Qushlar-3
1.Quyidgi belgilarning qaysi biri kalxat uchun tegishli?
1.baqalar,kemiruvchilar,har xil hasharotlar bilan oziqlandi 2.hayvonlarning murdasi bilan oziqlandi 3.tirnoqlari kuchli rivojlangan
4.tirik hayvonlarga hujum qila olmaydi 5.uchganda ayri dumi ko’rinib turadi 6.tirnoqlari kuchsiz rivojlangan 7.havoda baland uchib,o’lja axtardi 8.yerda beso’naqay qadam tashlaydi
9.og’irligi 6-12kg 10.mart oylarida uchib keladi
11.bosh va bo’yinidagi patlari juda siyrak
12.daraxtlarning shoxiga in quradi 13.keng va uzun qanotlaridagi oqish patlari panjasimon yoziladi 14.mayda qushlarni ham tutib yeydi
15.o’lkamizda uchraydigan qushlarning eng yirigi
16.u havoda uzoq vaqt qanot qoqmasdan ucha oladi
A.2,4,6,7,8,10,11,12,15 B.1,5,7,10,12,13,16
C.2,4,6,7,8,9,11,13,15,16 D.1,5,7,10,12,14
2.Patlar tuzilishiga ko’ra …. bo’ladi.
A.qoqish va boshqarish
B.kontur patlar va parlarga
C.dag’al va mayin patlarga
D.o’zak va yelpig’ichga
3.Qushlarning qaysi umurtqalari o’zaro birikib yagona dumg’aza suyagini hosil qiladi?
A.ko’krak va bel B.bel,dumg’aza
C.dumg’aza va dum D.bel,dumg’aza va dum
4.Nima uchun qanotidagi panja suyaklari mustahkam bo’ladi?
A.ichi havo bilan to’lganligi uchun
B.barmoqlar sonining kamayganligi uchun
C.mayda suyaklarning qo’shilishi tufayli
D.B,C
5.Jufti uzoq saqlanadigan qushni ko’rsating?
A.musicha B.qur C.qarqara D.karqur
6.Qizilishton va chittak uyasini …. quradi.
A.yerga B.daraxtlar kovagiga
C.shox va butoqlarga D.qamishzorlarga
7.Qushlarning sudralib yuruvchilarga o’xshash belgilarini aniqlang?
1.miyachasi kuchli rivojlangan 2.qon aylanishi murakkab 3.terisida deyarli bezlar bo’lmaydi
4.patlari,terisi muguzli 5.tuhumida sariqligi ko’p
6.tana harorati deyarli doimiy
A.2,4,5,6 B.3,4,5 C.1,3,4,6 D.2,3,5,6
8.Qushlar nima maqsadida halqanaladi?
A.qishlov joyi,uchib ketish yo’li,tarqalishi va qancha umr ko’rishi
B.ko’payish davrini aniqlash
C.ko’payish joyni aniqlash
D.qaysi turkumga mansubligini aniqlash
9.Qaysi qushlarning erkagi yirik va rangli bo’lishi,ovozi va boshidagi tojga o’xshash patlari bilan urg’ochilaridan ajralib turadi?
A.tuyaqushlar B.chumchuqsimonlar
C.tuvaloqlar D.kaptarsimonlar
10.Go’ngqarg’a qishlash uchun …. hududlaridan o’lkamizga uchib keladi.
A.shimoliy B.janubiy C.sharqiy D.g’arbiy
11.Suv qushlariga xos xususiyatlarni ajrating?
1.barmoqlari pardali,oyoqlari tanasining orqarog’ida joylashgan 2.pat va parlari zich
3.dumg’aza bezi rivojlangan 4.dumg’aza bezi rivojlanmagan 5.quruqlikda sekin,beso’naqay harakatlanadi 6.quruqlikda erkin,chaqqon harakatlanadi 7.patlari yumshoq,g’ovak
A.1,3,5,7 B.2,4,6,7 C.1,3,6,7 D.1,2,3,5
12.Qaysi qush juda foydali va soni juda kamayib ketganligi uchun muhofaza qilinadi?
A.pingvin B.tuvaloq C.laylak D.qaldirg’och
13.Qaysi qushning ko’z qorachig’i keng ochiladi?
A.oq laylak B.burgut C.boyqush D.kaptar
14.Qaysi xonaki parranda tuhumining ta’mi uncha yahshi bo’lmaganligi uchun faqat go’sht olish uchun boqiladi?
A.g’oz B.kurka C.o’rdak D.tovuq
15.Momiq patlarga tegishli xususiyatlarni aniqlang?
1.yelpig’ichi yumshoq va g’ovak
2.yelpig’ichi qattiq va zich 3.2-tartib o’siqlari bo’lmaydi 4.1-tartib o’siqchalari bo’lmaydi
A.2,4 B.1,3 C.1,4 D.2,3
16.Qush bosh skeletidagi qaysi suyak harakatsiz emas?
A.bosh qutisi B.ko’z kosasi
C.pastki jag’ D.yuqori jag’
17.Qushlarning qayiqqa o’xshash suyagini ko’rsating?
A.o’mrov B.ko’krak qafasi
C.chanoq D.ko’krak toj
18.Qushlarning katta ko’krak muskullari qayerga birikadi?
A.bir uchi yelka suyagiga ; ikkinchi uchi toj suyagiga
B.bir uchi bilak suyagiga; ikkinchi uchi chanoq suyagiga
C.bir uchi o’mrov suyagiga; ikkinchi uchi to’sh suyagiga
D.bir uchi yelka suyagiga; ikkinchi uchi to’sh suyagiga
19.Qushlar oshqozonning ikkinchi bo’lmasi qanday tuzilgan va u qanday vazifani bajaradi?
A.bezli,oziqni yumshatish
B.muskulli,oziqni maydalash
C.bezli,oziqni suzib o’tkazish
D.muskulli,oziqni hazm qilish
20.Uchayotgan qush o’pkasida gaz almashinuvi necha marta va qachon amalga oshadi?
A.bir marta;havo o’pkaga kirganda
B.ikki marta;havo o’pkadan chiqqanda va pufaglarga kirayotgan havo o’pka orqali o’tganda
C.bir marta; havo o’pkadan chiqayotganda
D.ikki marta; havo o’pkaga kirganda va pufaglardan chiqayotgan havo o’pka orqali o’tganda
21.Qushlarning qon aylanish sistemasiga mos kelmaydigan javobni ko’rsating?
A.qon aylanish doirasi ikkita
B.yuragi to’rt kamerali
C.yuragining ishlashi harakatlanishiga bo’gliq
D.arteriya va vena qoni qisman aralashadi yurakdan tanaga aralash qon keladi
22.Qaysi qushlar ayrim so’zlarni takrorlashi?
1.qarg’a 2.zog’cha 3.mayna 4.zarg’aldoq
5.qorayaloq 6.to’ti
A.1,3,5,6 B.2,4,6 C.1,4,5,6 D.2,3,5,6
23.Yerga uya quradigan qushlarni aniqlang?
1.o’rdak 2.qizilishton 3.qirg’ovul 4.tuyaqush 5.laylak 6. turna 7. chittak 8.tuvaloq
A.1,3,4,6,8 B.1,4,6,7,8 D.1,2,3,4,5 D.2,5,7
24.Qaysi qushning bitta oilasi yoz mavsumida 1mlnga yaqin hasharotni qiradi?
A.chittak B.qizilishton
C.qaldirg’och D.chumchuq
25.Qaysi qushlar tuhumini navbatlashib bosib yotadi?
A.tuvaloqlar B.tuyaqushlar
C.qaldirg’och D.chittak
26.Xonaki parrandalarning eng yirigi?
A.g’oz B.kurka C.o’rdak D.tovuq
27.Cho’l qushi berilgan javobni aniqlang?
A.kuyka B.chittak C.ko’rgalak D.qur
28.Yirtqich qushlarga qaysi turkumlar kirishini aniqlang?
1.chumchuqsimonlar 2.tuvaloqlar 3.g’ozsimonlar 4.kaptarsimonlar 5.tuyaqushlar
6.pingvinlar 7.yapaloqqushlar 8.kundizgi yirtqichlar
A.1,4 B.3,6 C.2,5,7,8 D.7,8
29.Qushlarni tana shaklini aniqlang?
A.yapaloq B.suyri C.duksimon D.qavariq
30.Qaysi qush 4-9ta tuhum qo’yadi?
A.qaldirg’och B.musicha C.tuyaqush D.tuvaloq
31.Sohil qushlariga qaysi turkum kiradi?
A.o’rdaksimonlar B.laylaksimonlar
C.g’ozsimonlar D.pingvinlar
32.Birgalikda uya quradigan qushni aniqlang.
A.chug’urchuq B.tuyaqush C.tuvaloq D.chittak
33.Qaysi turkum vakillari qishlov joyiga kech kuzda uchib ketadi?
A.o’rdaksimonlar B.laylaksimonlar
C.g’ozsimonlar D.pingvinlar
34.Muguz plastinkali tumshuqqa ega bo’lmagan qushni aniqlang?
A.o’rdak B.laylak C.g’oz D.oqqush
35.O’rta Osiya suv havzalarida qaysi o’rdak turlari uchraydi?
A.moskva,ukraina,pekin
B.yovvoyi o’rdak,churrak,suqsun
C.kulrang o’rdak,kornuel,suqsun
D.ko’k,o’rdak,plimutrok,churrak
36.Pingvinlar …. bilan oziqlanadi.
A.baliqlar va yirik qisqichbaqasimonlar
B.baliqlar,chuvalchanglar,hasharotlar lichinkasi
C.mollyuskalar va mayda qisqichbaqasimonlar
D.chuvalchanglar,suvo’tlar,mollyuskalar
Do'stlaringiz bilan baham: |