Mohiyatlar
«Mohiyat-aloqa» modelini qurishni nomzod mohiyatlami aniqlashdan boshlash kerak. Hujjatlarda yoki suhbatlarda mohiyatlar odatda ot sifatida taqdim etiladi, ya'ni joy, insonlar, voqealar, asbob-uskunalar va h.k. Yuqoridagi ma'lumotlarni berilgan modeliga nisbatan, eng muhim so'z yoki ifoda nuqtayi nazaridan tahlil qilish natijasida, biz Talabalar o'quv loyihasida ishtirok etuvchi quyidagi mohiyatlar ro'yxatini tuzamiz:
RO'YHAT
BAHOLAR
FAKULTETLAR
YO'NALISH
FANLAR.
Berilganlami modellashtirish jarayonida fan qancha miqdorni tashkil etsa, san'at ham shu miqdomi tashkil etadi. Shuning uchun biz qabul qilgan qarorimiz, ana shunday yechimlardan birini tashkil etadi xolos. Muqobil variantlar orasidan to'g'risini tanlash uchun qo'yilgan talablarga javob beruvchisini hamda berilganlar tizimning tuzilishiga qanday ta'sir ko'rsa tishini aniqlash zarur. Ba'zida mohiyatlami atributlarini ko'rib chiqish juda foydali bo'ladi. Masalan, agarda mohiyatlarda uni aniqlovchi atributdan tashqari hech qanday atribut ishtirok etmasa, bunday mohiyatlardan voz kechish kerak. Shu nuqtayi nazardan hosil qilgan har bir mohiyatning atributlarini ko'rib chiqamiz.
RO'YHAT mohiyati ushbu atributlardan iborat bo'lsin: Zn (talabaning reyting daftarcha sining raqami), Familiya (familiyasi), Ism (ismi), O_Ism (otasining ismi), K_Sana (o'qishga kirgan sanasi), Fak_N (fakultetning raqami), Yon_N (yo'nalishning raqami), Kurs (kurs), Guruh_N (guruh nomeri), Pasp_S (pasport seriyasi), Pasp_N (pasportining nomeri). Bu atributlaming hammasi talaba xususidagi ayrim berilganlami o'z ichiga oladi.
Biz bu erda shuni alohida ta'kidlashimiz kerakki, atributlaming soni mohiyatning ma'no sidan kelib chiqqan holda qanchalik ko'p bo'lsa, shunchalik ko'p so'rovlarni tizimda tashkil lashtirish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Bu esa tizimni amaliyotdagi tub maqsadiga erishishini ta'minlaydi.
BAHOLAR mohiyati Zn (talabaning reyting daftarchasining seriyasi va raqami), Semestr (semestr raqami), Fan_N (fanlar raqami), Ball (ma'lum fanga qo'yilgan ball), Sana_Kir (fan bo'yicha qo'yilgan ballni tizimga kiritilgan sanasi), Ustoz (fan bo'yicha baholagan ustozning familiyasi, ismi va sharifi) atributlaridan tuzilgan bo'lsin.
FAKULTETLAR mohiyati ikkita atributlardan - Fak_N (fakultet raqami) va Fakultet (fakultet nomi) iborat bo'lsin. Har bir fakultet FAKULTETLAR mohiyatini hamda fakultetlar nomini yagona tarzda aniqlovchi fakultet raqami atributining qiymatlaridan iborat. Quyidagi ikkita mohiyat ham shunday vazifani bajarish uchun xizmat qiladi.
YO'NALISH mohiyati ham ikkita atributlardan iborat bo 'lsin -Yon_N (yo'nalish raqami) va Yo'nalishlar (yo'nalishlar nomi).
Oxirgi FANLAR mohiyati ham ikkita atributlardan - Fan_N (fan raqami) va Fan_Nomi (fan nomi) tuzilgan bo'lsin.
Munosabatning darajasi undagi atributlar soniga bog'liq. Talabalar o'quv loyihamizdagi Ro'yxat munosabatida llta atribut bor, demak, uning darajasi llga teng. Baholar munosabatida oltita atribut bor, demak, uning darajasi oltiga teng. Qolgan Fakultetlar, Fanlar va Yo'nalishlar munosabatlarining darajalari ikkiga teng. Munosabatning darajasi uning har bir kortejida nechtadan elementni saqlashini bildiradi.
Talabalar o'quv loyihasidagi relatsion chizmalar quyidagicha:
Ro'yhat (ZN, FAMILIYA, ISM, O_ISM, K_SANA, FAK_N, YON_N, KURS, GURUH_N, PASP_S, PASP_N)
Baholar (ZN, SEMESTR, FAN_N, BALL, SANA_KIR, USTOZ)
Fakultetlar (FAK N, FAKULTET) Yo'nalish (YON N, YO'NALISHLAR) Fanlar (FAN N, FAN_NOMI)
Aloqalar
RO'YHAT mohiyati markaziy mohiyat sifatida ishtirok etmoqda. Shuning uchun uning boshqa mohiyatlar bilan aloqasini ko'rib chizamiz. Avval RO'YHAT va BAHOLAR mohiyatlari orasidagi aloqalarni ko'rib chiqaylik. RO'YHAT mohiyatida barcha talabalar jamlanadi. FAMILIYA atributi talabalaming familiyasidan iborat bo'ladi. Ushbu atributda turli familiyadagi talabalar yozilgan paytda nomzod kalit bo'lishi mumkin. Lekin bitta o'xshash familiya paydo bo'lsa, bu atributni nomzod kalit sifatida ishlatib bo'lmaydi. Har bir talabaning reyting daftarchasi mavjud bo'lib, bu daftarchadagi seriya va raqamlar noyob
bo'lgani uchun Zn atributining nusxasi har bir talabani bir qiymatli identifikatsiyalaydi. Xuddi shunday vazifani Zn atributi BAHOLAR mohiyati uchun ham bajaradi. Lekin BAHOLAR mohiyatida Zn atributi tashqi identifikator, ya'ni talabalaming har birini RO'YHAT mohiyatidan bir qiymatli aniqlaydi. RO'YHAT va BAHOLAR mohiyatlari orasidagi aloqa l:M bo'ladi. Bitta talaba j ta fan bo'yicha baho oladi, l:S j :S M bo'ladi. RO'YHAT mohiyati RO'YHAT mohiyatiga identifikatsiyalangan bog' liq turdagi zaif mohiyat.
RO' YHAT mohiyati va FAKULTETLAR hamda YO'NALISHLAR mohiyatlari orasidagi aloqalar esa M:l tarzda bo'ladi. Fak_N atributi FAKULTETLAR mohiyatini, Yon_N atributi esa YO'NALISHLAR mohiyatini noyob tarzda identifikatsiyalaydi. Fak_N atributining har bir nusxasi Fakultet atributining bir nusxasini, Yon_N atributining har bir nusxasi Yon_N atributidagi bir nusxani bir qiymatli aniqlaydi. Lekin RO'YHAT mohiyatidagi fakultetlar va yo'nalishlar ko'pchilikni tashkil etadi.
7.18-rasm. Talabalar o'quv loyihasining ER-diagrammasi.
BAHOLAR va FANLAR mohiyatlari orasidagi aloqalar ham keltirilgan asoslar kabi M : 1 tarzda bo'ladi. Fan_N atributi, BAHOLAR va FANLAR mohiyatlari orasidagi aloqalami mo dellashtiradi, ya'ni fanning raqami qaysi fanga mosligini aniqlaydi.
7.18-rasmda Talabalar o'quv loyihasining «mohiyat-aloqa» modeli keltirilgan. Har bir alo qaning nomlari mohiyatlarga bog'liq ravishda berilgan. RO'YHAT mohiyati talabalar bilan bog'liq bo'lgani uchun mos ravishdagi aloqalaming nomi talabaga tegishligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |