Print("Assalom alaykum")


if so'zi ingliz tilidan "agar"



Download 10,21 Mb.
bet15/58
Sana28.06.2022
Hajmi10,21 Mb.
#713027
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58
Bog'liq
Mohirdev.uz...

if so'zi ingliz tilidan "agar" deb tarjima qilinadi va deyarli barcha dasturlash tillarida shartlarni yozish uchun foydalaniladi.
Keling quyidagi misolni ko'ramiz. Bizda avtolar ro'yxati bor:
In [4]:
avtolar = ['audi','bmw','volvo','kia','hyundai']
Biz ro'yxatdagi har bil elementni katta harf bilan konsolga chiqarmoqchimiz. Bunda istisno sifatida "BMW" mashinasi nomini hamma harflarini katta bilan chiqarishimiz kerak.
Demak quyidagi kodni yozamiz:
In [ ]:
for avto in avtolar: # avtolar ichidadi har bir avto uchun ...
if avto == 'bmw': # ... agar avto bmw ga teng bo'lsa ...
print(avto.upper()) # avto nomini hamma harflarini katta bilan yoz.
else: # aks holda ...
print(avto.title()) # avto nomini faqat birinchi harfini katta bilann yoz.
Kodni tahlil qilaylik:

  • 1-qatorda biz for tsiklini boshladik: avto ichidagi har bir avto uchun.

  • 2-qatorda shart yozdik: agar avto bmw ga teng bo'lsa (bu yerda == belgisi tenglikni tekshirish belgisi hisoblanadi va "avto bmw ga tengmi?" deb o'qiladi).

  • 3-qator yuqoridagi shartning badani hisoblanadi va faqatgina shart bajarilgandagina ishga tushadi va avto nomini hamma harflarini katta bilan yozadi (.upper() metodi).

  • 4-qatorda yana bir yangi operator, else bilan tanishamiz. "Else" ingliz tilidan "aks holda" deb tarjima qilinadi va if sharti bajarilmaganda else qismi ichidagi kod bajariladi.

  • 5-qator esa else (aks holda, ya'ni 2- qatordagi shart bajarilmaganda) ishga tushadi va avto nomining faqat birinchi harfini katta bilan yozadi (.title() metodi)

Diqqat! Shart "badani" shartdan biroz o'ngga surib yoziladi (huddi for tsikli kabi). if/else dan keyin kelgan va o'ngga surib yozilgan har bir qator if/else shartining badani hisoblanadi.
Yuoqridagi kodni bajaramiz, va natijani ko'ramiz:
In [6]:
avtolar = ['audi','bmw','volvo','kia','hyundai']
for avto in avtolar: # avtolar ichidadi har bir avto uchun ...
if avto == 'bmw': # ... agar avto bmw ga teng bo'lsa ...
print(avto.upper()) # avto nomini hamma harflarini katta bilan yoz.
else: # aks holda ...
print(avto.title()) # avto nomini faqat birinchi harfini katta bilan yoz.
Audi BMW Volvo Kia Hyundai
TRUE/FALSE
Yuqorida shartni tekshirish uchun == operatoridan foydalandik. Bu operatorni oddiy tilga tarjima qilsak "tengmi?" degan ma'noni beradi.
Agar shartning ikki tarafidagi qiymatlar teng bo'lsa ifoda TRUE qiymatini qaytaradi ("True" so'zi ingliz tilidan "haqiqiy" yoki "to'g'ri" deb tarjima qilinadi).
Aksincha, qiymatlar tenglik qanoatlantirilmasa, ifoda FALSE qiymatini qaytaradi ("False" so'zini ingliz tilidan "yolg'on" deb tarjima qilsak bo'ladi).
Quyidagi misollarga e'tibor bering. Biz ism degan o'zgaruvchi yaratdik, va unga 'Ali' matnini yukladik. Keling endi == yordamida ism ning qiymatini tekshirib ko'ramiz:
In [7]:
ism='Ali'
In [8]:
ism=='Ali'
Out[8]:
True
In [9]:
ism=='Vali'
Out[9]:
False
Ko'rib turganingizdek avval ism=='Ali' (ism 'Ali' ga tengmi?) deb so'raganimizda, ifoda TRUE (Ha) degan javobni qaytardi, keyin esa ism=='Vali' (ism 'Vali' ga tengmi?) deb so'raganimizda esa, ifoda FALSE (Yo'q) deb qiymat qaytardi.
Demak, if/else bog'lamasida, if ning badani ifoda True bo'lganda, else ning badani esa ifoda False bo'lganda bajariladi.
MATNLARNI SOLISHTIRISH
Aksar tizimlar foydalanuvchi kiritgan matnni ma'lum bir ko'rinishga keltirib oladi. Buning sababi, kompyuter uchun 'Ali', 'ALI', va 'ali' bu uchta turli hil ism. Ularni solishtirish uchun esa bir ko'rinishga keltirib olish kerak.
Tasavvur qiling siz yangi email manzil ochmoqchisiz, va o'zingizga yangi foydalanuvchi ismini tanlashingiz kerak. Kompyuter siz kiritgan foydalanuvchi ismini tizimdagi mavjud foydalanuvchilar bilan solishtiradi va agar ism band bo'lsa sizga boshqa ism tanlashni aytadi. Solishtirish jarayonida esa, siz tanlagan ismni kichik harflarga o'tkazib, boshqa ismlar bilan solishtiradi.

Yuqoridagi misolda, kimdur anvar@yandex.ru manzilini band qilgan, agarda men 'Anvar', yoki 'ANvar', yoki 'ANVAR' deb login tanlasam ham, anvar@yandex.ru band bo'gani sababli men so'ragan loginlar rad qilinaveradi.
Xo'sh, turli ko'rinishda yozilgan matnlarni qanday qilib solishtiramiz? Juda oddiy. Matnlarni solishtirishdan avval .lower() metodi yordamida kichik harflar ko'rinishiga keltirib olamiz:
In [10]:
ism = 'Ali'
ism.lower() == 'ali'
Out[10]:
True
QIYMATLARNING TENG EMASLIGINI TEKSHIRISH
Agar ikki qiymatning teng emasligini tekshirish talab qilinsa, != operatoridan foydalanilamiz.
In [11]:
ism = input('Ismingiz nima?\n>>>') # Foydalanuvchi ismini so'raymiz
if ism.lower() != 'ali': # Agar ism Aliga teng bo'lmasa ...
print(f"Uzr, {ism.title()} biz Alini kutayapmiz.") # quyidagi xabar chiqadi
else:
print("Salom, Ali")
Ismingiz nima? >>>anvar Uzr, Anvar biz Alini kutayapmiz.
Demak yuqoridagi kodning 2-qatorida ism ichidagi qiymat 'ali' ga teng bo'lmasa "Uzr, {ism} biz Alini kutyapmiz" degan xabarni chiqar dedik. Aks holda (else), "Salom, Ali" degan xabar chiqadi.
Shartlarda else qismi bo'lishi majburiy emas. Bunga keyingi bo'limlarda tushunarliroq misollar ko'ramiz.
SONLARNI SOLISHTIRISH
Sonlarni solishtirishda yuqoridagi teng (==) va teng emas (!=) shartlariga qo'shimcha ravishda quyidagi mantiqiy shartlar ham qo'shiladi:

  • Kichik: a

  • Kichik yoki teng: a<=b

  • Katta: a>b

  • Katta yoki teng: a>=b

In [12]:
javob = float(input("12x6 nechiga teng?>>>"))
if javob!=72:
print("Javob xato!")
12x6 nechiga teng?>>>18 Javob xato!
In [13]:
yosh = int(input("Yoshingiz nechida?>>>"))
if yosh>=18: # yosh 18 dan katta yoki teng bo'lsa
print('Xush kelibsiz!')
else: # ask holda
print('Kirish mumkin emas!')
Yoshingiz nechida?>>>22 Xush kelibsiz!
In [14]:
login = input("Yangi login tanlang:")
if len(login)<=5: # login uzunligini tekshiramiz
print("Login 5 harfdan ko'proq bo'lishi shart!")
Yangi login tanlang:akmal Login 5 harfdan ko'proq bo'lishi shart!
In [16]:
yil = int(input("Tug'ilgan yilingizni kiriting:"))
if 2020-yil<18: # foydalanuvchining yoshini hisoblaymiz
print(f"Yoshingiz {2020-yil}da ekan.")
print("Kirish mumkin emas!")
else:
print("Xush kelibsiz!")
Tug'ilgan yilingizni kiriting:2007 Yoshingiz 13da ekan. Kirish mumkin emas!
BIR QATOR if/else
Qisqa kodlar uchun shart va uning badanini 1 qatorga jamlab yozishimiz ham mumkin:
In [18]:
yosh = int(input("Yoshingiz nechida?>>>"))
if yosh>65: print("Siz COVID-19 risk guruhida ekansiz")
Yoshingiz nechida?>>>66 Siz COVID-19 risk guruhida ekansiz
In [19]:
x, y = 25, 50 # x=25 va y=50
print("x>y") if x>y else print("xxAMALIYOT

  • Yangi cars = ['toyota', 'mazda', 'hyundai', 'gm', 'kia'] degan ro'yxat tuzing, ro'yxat elementlarining birinchi harfini katta qilib konsolga chqaring. GM uchun ikkala harfni katta qiling.

  • Yuqoridagi mashqni teng emas (!=) operatori yordamida bajaring.

  • Foydalanuvchi login ismini so'rang. Agar login admin bo'lsa, "Xush kelibsiz, Admin. Foydalanuvchilar ro'yxatini ko'rasizmi?" xabarini konsolga chiqaring. Aks holda, "Xush kelibsiz, {foydalanuvchi_ismi}!" matnini konsolga chiqaring.

  • Foydalanuvchidan 2 ta son kiritishni so'rang. Agar ikki son bir-biriga teng bo'lsa, "Sonlar teng" ekan degan yozuvni konsolga chiqaring.

  • Foydalanuvchidan istalgan son kiritishni so'rang. Agar son manfiy bo'lsa konsolga "Manfiy son", agar musbat bo'lsa "Musbat son" degan xabarni chiqaring.

  • Foydalanuvchidan son kiritishni so'rang, agar son musbat bo'lsa uning ildizini hisoblab konsolga chiqaring. Agar son manfiy bo'lsa, "Musbat son kiriting" degan xabarni chiqaring.

JAVOBLAR
In [20]:
#Yangi cars = ['toyota', 'mazda', 'hyundai', 'gm', 'kia'] degan ro'yxat tuzing, ro'yxat elementlarining birinchi harfini katta qilib konsolga chqaring. GM uchun ikkala harfni katta qiling.
cars = ['toyota', 'mazda', 'hyundai', 'gm', 'kia']
for car in cars:
if car=='gm':
print(car.upper())
else:
print(car.title())
Toyota Mazda Hyundai GM Kia
In [21]:

Download 10,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish