Talabalar o'quv loyihasini modellashtirish
Berilganlami modellashtirish uchun vazifani predmet sohani tahlil qilishdan boshlash kerak. Biz, predmet soha sifatida respublikamiz hududidagi ixtiyoriy oliy ta'lim muassasasini olishimiz mumkin. Chunki, yaratilgan modelimizni ixtiyoriy oliy ta'lim muassasiga ama liyotda tatbiq etish mumkin.
Oliy ta'lim ikki bosqichdan iboratligini inobatga olgan holda, biz bakalavriatda tahsil oluvchi talabalar misolida o'quv loyihamizning «mohiyat-aloqa» modelini yaratamiz. Oliy o'quv yurti tuzilishining talabalar bilan bog'liq jihatlarining eng asosiylarini «mohiyat-aloqa» modeli tarkibiga kiritamiz.
Yuqoridagi maqsadga binoan, oliy o'quv yurtidagi bakalavriat talabalari ma'lum bir yo' nalish bo'yicha ta'lim oladilar. Yo'nalishlar ro 'yxati, Oliy ta'limning Davlat ta'lim standarti - Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga asosan belgilanadi. Har bir yo'nalish oliy ta'lim muassasasidagi birorta fakultet bilan bog'langan. Bakalavriatdagi talabalar 4 yil tahsil oladilar. Ta'lim olish jarayoni sakkizta semestmi tashkil qiladi. Har bir semestrda, davlat ta'lim standartiga asosan, har bir yo'nalish hamda ma'lum fanlar bo'yicha darslar o'tiladi va talabalaming reyting natijalari qayd etiladi. Har bir fan bo'yicha kamida bitta professor-o'qituvchi dars jarayonini olib boradi. Talabalar yo'nalishlar bo'yicha kurslari kamida bitta guruhni tashkil etadi. Talabalar grant yoki shartnoma-to'lov asosida tahsil oladi lar. Talabalaming o'qishga kirgan sanalari rektorning buyrug'i asosida qayd etiladi. Talabalar o'z uylarida, talabalar uyida yoki boshqa joyda yashab o'qishlari mumkin. Har bir o'quv yili ning boshida, talabalarni avtomatik tarzda kursdan kursga ko' chirish va bakalavriyatni bitirgan talabalami tizim arxiviga (maxsus bazaga) o'tkazish kerak. Birinchi kursga qabul qilingan talabalami «Abituriyent» berilganlar bazasidan avtomatik tarzda o'tkazish kerak bo'lsin.
Ana shu to'liq ma'lumotlami tahlil qilish asosida, biz modelimizdagi asosiy omillami turlicha nisbiy yondoshuv asosida ajratib olamiz.
Birinchi nisbiy yondashuv. Biz fakultetlarni asosiy omil sifatida olsak, fakultetlar kesimida model qurishimiz kerak bo'ladi. Bu albatta eng qulay, lekin bazalaming soni birmuncha ko'p bo'ladi. Ushbu omil asosida yaratilgan modelning ustunligi, har bir fakultet dekanati faqatgina o'zining talabalari ustidagi amallami bajarish imkoniyatiga ega bo'ladi. Oliy o'quv yurtidagi umumiy natijalami boshqa fakultet dekanati ko'ra olmaydi va umumiy tahlil ham qila olmaydi, faqatgina o'ziga tegishli fakultet talabalari bo'yicha o'quv yili yoki semestr natijalarini olish va tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ushbu yondashuv ko'p miqdordagi talabalarga ega bo'lgan oliy o'quv yurtlari uchun yaratiladigan berilganlar bazasini boshqarish tizimining modeli, deb qabul qilsak bo'ladi.
Ikkinchi nisbiy yondashuv. Talabalami asosiy omil sifatida olsak, talabalar modelning markaziy qismiga aylanadi va shunga asosan fakultetlar yordamchi mexanizm sifatida ishtirok etadi. Bu yondashuvda talabalami hammasini yagona markaziy tuzilmaga jamlash va qolgan tuzilmalami yordamchilar sifatida qarash mumkin. Talabalar modeldagi yagona markaziy tuzilmani tashkil etgani uchun, har bir dekanat oliy o'quv yurtidagi barcha talabalar bo'yicha o'quv yili yoki semestr natijalarini olish va taqqoslash imkoniyatiga ega bo'ladi.
Talabalar o'quv loyihasini modellashtirish uchun, biz ikkinchi nisbiy yondashuvni tanla gan holda, unga yuqoridagi tahlil natijasida kirishi kerak bo'lgan ma'lumotlarning ham ba'zilarini kiritmaymiz. Lekin bu torroq doiradagi «mohiyat-aloqa» modeli uni yaratish ja rayoniga aslo salbiy ta' sir etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |