«Yangi O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya
Andijon
27-29 oktabr 2021 yil
613
Insoniyat
taraqqiyoti
va
jamiyat
xayotining
jaxon
miqyosida
integratsiyalashishi natijasida sodir bo’layotgan
jarayonlarning olamshumul
ahamiyat kasb etishi «globallashuv» tushunchasida ifodasini topmoqda. Dunyoga
yangicha olamshumul nuqtai nazarning vujudga kelishi kommunikatsiya
vositalaridagi tub o’zgarishlar; investitsiyalardagi
yangi jarayonlar, universal
texnologiyalarning tarqalishi globalizatsiyaning asosiy omillaridir.
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining
asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish kerak – bugungi
kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo’shnilar,
balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va xududlar bilan shunday chambarchas
bog’lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan
chetda turishi ijobiy
natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas. SHu ma’noda,
globallashuv bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi
demakdir[1].
Globallashuv
jarayonini kuzatsangiz, o’z-o’zidan qator global muammolar
ko’zga tashlanadi. Ya’ni, hozirgi zamonda jahon termoyadro urushining oldini olish,
xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni ta’minlash,
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish,
atrof muhit halokatli tarzda ifloslanishining oldini olish, insoniyatni zarur resurslar
–
oziq-ovqat, sanoat xomashyosi, energiya manbalari bilan ta’minlash, fan va
texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yo’l qo’ymaslik kabi
muammolar kiradi.
Globallashuv jarayonining ijobiy va salbiy jihatlari anchagina. Zero, davlatlar
va xalqlar o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda bu jarayon g’oyat
muhim o’rin tutadi. Ayniqsa, zamonaviy
kommunikatsiya va axborot
texnologiyalari, ilm-fan yutuqlaridan hammaning birdek bahramand bo’lishi,
yangiliklar va boshqa muhim axborotlar tezlik bilan tarqalishi ijobiy holdir. Turli
muammolarni hal etish, aytaylik, tabiiy ofatlarni bartaraf qilish, og’ir ahvolga tushib
qolganida mamlakatlarning bir-biriga o’zaro yordam ko’rsatish imkoniyatlari
globallashuv jarayonida yanada yuqori darajaga ko’tarilishi tabiiy holga aylangan.
Insoniyatning shunday mo’jizakor yutuqlaridan ham ba’zi buzg’unchilar salbiy
maqsadlarda foydalanayotganlari yomon xolatdir.
Globallashuvning yangi davri “axborot asri” yoki “elektron yuz yillik” tomon
qadam
tashlamoqda.
Sun’iy
yo’ldoshlar
va
internet
orqali
telekommunikatsiyalarning faoliyat yuritishi har
kim va har narsa uchun yer
sharining xohlagan chekkasiga borish va joylashish, ya’ni diterritoriallashish
imkoniyatini yaratadi.
Internet davlat va xalqlar o’rtasidagi axborot almashishni misli ko’rilmagan
darajada
tezlashtirdi, dunyoni insoniyat uchun tom ma’nodagi yagona global
makonga aylantirdi.
Bugungi dunyo mislsiz ko’lamdagi axborotlar oqimi Internetning bosimi ostida
yashamoqda. Insoniyat hayotinnng barcha sohalari uning asosiy strukturaviy elementi