«Yangi O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya Andijon 27-29 oktabr 2021 yil 439
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KIMYOVIY ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINI TARKIBIDAGI TIZIMLARNI OPC UA ORQALI O’ZARO INTEGRALLASHTIRISH M.M.Kasimov, Mustaqil izlanuvchi PhD; A.A.Yigitaliyev, magistr; T.Sh.Turg’unboyev, magistr; Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali, Farg’ona , O’zbekiston Butun dunyo bo‘ylab fan-texnika va sanoatning ishlab chiqarish sohasini
integrallashtirish jadal rivojlanib unga bo‘lgan ehtiyojning yanada oshishiga olib
kelmoqda.
Respublikamiz kimyoviy ishlab chiqarish korxonalari soni yanada o’rtib
bormoqda. Bularga misol qilib kimyo sanoatida yetakchilardan bo’lgan
UZKIMYOSANOAT AJ tarkibidagi “Farg’onaazot” AJ, “Navoiyazot” AJ,
“MAXAM-Chirchiq” AJ va boshqalar. Yuqorida sanab o’tilgan Aksiyadorlik
jamiyatida turli xil kichkina va katta ishlab chiqarish sexlari va qurulmalari mavjud.
Har bir ishlab chiqarish qurulmasi yoki zavod avtomatlashgan tizimda bo’lsa,
ularning o’ziga tegishli bo’lgan dasturiy ta’minoti va o’zi uchun yaratilgan
protokollari mavjud bo’ladi.
Bilamizki, ishlab chiqarish korxonalarida asosiy talab mahsulot sifatiga va
inson salomatligiga qo’yiladi. Bularga erishish uchun albatta ishlab chiqarish
korxonalari to’liq avtomatlashtirilgan bo’lishi lozim. Ishlab chiqarish korxonalarini
avtomatlashtiradigan jahonda yetakchi bo’lgan turli xil kompanyalar mavjud.
Bularga SIEMENS, HONEYWELL, SCHNEIDER ELECTRIC, MITSUBISHI,
YAKOGAWA, OMRON va boshqalarni misol qilishimiz mumkin. Yuqorida
sanalgan har bir korxona o’zi uchun standart protokollar yaratgan.
Hozirgi kunda Respublikamizga biror bir ishlab chiqarish qurulmasi chet
ellardan olib kelinadigan bo’lsa uning o’zining dasturiy ta’minoti, o’ziga tegishli
bo’lgan protokoli va boshqaruv paneli yoki stansiyasi bo’ladi. Ishlab chiqarishning
asosini nazorat va boshqaruv tashkil qiladi. Agarda biz olib kelgan qurulma yoki
ishlab chiqarishning bir bo’lagi bo’lgan kichkina ishlab chiqarishni sifatli nazorat
qilish uchun markaziy pultga yoki stansiyaga bog’lash talab qilinadi. Agar asosiy
tizim va yangi qo’shilgan tizim bir xil korxona ya’ni SIEMENS yoki OMRON larda
dasturiy ta’minoti qilingan bo’lsa ularni o’zaro bog’lash muammo bo’lmaydi,
chunki ularning axborot almashinish protokollari bir xil bo’ladi. Agar aksincha
bo’lsa ya’ni asosiy tizim SIEMENS kompanyasiniki yangi qurulma OMRON
kompanyasiniki bo’lsa bularni bir-biriga bog’lab bo’lmaydi, chunki turli xil dasturiy
ta’minot va turli xil protokollarga egadir. Bu muammoni hal qilishning turli xil
usullari mavjud. Masalan agar ikkala yoki undan ortiq tizimlar OPC UAni qo’llab
quvvatlasa, bu tizimlardan OPC UA bog’lanishni qo’llash mumkin bo’ladi