Bugungi sanadan boshlab 2 hafta farq bilan 10 ta sanani konsolga chiqaring
Ramazon va qurbon hayitigacha qolgan kunlarni konsolga chiqaring
Tug'ilgan kuningizdan bugungi sanagacha qancha yil, oy, kun o'tganini qaytaruvchi funksiya yozing
Foydalanuvchidan telefon raqamini kiritishni so'rang. Kiritlgan qiymatni andoza yordamida tekshiring
Berilgan matndan veb sahifa manzilini ajratib olyuvchi funksiya yozing. Quyidagi matndan namuna sifatida foydalanishingiz mumkin:
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/vsxJPRLXpgI Ushbu darsimizda unittest moduli yordamida klasslarning xususiyatlar va metodlarini tekshiruvchi dastur yozishni o'rganamiz. Bugungi dars manzili: https://python.sariq.dev/testing/37-klass-test
39-DARS. PIP VA TASHQI KUTUBXONALAR
Tashqi kutubxonalar bilan ishlashni o'rganamiz
KIRISH
Avvalgi darsimizda Python bilan birga o'rnatluvchi, standart kutubxona va undagi ba'zi foydali modullar bilan tanishdik. Ushbu darsimizda esa tashqi kutubxona bilan tanishamiz. Bu kutubxonalar yillar davomida turli foydalanuvchilar tarafidan yaratilib, yangilanib kelinadi. Bunday kutubxonalarda boshqa dasturchilar o'zlari yaratgan turli paketlarni (package) boshqalar bilan ulashadi.
Paket (package) — modullar yig'indisi.
Tashqi kutubxonalar va ular ichidagi paketlar shunchalik ko'pki, deyarli istalgan vazifa yoki xizmat uchun katta ehtimollik bilan kerakli dasturlar allaqachon bir nechtadan yaratilgan. Bugungi kunda Python uchun eng katta tashqi kutubxonalardan biri bu PyPi.org sahifasi.
PIP
Tashqi paketlarni o'rnatish uchun Pythonda maxsus pip paket menejeri mavjud. pip odatda Python bilan birga o'rnatiladi, lekin turli sabablarga ko'ra kompyuteringizda pip o'rnatilmagan bo'lsa, uni quyidagi sahifadan yuklab olishnigiz mumkin: https://pypi.org/project/pip/
Paket menejer yordamida tashqi paketlarni o'rnatish juda oson, buning uchun Windows terminalda (cmd) (yoki Spyder konsolida, yoki PyCharm konsolida va hokazo) pip install paket_nomi komandasidan foydalanasiz.
Paket nomi qanday yozilishini paketning rasmiy sahifasidan ko'rib olishingiz mumkin. Misol uchun, quyidagi rasmda googletrans paketinig sahifasi va pip komandasi qanday yozilishi ko'rsatilgan.
Demak ushbu paketni o'rnatish uchun pip install gooletrans deb yozamiz.
Biror paketni oʻchirib tashlash uchun esa pip uninstall paket_nomi deb yozamiz.
Ushbu darsimizning maqsadi tashqi paktelar va modullar bilan tanishish orqali, Pythonning naqadar keng qamrovli til ekanini ko'rsatish. Aslida, har bir modul haqida, ularning imkoniyatlari haqida soatlab gapirish mumkin, lekin biz vaqtni tejash maqsadida turli yo'nalishlardagi ba'zi modullar bilan tanishamiz va ularning ishlashiga sodda misollar ko'rish bilan chegaralanamiz.
Har bir modul haqida batafsil ma'lumot olish uchun modulning sahifasiga murojat qiling.