Andijon 27-29 oktabr 2021 yil 473
harakat uzatiladi. Saralash yuzasini tashkil etadigan elastik to‘r rezinali matodan
yoki boshqa egiluvchan materialdan yasalishi mumkin. Saralash yuzasiga ishlov
beriladigan mahsulot uyumi transporter - 8 yordamida uzatiladi. Turli o’lchamdagi
elastik to‘r rezina – 9 orqali o’tib saralangan kartoshka pastki transporterga tushadi.
Ildizmevalarni saralash qurilmasi ishchi jihozning kvadrat tuynuklardan
iborat tuynukli to‘ri ikkita val ko‘rinishidagi spisalar bilan biriktirilgan xalqalarga
tarang tortilgan bo‘lib, bunda yetaklovchi val yetaklanuvchi valdan pastda
joylashgan bo‘lib, α burchak hosil qiladi, saralangan ildizmevalarni yo‘naltiruvchi
qurilmalar hamda yuklash va tushirish qurilmalari lentali koveyerlar shaklida
tayyorlanadi.
Bunda elastik to‘rdagi tuynuklarning o‘lchamlari saralash yuzasining
boshidan oxiriga tomon, ya’ni ildizmevalarning harakati yo‘nalishi bo’yicha
kattalashib boradi va shu tariqa ildizmevalar turli o‘lchamlardagi fraksiyalarga
ajraladi. Ildizmevalarni saralash qurilmasining yetaklovchi va yetaklanuvchi vallari
turli balandlikda o‘rnatiladi. Bunda yetaklovchi val yetaklanuvchi valdan pastda
joylashadi. Bu holda yetaklovchi val pastroqda joylashadi va elastik to‘rning pastki
tarmog‘i yuqoriga tomon harakatlanadigan yo‘nalishda aylanma harakatlanadi.
Vallar spisalar bilan biriktirilgan xalqalardan iborat bo‘lib ularning o‘qi saralash
yuzasining boshidan oxiriga tomon α burchak ostida pasayib boradi, ya’ni vallar
gorizonga nisbatan qiya holatda o‘rnatiladi. Ishlov beriladigan ildizmevalar uyumi
lentali transportyor yordamida saralash yuzasiga, ya’ni elastik to‘rning yuqori va
pastki tarmog‘i orasiga uzatiladi. Ildizmevalar saralash yuzasining qiyaligi va elastik
to‘rning harakati hisobiga pastga tomon harakatlanadi va elastik to‘rning o‘zining
o‘lchamiga mos tuynugidan tushib saralanadi. Saralangan ildizmevalar lentali
transportyorlar yordamida kerakli zonaga uzatiladi.
Kartoshka tuganaklari taklif qilingan qurilmada saralanganda ildizmevalarni
saralash qurilmasining ishchi jihozi elastik materialdan tayyorlanganligi, saralash
jarayonida tuganaklar ishchi yuzaga urilib harakatlanmasligi sababli tuganaklar
shikastlanmaydi. Tuganaklar butun jarayon davomida ishchi yuzadan ajralmasdan
haraktlanishi xisobiga boshqa turdagi shu kabi va va elakli saralash mashinalariga
nisbatan qurilmaning saralash aniqligi yuqori bo‘ladi. Tuganaklarni saralash
davomida uchlari tutashgan elastik to‘r ichki yuzasining 40 foizdan ortiq qismidan
foydalanilganligi uchun (boshqa turdagi barabanli saralash mashinalarida eng ko‘pi
33 foiz) boshqa tur saralash mashinalariga nisbat samaradorlik yuqori bo‘ladi.
Umuman olganda, taklif qilinayotgan ildizmevalarni saralash qurilmasi
texnologik jarayonni sifatli amalga oshiradi, kichik fermer xo‘jaliklarida va
omborlarda foydalanish uchun juda qulay va samaradorligi yuqori.