Xukmlar - atrofimizdagi narsalar va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi. Masalan, «Inson ongli mavjudot» degan hukm - fikr «odam, inson», «ong» va «mavjudot» tushunchalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalab turibdi. Ana shunday hukmlar bizning nutqimizda har kuni juda ko‘p ishlatiladi va ular tabiatan turli bog‘liqliklarni yo tasdiqlaydi, yoki inkor qiladi, rost yoki yolg‘on bo‘ladi. Shaxsning insoniyligi aslida u ishlatadigan iboralarning qanchalik mantiqqa, hayotiy haqiqatlarga to‘g‘ri kelishi, argumental ekanligi bilan baholanadi. Doimo to‘g‘ri, mantiqan fikr yuritgan odamni biz «bama’ni, gapida jon bor, haqiqatguy» deb ta’riflaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |