«Yangi O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya
Andijon
27-29 oktabr 2021 yil
461
Payvandlash flyuslari deb aloxida donachalari 0,25-4 mm gacha(fyus
markasiga bog`liq) maxsus metalmas granulyatsiya qilingan kukunga aytiladi.
Flyuslar erib payvand yoyida kimyoviy-metallurgik ta’sirlar natijasida oksid,
oltingugurt, fosfor xamda gazlardan iborat shlak qatlami ko’rinishida payvand chok
yuzasiga shlakli gumbaz hosil qiladi, so`ng esa chok yuzasida qotadi.
Payvandlanayotgan metallar va talab etilayotgan metallurgik jarayonga qarab
flyuslar turlicha tarkibda bo`lishi mumkin. Flyuslar tayorlash usuli, vazifasi va
kimyoviy tarkibiga ko’ra turlarga ajratiladi. Tayorlash usuliga ko’ra eritib
tayorlangan va eritmasdan (keramik, aglomeratsiya qilib)tayorlangan flyuslarga
ajratiladi[2]. Eritib tayorlangan flyuslar oksid qotishmalari va metal tuzlaridan iborat
bo`ladi. Ularni ishlab chiqarish quidagi bosqichlarni o’z ichiga qamrab oladi:
shixtalarni hisoblash va tayorlash, shixtani eritish, granulyatsiya qilish, nam
granulalarni quritish va elakdan o`tkazish.
Oldindan maydalangan va xisobiy tarkibga mos aralashma zarrachalaridan
iborat shixta aralashtirilib yoyli yoki alangali pechlarga yuklanadi. Shixta to’liq
eritilib ma’lum vaqt ushlab turilgandan keyin eritma 1400˚C temperatura atrofida
pechdan chiqarib olinadi.
Granulalarga ajratishni nam va quruq usullar bilan amalga oshirish mumkin.
Quruq usulda flyus metal qoliplarga quyiladi va sovigandqan so`ng quymalarni
maydalash vallari orqali yanchib 0,1-3 mm o’lchamdagi zarrachalarga aylantiriladi
va elakdan o`tkaziladi. Quruq granulalarga ajratish usuli gidroskopik flyuslar uchun
qo’llaniladi (xlorli va ftorli tuzlarni katta miqdorda o’zida saqlovchi). Asosan bu
flyuslardan alyuminiy va titan qotishmalarni payvandlash uchun qo’llaniladi.
Suyuq granulalarga ajratish usulida erigan flyus pechdan ingichka teshik
orqali suv oqadigan idishga yo’naltiriladi. Ayrim hollarda ingichka teshik orqali
chiqayorgan erigan flyus kuchli bosimli suv bilan purkaladi. [2]. 250-350 ˚C
haroratda quritilgan flyus maydalanib 2ta 1sm
2
yuzada16-400 ta teshik bor elakdan
o’tkaziladi. Ikkinchi elakda tutilib qolgan flyus tayyor flyus hisoblanadi.
Eritib tayyorlangan flyuslar tashkil etuvchi zarrachalar(donlari)ga qarab
shishasimon, pemzasimon va kristalsimon turlarga bo’linadi.(1-rasm)
Shishasimon flyuslar yorqin tuslanadigan donlardan iborat bo’lib uning rangi
flyus tarkibiga bog’liq. Pemzasimon-ko’piksimon yaltiroq materiallar ko’rinishida
bo’ladi. Kristalsimon – donlarni kristalsimon tuzilganligi bilan tavsiflanadi.
1.
2.
3.
1-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: