Литература:
1. Нечаев А.П., Трубенберг С.Е. и др. Пищевая химия. Под рез. Нечаева
А.П., ПИОЕД, Санкт-Петербург, 2015 -672 с.
2. Нечаев А.П. Научные основы технологий получения функциональных
жировых продуктов нового поколения, «Масла и жиры», №8, 2007. 26-27 с.
3. Нечаев А.П. Ключевые тенденции в производстве масложировой
промышленности, «Продукты и прибыль», №2, 2011. 6-9 с.
«Yangi O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya
Andijon
27-29 oktabr 2021 yil
471
ILDIZMEVALARNI SARALASH UCHUN ISHLATILADIGAN
YANGICHA KONSTRUKSIYADAGI BARABANLI SARALASH
MASHINASI
G.A.Baxadirov
1
, B.T.Umarov
2
, N.Gʻ.Obidov
3
, T.T.Sultonov
4
1
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi,
2,3
Farg‘ona politexnika instituti
4
Toshkent kimyo texnologiyalari instituti
Jahonda kartoshka hosili hajmining asosiy qismini yuqori samaradorlikka ega
bo‘lgan
texnikalardan
foydalanib,
mexanizasiyalashgan
texnologiyada
yetishtirishga o‘tish jarayoni amalga oshirilmoqda [1]. Qator xorijiy firmalar
tomonidan kartoshkachilikda qo‘l mehnatini kamaytirish va mahsulot sifatini
oshirish uchun maxsus texnikalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot
ishlari olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda, jumladan katroshkani o‘lchamlari
bo‘yicha saralaydigan, mahsulotni kam shikastlaydigan, ish unumi yuqori bo‘lgan
va resurstejamkorlikni ta’minlaydigan texnika vositalarini ishlab chiqish muhim
vazifalardan hisoblanadi [2,3].
Tavsiya qilinayotgan saralash mashinasining ishchi jihozi silindr shaklidagi
baraban ko‘rinishida bo‘lib, baraban rezina bilan qoplangan xivichlardan tashkil
topgan va gorizontga nisbatan burchak ostida o‘rnatilgan. Saralash ikki seksiyali
barabanning aylanishi bilan uning ichki yuzasi bo‘ylab tuganaklar harakatlana
boshlashi orqali amalga oshiriladi. Bunda saralash yuzasini tashkil etadigan
xivichlar orasidag’i masofa turlicha bo‘lganligi uchun tuganaklar turli
o‘lchamlardagi fraksiyalarga saralanadi.
Ishchi jihoz baraban ko’rinishida tayyorlangan bo‘lib, bunda ishchi yuza
oralaridagi masofalar turlicha bo‘lgan va rezina bilan qoplangan halqalardan tashkil
topgan va halqalar orasidagi masofalar oraliq vtulkalar bilan o‘zgartiriladi.
Umuman olganda ishchi jihozi baraban ko‘rinishida bulgan ildizmevalarni
saralash va tozalash mashinalarining turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular bir -
biridan saralash yuzasining tayyorlanishiga ko‘ra farq qiladi. Masalan, ayrim
turlarda baraban yuzasi yuqoridagi kabi hivichlar yoki halqalardan tashkil topgan
bo‘lsa, ayrimlarida prujinasimon detallardan tashkil topgan. Baraban ko‘rinishidagi
saralash mashinalarining umumiy kamchiligi shundan iboratki, ish jarayonida
saralanayotgan mahsulot barabanning faqat pastki qismida joylashadi, ya’ni ishchi
yuzaning taxminan 16 % qismidan foydalaniladi xolos. Bu esa o‘z navbatida
samaradorlikning yuqori bo‘lmasligiga sabab bo‘ladi.
Biz tavsiya qilgan qurilmaning maqsadi – ishchi jihozning kvadrat
tuynuklardan iborat tuynukli to‘ridagi ildizmevalarni saralashda qurilma elementlari
tomonidan ildizmevalarni shikastlanish ko‘rsatkichlarini pasaytirgan holda, uning
samaradorligini oshirishdan iborat. Ishchi jihoz kesik konus yoki silindr ko‘rinishida
ham tayyorlanishi mumkin. Saralash yuzasi vazifasini tuynuklarining o‘lchami
turlicha bo‘lgan to‘r ko‘rinishidagi, prizma yon tomonlariga mahkamlangan elastik
material tashkil etadi. Bunda tuynuklarning o‘lchami saralash yuzasining
Do'stlaringiz bilan baham: |