«Yangi O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya Andijon 27-29 oktabr 2021 yil 135
rivojlanish kechayotgan hozirgi davrda axborot olish va undan to`g`ri foydalanishni
o`rganish yoshlar oldidagi asosiy maqsadga aylangani ayni haqiqat. Keyingi 50 yil
mobaynida axborot texnologiyalari rivojlanishi tufayli insoniyat xayotida katta
o`zgarishlar yuz berdi. Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir
texnologiya asosida yi’gish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalardan
hisoblanadi. Malumot resuslarini shunday tashkil etish kerakki, unadan foydalanish
maksimal qulaylik va foyda keltirsin. Bu borada ta’lim tizimi yani maktablar
ma’lumotlar bazasini tashkil etish ham hozirgi zamon ta’limining muhim
masalalaridan biri hisoblanadi. Sabab, maktabda faoliyat olib borayotgan har bir
o’qituvchi va o’quvchining ma’lumotlari ular o’tayotgan darslar xaqidagi
ma’lumotlar ta’lim samarasiga ijoboy ta’sir ko’rsatadi. Bugungi kunda
ma'lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri esa xozirgi zamon
kompyutеrlaridir. Kompyutеrlarda saqlanadigan MB - bu maxsus formatga ega
bo`lgan muayyan tuzilmali fayl dеmakdir. Kompyutеr xotirasida xar bir fayl, yozuv
dеb ataladigan bir xil turdagi qismlardan iborat bo`ladi. Yozuv-o`zaro bog’langan
ma'lumotlarning bir qismidir. Fayldagi yozuvlar soni qaralayotgan ma'lumotning
o’lchoviga bog`lik. Xar bir yozuv esa maydon dеb ataladigan bo’laklardan tashkil
topadi. Maydon ma'lumotlarning. imkoni boricha qisqa to’plamidan iborat bo`lishi
lozim. Xar bir maydon, o`zi ifodalaydigan ma'lumotlariga ko’ra biror nomga ega
bo`ladi. Fikrimizni misol bilan ifodalashga xarakat qilamiz. Umumiy o’rta ta’lim
maktablari bazasini shakllantirish uchun men Ms Office tarkibiga kiruvchi
Microsoft Access 2010 dasturidan foydalandim. Sababi Access dasturi MOBTning
relyatsion turiga mansub bo’lib hozirgi vaqtda eng ommaviy ma’lumotlar omborini
boshqaruv tizimlariga kiradi va u MO ni yaratish , MO da ma’lumotlarni saqlash,
izlash va qayta ishlashni avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Ms Access 2010 ning
yana bir qo’shimcha avzalligi uning Microsoft Office tarkibiga kiruvchi Ms Word,
Ms Excel kabi dasturlar bilan bir muhitdaligidir. Bu dastur ilovalarida yaratilgan
ma’lumotlarni bir ilovadan ikkinchisiga osonlik bilan import eksport qilish imkonini
beradi.
MS Access 2010 da ma’lumotlar omborini tashkil qilish uchun Microsoft
Offise dasturlari orasidan Micrasoft Access dasturini yuklaymiz. Hosil bo’lgan
oynadan