Baliqlar-1
1.Tuban tuzilgan xordali hayvonni ko’rsating?
A.lansetnik B.dengiz otchasi
C.laqqa D.cho`rtan
2.Xordalilarni qancha turi bor?
A.24000 B.30000 C.43000 D.4300
3.Baliqlardagi toq(1) va juft(2) suzgichlarni aniqlang?
a.ko’krak b.orqa c.dum d.qorin e.anal
A.1-a,b,c; 2-d,e B.1-a,b,e ; 2-d,b
C.1-a,c,e ;2-d,a D.1-a.d.c ; 2-b,e
4.Qaysi organ baliqlarda resonator vazifasini bajaradi?
A.qizilo’ngach B.buyrak
C.yon chiziq D.suzgich pufagi
5.Quidagi baliqlarni nasli uchun g’amxo’rlik qiluvchi(1) va qilmaydigan (2) larga ajrating.
a.okun b.tikan baliq c.tilyapiya d.treska e.dengiz otchasi
A.1-a,c,e ;2-d,a B.1-b,c,d ;2-a,e
C.1-a,d ;2-b,c,e D.1-b,d ; 2-a,c,e
6.Qaysi turkum suv tubiga yashashga moslashgan?
A.karpsimonlar B.skatlar
C.lossosimonlar D.akulalar
7.Traulerlar-bu….
A.baliqlar tashlaydigan uvildirig’lar
B.baliqlarni ko’paytirish uchun sun’iy hovuzlar
C.erkak baliqlar ajratuvchi sutlar
D.baliq ovlovchi mahsus kemalar
8.Lansetnikni qaysi organi tig’iz joylashgan maxsus hujayralardan iborat?
A.xorda B.jigar C.nerv nayi D.halqumi
9.Zog’ora baliqning umurtqa pog’anasi bir-biri bilan qanday birikkan(1) va nechta umurtqa(2)dan iborat?
A.1-chala harakatsiz; 2-40-42
B.1-chala harakatchan; 2-39-42
C.1-harakatsiz; 2-38-40
D.1-harakatsiz; 2-39-42
10.Baliqlar yuragida qanday qon bo’ladi?
A.faqat venoz qon
B.faqat arteriya qon
C.aralash qon
D.bo’lmachada vena qorinchda arteriya qoni
11.Baliqlarning eshitish organi …. iborat.
A.tashqi va ichki quloqdan
B.ichki quloqdan
C.o’rta va ichki quloqdan
D.tashqi,o’rta va ichki quloqdan
12.Yilning oxiriga kelib chavoqlarning uzunligi qanchaga yetadi?
A.4,6 B.5-10 C.10-15 D.15-20
13.Suvning yuza qismida ,ochiq dengizlarda yashovchi baliqlar uchun xos xususiyatlarni aniqlang?
1.sekin harakatlanadi,xima-xil,chiroyli
2.dum suzgichi kuchli rivojlangan
3.gavdasi suyri shaklda,tez suzadi
4.tanasi yassi,sekin harakatlandi
A.1,4 B.2,4 C.2,3 D.1,2
14.Torpedasimon shaklga ega bo’lgan baliqni aniqlang?
A.skat B.beluga C.akula D.cho’rtan
15.Qaysi baliq lossosimonlarga mansub emas?
A.keta B.gulmoy C.gorbusha D.xumbosh
16.Lansetnikning qon aylanish sistemasi qanday va nechta qon aylanish doirasidan iborat?
A.yopiq; 2 ta qon aylanish doirasi
B.yopiq ;1 ta qon uylanish doirasi
C.ochiq; 2 ta qon aylanish doirasi
D.ochiq;1 ta qon uylanish doirasi
17.Zog’ora baliqning hazm qilish a’zolarini ketma-ketlikda joylashtiring?
1.og’iz 2.ichak 3.kloaka 4.halqum 5.qizilongach 6.oshqozon
A.5,1,4,2 D.1,3,6,5,2 C.6,2,5,1,4 D.1,4,5,2
18.Tog’ daryolari va soylarida tarqalgan baliqni aniqlang?
A.moylov baliq B.moy baliq
C.qora baliq D.laqqa
19.Baliqlarning ta’m bilish hujayralari qayerda joylashgan?
1.og’zida 2.tilida 3.yon chizig’ida
4.halqumida 5.oshqozonda 6.butun tanasida
A.1,4,6 B.2,3,5 C.1,3,6 D.1,3,4
20.Suzgich pufagi bo’lmaydigan baliqlarni aniqlang?
1.manta 2.cho’rtan 3.kit akula 4.ilonbosh
A.1,4 B.2,3 C.1,3 D.2,4
21.Lansetnikning jabrasi nima bilan qoplangan?
A.paypaslagichlar B.yaproqchalar
C.qilchalar D.teri burmalar
22.O’q skeleti va bosh qutisi qisman suyakka aylangan baliqni aniqlang?
A.skat B.gulmoy C.bakra D.oq sla
23.Qaysi turkumga mansub baliqlarning tanasi bo’ylab 5 qator romb shaklidagi suyak plastinkachalar joylashgan?
A.bakra baliqlar B.lossosimonlar
C.karpsimonlar D.akulalar
24.Baliqlarning qon aylanish a’zolarini bosh miyaning qaysi bo’limi boshqaradi?
A.oldingi miya B.uzunchoq miya
C.o’rta miya D.miyacha
25.Qaysi turkumning ko’pchilik turlari ko’payish davrida dengizlardan chuchuk suvlarga o’tadi?
A.bakra baliqlar B.lossosimonlar
C.karpsimonlar D.panjaqonotlilar
26.Xordasi butun umri davomida saqlanib qoladigan hayvonlarni aniqlang.
1.lansetnik 2.laqqa 3.cho’rtan 4.bakra
5.moy baliq 6.soxta kurakburun
A.1,2,3 B.4,5,6 C.1,4,6 D.1,3,5
27.Qaysi hayvon tuzulishini o’rganish orqali hamma xordali hayvonlarni(1) va quruqlikda yashovchi umrtqali hayvonlar(2) kelib chiqishini tushunib olishga imkon beradi?
A.1-latemeriya; 2-lansetnik
B.1-lansetnik; 2-latemeriya
C.1-lansetnik; 2-zog’ora baliq
D.1-manta; 2-latemeriya
28.Qaysi baliq iqlimlashtirilmagan?
A.oq amur B.cho’rtan C.ilonbosh D.A,C
29.Skatlarning qaysi suzgichi xivchinga aylangan (1),qaysi suzgichi tanasi bilan tutashib(2) ketgan.
A.1-dum; 2-anal B.1-ko’krak; 2-dum
C.1-anal; 2-qorin D.1-dum; 2-ko’krak
30.Qilquyruqning ikkinchi nomini aniqlang?
A.gorbusha B.forel
C.soxta kurakburun D.beluga
31.Baliqlar qon aylanish sistemasining qaysi qismida arteriya qoni bo’ladi?
A.yurak bo’lmasida B.yurak qorinchasida
C.jabra arteriyasida D.orqa aortasida
32.Qaysi turkum vakillarida boshning oldingi qismi tumshuqni hosil qiladi?
A.suyak-tog’ayli baliqlar B.lossosimonlar
C.karpsimonlar D.panjaqonotlilar
33.Akula bilan odamning qaysi a’zosi o’xshash tuzilgan?
A.buyrak B.yurak C.jigar D.tish
34.Baliqlarning suzgich pufagi qanday qon tomirlar bilan qoplangan?
A.arteriya B.kapillyar
C.vena D.vena,kapillyar
35.Baliqlarda ko’payish instinki qachon paydo bo’ladi?
A.jinsiy hujayralarning yetila boshlashi bilan
B.bahorda,suvlar iliy boshlashi bilan
C.lichinkalik davri tugagach
D.suv harorati ko’tarilganda
36.Lansetnikning markaziy nerv sistemasi qanday tuzilgan?
A.nerv nayi shaklida B.bosh miya
C.uzunchoq miya D.orqa miya
Do'stlaringiz bilan baham: |