«Yangi O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya
Andijon
27-29 oktabr 2021 yil
399
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA INTERAKTIV
XIZMATLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Begmatova Ziyoda Zaxidjon qizi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirda axborot texnologiyalari sohasida
butun jahon miqyosida keng ko‘lamda foydalanib kelinayotgan va rivojlanishda
davom etib kelayotgan interaktiv davlat xizmatlari va ularning hayotdagi o‘rni
yoritilgan. Shuningdek, ushbu xizmatlarning foydalanuvchilari va taqdim
etuvchilari uchun ahamiyati hamda bu tizimning joriy vaqtdagi kamchiliklarini
bartaraf etish yechimlari va takliflari keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: interaktivlik, telekommunikatsiya tizimlari, interaktiv xizmat,
foydalanuvchi, ma’lumotlar ombori, axborot xavfsizligi.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari sohasida internet tarmog‘i
imkoniyatlaridan ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy sohalarda keng foydalanilishi
sababli
jamiyat
taraqqiyotida
sezilarli
darajada
samaradorlikka
erishilayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. Ushbu o‘rinda internet tarmog‘i orqali
zamonaviy xizmatlarni o‘zida jamlagan interaktiv xizmatlarning yuzaga kelishi, real
hayotga keng tadbiq etilishi va rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Avvalambor shuni aylib o‘tish lozimki, interaktivlik deganda texnik vositalar,
kompyuter, ularning dasturlari hamda foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘rnatiladigan
o‘zaro muloqotni tashkil etish tushuniladi.
Umuman olganda interaktivlik bu muloqat tizimini tashkil etish bilan bog‘liq.
Ya’ni, maqsadga ko‘ra tizim elementlari orasidagi axborotlar asosidagi ma’lumotlari
almashinuvidir. Ushbu tushuncha axborot nazariyasi, informatika va dasturlash,
telekommunikatsiya tizimlari va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Interaktivlik
orqali foydalanuvchi moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axborot va ishlab
chiqarishning turli manbalaridan ko‘riladigan manfaat mavjud bo‘lsa, unga
interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi. Ya’ni, kompyuter dasturlari orqali
foydalanuvchiga interaktiv xizmat tashkil etilgan deb tushuniladi.
Interaktiv xizmatlar asosida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish raqamli
texnologiyalar, Internet va zamonaviy ommaviy axborot vositalari asosida davlat
xizmatlarini taqdim qilish jarayonini, fuqarolarni va boshqaruvni ichki va tashqi
o'zaro munosabatlarda o'zgartirishlar vositasida ishtirokini doimiy optimallashtirish
jarayonlarini amaliyotda bajarilishini ta’minlashda dasturiy vosita bo‘lib xizmat
qiladi.
Interaktiv xizmatlar aholiga, tadbirkorlarga va davlat organlariga
ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi, fuqarolarning
o'z-o'zini boshqarishlari uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning
texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi va davlat boshqaruvidagi
ishtirokini osonlashtiradi. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, interaktiv
xizmatlardan foydalanish asosida foydalanuvchilar o‘zlariga tegishli bo‘lgan turli
Do'stlaringiz bilan baham: |