonli hayvon; 5) sovuqqonli hayvon;
6) regeneratsiya xususiyatiga ega.
A) 1,3,5,6 B) 1,4,6 C) 2,5,6 D) 2,3,6
3. Ayrim hayvonlarda tovush kuchaytirgich vazifasini bajaradigan organlarini belgilang.
1) chirildoqning mo’ylovlari; 2) baliqning yon chiziqlari; 3) baliqning suzgich pufagi; 4) baqaning o’rta qulog’i; 5) baqaning rezonatorlari; 6) erkak arining xartumchasi.
A) 1,3,4 B) 3,4,6 C) 3,4,5 D) 2,3,5
4. Qaysi hayvonlarning oldingi tomoni to’mtoq bo’ladi?
1) baqachanoq; 2) kaltakesak; 3) odam askaridasi; 4) yomg’ir chuvalchangi; 5) infuzoriya tufelka; 6) oq planariya.
A) 2,5 B) 4,6 C) 3,6 D) 1,5
5. Terisi uchun ovlanadigan kemiruvchilarni belgilang.
1) ondatra; 2) nutriya; 3)
yumronqoziq; 4) sug’ur; 5) tyin; 6) norka; 7) yenotsimon it; 8) qunduz; 9) suvsar.
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,5,8,9
C) 1,3,5,7,9 D) 1,4,5,6,7
6. Yurak bo’lmachasi va qorinchasida arterial qon bo’ladigan organizmlarni belgilang.
1) bitiniya; 2) yonsuzar; 3) dengiz tulkisi; 4) dreysena; 5) perlovitsa; 6) kalmar; 7) omar; 8) gambuziya; 9) gulmoy; 10) zahkash.
A) 1,4,5,6 B) 4,6,7,9
C) 2,7,10 D) 3,8,9
7. Ko’p kamerali murakkab oshqozonga ega bo’lgan suemizuvchilarni aniqlang.
1) zebra; 2) g’izol; 3) qulon; 4) echki; 5) karkidon;
6) xongul; 7) begemot; 8) to’ng’iz.
A) 2,4,6 B) 1,5,8 C) 7,3,1 D) 3,5,7
8. Kloakali hayvonlarni belgilang.
1) oqcha; 2) dengiz tulkisi; 3) triton; 4) gavial; 5) tipratikan; 6) yexidna.
A) 1,2,5 B) 3,5,6 C) 1,2,4 D) 3,4,6
9. Quyidagi hayvonlarning zahar bezi tanasining qaysi qismida joylashganligini belgilang.
1) tikandum skat; 2) kapcha; 3) butli o’rgimchak; 4) chayon; a)
dumi asosida; b) jag’lari asosida; c) yuqori jag’idan orqaroqda; d) qornining oxirgi bo’g’imida.
A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d
C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-a D) 1-a, 2-c, 3-a, 4-d
10. Quyidagi hayvonlarni tana massalari bilan juftlab ko’rsating.
1) zog’ora baliq; 2) Amudaryo qilquyrug’i;
3) nektarxo’r; 4) plimutrok;
a) 1,5 g; b) 2 kg; c) 8-16 kg; d) 3-4,5 kg.
A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b
C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d
11. Qizilto’sh yuragining o’ng yurak bo’lmasida (I), chap yurak bo’lmasida (II), chap qorinchada (III) va o’ng qorinchada (IV) qanday qon bo’ladi?
1) arterial; 2) venoz; 3) aralash.
A) I-1, II-2, III-3, IV-1 B) I-2, II-1, III-1, IV-3
C) I-2, II-1, III-1, IV-2 D) I-1, II-2, III-1, IV-2
12. Qaysi hayvonlarning barmoqlarida changal emas, balki yassi tirnoqlar bo’ladi?
A) shimpanze, miqqiy B) tasqara, ukki
C) jo’rchi, qarchig’ay D) gorilla, martishka
13. Yuragi ikki kamerali, yurak bo’lmachasida venoz qon bo’lgan (a) va yuragi ikki kamerali yurak bo’lmachasida arterial qon bo’lgan (b) hayvonlarni aniqlang.
1) tridakna; 2) itbaliq; 3) bitiniya, 4) qisqichbaqa;
5) zog’ora baliq; 6) kichik suv shillig’i.
A) a-3,6; b-2,4 B) a-5; b-2,3,4,6
C) a-2,4,5; b-3,6 D) a-5; b-1,3,6
14. Yomg’ir chuvalchangida (a) va musichada (b) jig’ildon qaysi a’zodan hosil bo’ladi?
1) qizilo’ngachning keying qismi; 2)
halqumning oldingi qismi; 3) hiqildoqning kengaygan qismi; 4) muskulli oshqozonning oldingi qismi.
A) a-1; b-1 B) a-2; b-3 C) a-2; b-4 D) a-2; b-2
15. Baqa (I) va it (II) ning orqa hamda qushlarning (III) oyoqlari qanday qismlardan iborat?
1) son; 2) boldir; 3) tovon; 4) panja; 5) ilik; 6) bilak.
A) I-1,2,3,4; II-1,2,3,4; III-1,2,5
B) I-1,2,3,6; II-1,2,3,4; III-1,2,5,6
C) I-1,2,3,4; II-1,2,3,4,5; III-1,2,4,5
D) I-1,2,5,3,4; II-1,2,3,4; III-1,2,3,4
16. Hayvonlarning qaysi turkumlarida bir qorinchali va ikki bo’lmachali yurak uchraydi?
1) skatlar; 2) kaltakesaklar; 3) timsohlar; 4) dumlilar;
5) suyaki baliqlar; 6) toshbaqalar.
A) 4,6 B) 2,4,5,6
C) 1,2,4,5,6 D) 1,2,3
17. Tropik dengizlarda yashovchi organizmlarni belgilang.
1) elektr skat; 2) terili toshbaqa; 3) dengiz toshbaqasi;
4) qutb meduzasi; 5) ildizog’iz medusa; 6) korall poliplar.
A) 1,3,6 B) 2,4,5 C) 1,2,5 D) 3,4,5
18. Hayvonlarning qaysi turkumlarida bir qorinchali yurak uchraydi?
1) toshbaqalar; 2) kaltakesaklar; 3)
suyakli baliqlar;
4) dumlilar; 5) timsohlar; 6) skatlar.
A) 1,2,3 B) 1,2,4,5,6
C) 2,4,5,6 D) 1,4,6
19. 20-30 tagacha tirik bola tug’ib ko’payadigan organizmlarni belgilang.
A) skatlar, yomg’ir chuvalchangi
B) chayonlar, skatlar
C) gavial, tulenlar
D) halqali chuvalchanglar
20. Quyidagi qaysi organizmlarni jigar bezi rivojlangan?
A) jigar qurti,
tasmasimon chuvalchang
B) lansetnik, jigar qurti, tasmasimon chuvalchang
C) lansetnik, suv shillig’i, cho’rtan
D) suv shillig’i, treska, askarida, planariya
21. Qaysi hayvonlar tangacha qanotlilar va ikki qanotlilar turkumlari vakillari bilan oziqlanadi?
A) qora qurt B) butli o’rgimchak
C) qurbaqa D) ko’rshapalak
22. Qaysi bir kemiruvchi bizning hududimizdan tashqari boshqa o’lkalarda deyrali uchramaydi?
A) Turkiston gekkoni B) qum bo’g’ma iloni
C) ko’k sug’ur D) barchasi
23. Qisqa halqumga ega bo’lgan hayvonlarni ajrating?
a) tufelka; b) qisqichbaqa; c) lansetnik; d) jigar qurti;
e) suv shillig’i; k) yomg’ir chuvalchangi
A) a,d,k B) e,c,a C) d,b,k D) k,b,e
24. Havoda tarqalgan tovushlarni eshitmaydigan hayvonlar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.
A) malla shomshapalak, taqaburun, kojan, korall aspidi
B)
charx ilon, shaqildoq ilon, qalqontumshuq
C) gepard, boyo’g’li, kapcha ilon
D) kaltakesak, yo’lbars, ukki
25. Qaysi javobda dengiz otchasi (1), dengiz tulkisi (2), dengiz mushugi (3) eshitish organi tuzilishi to’g’ri juftlab ko’rsatilgan?
a) ichki quloq; b) o’rta va ichki quloq; 3) o’rta, ichki va tashqi quloq.
A) 1-a, 2-b, 3-b B) 1-b, 2-a, 3-c
C) 1-b, 2-b, 3-c D) 1-a, 2-a, 3-c
26. Qaysi javobda baliqlar (1) va baqa (2) ning skelet sistemasi to’g’ri ko’rsatigan?
a) bo’yin umurtqasiga ega; b) bo’yin umurtqalari yo’q; c) dum umurtqalarida qovurg’alari yo’q; d) umurtqa 39-42 ta umurtqa suyaklaridan iborat; e) qovurg’alari yo’q; f) dum umurtqalari birlashib dum suyagini hosil qiladi; g) kurak, ko’krak-tirgak, o’mrov va to’sh suyagi mavjud.
A) 1-a,e,f,g; 2-b,c,d B) 1-a,c,d,g; 2-b,e,f
C) 1-b,c,d; 2-a,e,f,g D) 1-b,f,d; 2-a,c,d,g
27. Qaysi organizmlarda nafas teshiklari qorin bo’limida joylashgan?
1) suv shillig’i; 2) qisqichbaqa; 3) butli o’rgimchak;
4) baliq; 5) lansetnik; 6) yashil bronza qo’ng’izi; 7)
oq kapalak; 8) mita.
A) 1,2,4,5 B) 2,3,8
C) 1,3,4,5 D) 3,6,7,8
28. Qaysi javobda qushlarning havo pufakchalari (a) va baliqlarning suzgich pufakchalari (b) bajaradigan vazifalari to’g’ri ko’rsatilgan?
1) hazm qilish; 2) resonator; 3) tuxum rivojlanishida qatnashish; 4) tanani sovitish; 5) nafas olishda qatnashish; 6) yuqoriga va pastga harakatlanish.
29. Qaysi hayvonlarning ayirish organlari halqali chuvalchanglarnikiga o’xshash bo’lad?
A) lansetnik, oq planariya, suv shillig’i
B) suv shillig’i, zog’ora baliq, baqa
C) oq planariya, daryo qisqichbaqasi
D) baqachanoq, krevetka,
lansetnik
30. Dastlabki ko’p hujayralilar qaysi organizmlarga o’xshash bo’lgan (a) va qaysi organizmlardan (b) kelib chiqqan?
1) foraminiferalar; 2) volvoks; 3) tayyor oziq bilan oziqlanadigan koloniya bo’lib yashovchilar; 4) avtotrof oziqlanadigan yakka-yakka yashovchilar.
A) a-1; b-3 B) a-1; b-4
C) a-2;b-3 D) a-2; b-4
31. Dastlabki suvda ham quruqlikda yashovchilarning oyoqlari baliqlarning qaysi organi o’zgarishidan hosil bo’lgan?
A) umurtqa suyaklari o’simtasi
B) juft suzgichlar
C) dumg’aza umurtqalari
D) dum suzgichi
32. Dastlabki uch qavatli hayvonlar hozirgi qaysi hayvonlarga o’xshash bo’lgan?
A) kiprikli chuvalchanglarga
B) to’garak chuvalchanglarga
C) halqali chuvalchanglarga
D) tasmasimon chuvalchanglarga
33. Hayvonot dunyosining rivojlanishida qobiqlilardan keyin qaysi hayvonlar guruhi shakllangan?
A) ichak bilan nafas oluvchilar B) jag’sizlar
C) ignaterililar D) bosh qutisizlar
34. Dastlabki uch qavatli hayvonlarning ayirish sistemasi qanday to’qimada joylashgan?
A) parenxima B) muskul
C) qon D) qorin bo’shlig’ida
joylashgan
35. Dastlabki ko’p hujayralilarning tanasi necha qavatdan iborat bo’lgan va uning tashqi qavati qanday vazifani bajargan?
A) ikki, himoya va harakat
B) uch, regeneratsiya
C) uch, himoya va oziqni ushlash
D) ikki, harakat va oziqni ushlash
36. Qaysi javobda umurtqalilarning tuban xordalilardan kelib chiqishida sodir bo’lgan evolutsion o’zgarishlar to’g’ri ko’rsatilgan?
1) nerv nayining oldingi qismi o’zgarib bosh miyaga aylanishi; 2) yurakning paydo bo’lishi;
3) xordaning umurtqaga aylanishi; 4) yopiq qon aylanish doirasining paydo bo’lishi; 5) jabra qopqoqlarining paydo bo’lishi.
A) 2,3,4 B) 1,4,5 C) 1,2,3 D) 2,3,5