Mavzuning dolzarbligi
O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda 10 dan ortiq zamonaviy binolar va ko’ngilochar maskanlar barpo etilmoqda, shular jumlasidan diqqatga sazovor binolaridan sarasini tanlagan holda shu qisqa video rolikda binodagi ulkan bunyodkorlik namunasini yoritib berishga harakat qildim.
Bitiruv ishining maqsadi.
Men bu video rolikda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohatlarni boricha yoritib berishga harakat qildim. Prizidentimiz xalqimiz, yoshlarimiz uchun yaratib berayotgan imkoniyatlarni barcha tomoshabinlar uchun eng kerakli ma’lumotlar toplangan holda yetkazib berishga harakat qildim. Bu videorolik tomoshabinlarga qismam kerakli vosita sifatida qo’llaniladi, chunnki bugungi kunda intrnet tarmoqlari rivojlangan bir pallada har birimiz eng kerakli malumotlarni ijtimoiy tarmoqlardan qidramiz sport va ko’ngilochar majmualar qay tarzda faoliyat yurutadi barcha kerakli ma’lumotlarga ega bolish mumkin.
Bitiruv ishining vazifasi.
Yurtimizda amalga oshirilib kelinayotgan ishlarni ko’rsatib berish;
“Humo Arena” muz saroyi hamda “Tashkent city” bog’ining qulay va foydali tomonlardan aholini boxabar qilish;
Adobe Premier Pro dasturining imkoniyatlaridan foydalangan holda videorolik tayyorlash;
Montaj jarayonida qulay va samarali usullardan foydalanish.
Bitiruv ishining tarkibi.
Mazkur bitiruv ishi 3 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
I BOB. VIDEOLAVHA YARATISH TEXNOLOGIYASI
1.1.Videolavha haqida umumiy ma’lumot
Mamlakatimizda muz saroyi qurilishi O´zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-2021 yillarda yosh avlodning salohiyatini ro´yobga chiqarish, qo´llab-quvvatlash dasturi doirasida boshlangan. Majmua qurilishi 2017 yil yanvar oyida boshlanib, 2019 yil mart oyida foydalanishga topshirildi. Majmua Toshkentning markazidagi Afrosiyob va Beshyog’och ko´chalari chorrahasida joylashgan.
1.1-rasm. Humo Arena muz saroyi
Loyiha mualliflarining ta´kidlashicha, ushbu majmua dizayni o´zbek sevgi, baxt va ozodalik ramzi - Humo qushiga ko’rinishida, majmua hududidagi yo’lakchalar esa Humo qushi qanoti shaklida qurilgan. urilish bosh pudratchisi Singapurning Enter Engineering kompaniyasi, konsepsiya loyihasi muallifli- janubiy koreyalik Heerim Architects & Planners, bosh loyihachi esa Arena Rossiya noyob tuzilmalar dizaynerlik instituti bo’ldi.
1.2-rasm. Humo Arena muz saroyi ko’rinishi
Majmua zamonaviy, yuqori texnologiyali shisha va metalldan tayyorlangan bino bo’lib qurilish davomida aqlli va yashil energiya tejaydigan texnologiyalar keng qo´llanilgani. Yangi muz saroyi zamonaviy me´moriy yechimlar, ilg´or texnologiyalar va milliy me´morchilik an´analarini o´zida mujassam etgan. Arena uch ko`rinishda ishlaydi - muz, sport va konsert. Bu erda xokkey, figurali uchish, short-trek, kerling, basketbol, voleybol, futzal, kurash, boks, qilichbozlik, taekvondo va boshqa darajadagi sport turlari uchun respublikadan tortib to xalqaro toifagacha bo’lgan bellashuvlar o`tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
“Tashkent Sity” xalqaro ishbilarmonlik markazi nafaqat yurtimizdagi, balki Markaziy Osiyodagi eng yirik va yangi loyiha hisoblanadi, — deydi “Tashkent Sity” xalqaro biznes markazi hududidagi ob’ektlarni qurish va ekspluatatsiya qilish bo`yicha direksiya direktori Sherzod Hidoyatov. — Agar rivojlangan davlatlarda bunday majmualar, asosan, bitta yo`nalish, biznes yoki savdo-sotiqqa ixtisoslashtirilsa, yurtimizda bu ikki yo`nalishdan tashqari, dam olish, yashash yo`nalishlari ham qamrab olingani uning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Loyihaga binoan, bu yerda biznes-markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, Kongress-xoll, ko`rgazma zallari, ko`p qavatli zamonaviy uylar, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda boshqa inshootlar barpo etiladi.
1.3-rasm. Tashkent city
“Tashkent Sity” xalqaro ishbilarmonlik markazining dastlabki loyihaviy qiymati 2 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi. U yetti lotga, ya’ni hududga ajratilgan bo`lib, ularning loyihasi, quriladigan inshootlar maketlari bilan yaqindan tanishgan kishi har birini bamisoli bunyodkorlik bobidagi mo`’jizaga qiyoslashi turgan gap. Chunki eng zamonaviy texnologiyalar va me’morlik andozalari asosida barpo etiladigan inshootlar odatdagilaridan tamomila farq qiladi. Masalan, markazning birinchi hamda ikkinchi qismlarida quriladigan turarjoylar Yevropa standartlari, jumladan, A, A+ sinfi tasnifiga to`liq javob beradigan yashash sharoitlariga ega bo`ladi. Ushbu hashamatli uylarning 1, 2-qavatlarida savdo majmualari faoliyat yuritsa, bino ostida aholi va tashrif buyuruvchilarning transportlariga mo`ljallangan avtoturargoh tashkil etiladi.
1.4-rasm. Musiqali Favvora
Bir kunda 24 soat ishlashi ko`zda tutilgan markazni loyihalashtirishda avtomobil to`xtash joylariga alohida e’tibor qaratilgan. Ya’ni hududdagi ochiq maydonlarda bunday maskanlar bo`lmaydi. Ular quriladigan har bir inshootning yerto`lasidagi 1 hamda 2-qavatlariga joylashtiriladi. Bu haydovchi va yo`lovchilar uchun ham birdek qulay bo`lib, ko`chalarda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan tirbandliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Prezidentimiz joriy yil 14 mart kuni "Tashkent City"da amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishgan va Kongress xollning asosiy zali, har bir xonasini ko`zdan kechirib, ularning qanday bezatilishi, jihozlanishi, mehmonlar uchun qulay sharoit yaratilishi, xalqaro sammitlar chog`ida ko`plab delegatsiyalar qatnashishini inobatga olib, yuqori martabali mehmonlar va ishtirokchilarning harakatlanishi, ikki va ko`p tomonlama uchrashuvlar o`tkazishi, dam olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish bo`yicha ko`rsatmalar bergan edi. Ushbu ko`rsatmalar asosida "Tashkent City" hududidagi qurilish ishlari 7 lotga bo`lingan holda amalga oshirilmoqda. Kongress xoll va «Hilton» mehmonxonasi beshinchi lotda barpo etilgan. Kongress xoll binosi davlatlararo muzokaralar va uchrashuvlar o`tkazishga mo`ljallangan. Binoning umumiy maydoni 43 ming kvadrat metr. Birinchi qavatda 3,5 ming nafar ishtirokchiga mo`ljallangan katta konferensiyalar zali, xorijiy davlatlar rahbarlari alohida ishlashi uchun xonalar, muzokaralar uchun zallar, restoran, kichik konsert zali, uchrashuvlar va dam olish xonalari mavjud. Ikkinchi qavatda qo`shimcha majlislar xonalari joylashgan. Birinchi qavat zamonaviy dizaynda, ikkinchi qavat esa klassik uslubda qurilgan. Yo`laklar yurtimiz rassomlarining eng sara asarlari bilan bezatilgan. Yana bir e'tiborli tomoni yo`laklarda Toshkentning 12 qadimiy darvozasi kaliti o`ziga xos dizaynda qo`yilgan.
1.5-rasm. Tashkent City bog’ hududi
Davlatimiz rahbari Kongress xollning har bir xona va zallarini kirib ko`rdi. Besh yulduzli «Hilton» mehmonxonasining umumiy maydoni 51 ming kvadrat metr. 21 qavatli ushbu inshotning balandligi 85,5 metr. 258 ta nomer mavjud. Pardozlash va jihozlashda zamonaviy dizayn va yorqin ranglar keng qo`llanilgani kishiga xush yoqadi. Barcha zamonaviy mehmonxonalarda bo`lgani kabi bu yerda ham bir nechta restoran, basseyn, sport zal, spa va boshqa salonlar bor. Xizmatlar turi ko`p, sifati yuqori darajada.
Shavkat Mirziyoyev mehmonxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, hudud markazidagi xiyobonni ko`zdan kechirdi. "Tashkent City"da qurilish ishlari davom etmoqda. Bu yerda 8, 9, 20, 21, 26, 28, 30, 33, 51 qavatli turar joylar, mehmonxona binolari, savdo va xizmat ko`rsatish majmualari, minglab mashinalar uchun mo`ljallangan yer osti avtomobil turar joylari, bolalar bog`chasi va sog`lomlashtirish markazi barpo etiladi. Nafaqat O`zbekistonda, balki, Markaziy Osiyoda yangi, zamonaviy qurilish texnologiyalari asosida barpo etilayotgan "Tashkent City" ko`rkamligi va muhtashamligi bilan dunyoning eng go`zal shaharlari bilan bo`ylasha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |