«Prezident Islom Karimov asarlari – barkamol avlod tarbiyasining nazariy asosi sifatida» Boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlash tizimi misolida


Bitiruv malakaviy ish natijalarining amaliy ahamiyati



Download 256,5 Kb.
bet3/8
Sana12.06.2022
Hajmi256,5 Kb.
#657267
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
«Prezident Islom Karimov asarlari – barkamol avlod tarbiyasining

Bitiruv malakaviy ish natijalarining amaliy ahamiyati:
Prezident I.Karimov asarlarini o`rganish orqali – barkamol avlodni tarbiyalashda boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlash bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Bitiruv malakaviy ish natijalari va uni amalga oshirishga oid tavsiyalardan barkamol avlodni tarbiyalashda boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlash ishlarini amalga oshirishda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishimizning metodologik asosi: O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risigagi” qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o`z ifodasini topgan barkamol shaxsni shakllantirishga oid qarashlar, Respublika Prezidenti I.A.Karimovning barkamol shaxs va uning ma`naviy – axloqiy qiyofasida aks etuvchi sifatlar haqidagi nazariy yondashuvlari, shuningdek falsafa, psixologiya va pedagogika fanlarining ilg`or tajribalaridan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot metodlari.
Islom Karimov asarlari, milliy g`oya, milliy mafkura asosida yaratilgan adabiyotlarni o`rganishda, anketa, kuzatish, suhbat intervyu, eksperiment – tadqiqot ishlari metodlaridan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishning hajmi: kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa, adabiyotlar ro`yxatidan iborat 62 bet qo`lyozma va ilovalardan tashkil topgan.


I BOB. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM KARIMOV ASARLARI ORQALI BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI.
1.1. Prezidentimiz I.Karimovning asarlarida – barkamol avlodni tarbiyalash muammolari.
Mustaqillikning kelajakdagi istiqboli, islohotlarning taqdiri ko`p jihatdan mamlakatimizning ertangi kuni va taraqqiyotini o`z zimmasiga olishga qodir bo`lgan sog`lom va uyg`un kamol topgan avlodni tarbiyalash bilan bog`liq. Endigina o`sib va unib kelayotgan yigit va qizlarimizni har tomonlama kamol topgan shaxslar etib shakllantirmasdan turib O`zbekistonning kelajagini tasavvur qilib bo`lmaydi.
Kishi o`z hayotida barkamollikka qanchalik intilsa, , shunchalik takomillashib boradi. Bizning xalqimiz bola tarbiyasida boy tajribaga ega. Ta`lim – tarbiya axloq, urf – odatlarga oid dastlabki fikrlar qadimgi bitiklarda va boshqa yozma manbalarda o`z ifodasini topgan. Bulardan tashqari o`zbek xalqi o`rtasida keng tarqalgan pandnomalarda, o`gitlarda, xalq pedagogikasida, falsafiy risolalarda va allomalar merosida barkamol shaxsni tarbiyalash masalalariga keng o`rin berilgan.
Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o`z tariximizdan juda ko`p dalillar keltirishimiz mumkin. Al – Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridagi g`oyalarga ko`ra jamiyatimizning har bir fuqarosi – mansabi, tutgan o`rni ya`ni kim bo`lishidan qat`iy nazar FOZIL kishi. Fozil inson o`z davlatining barcha qonun – qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi, o`z kasbining ustasi, lozim bo`lganida Vatani uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir – biriga hurmatda bo`ladi. Ota – ona farzand ustozu – shogird o`rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom bo`ladi. Avvalo bunday fikr yuritishning o`zi bolalarning ma`naviy darajasi naqadar yuksak bo`lganligi va albatta bunday fikr aytish, bu borada ko`p asrlik meroslarni o`rganish natijasida vujudga kelishini ta`kidlash joiz. Demak, bizning barkamol avlod tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma`naviy asos bor. Millatimiz urf – odatlaridagi, qonidagi ma`rifat tushunchasi, ilm va bilimga intilish xislati bir necha ming yillar davomida shakllangan, sayqal topgan.
Ta`lim islohotlarini o`rganish jarayonida qiziq holat ko`z oldimizga namoyon bo`ladi. Ma`lumki, O`zbekistonning 130 yillik asorati tarixi ikki hil mustamlaka davriga to`g`ri keladi. Birinchisi chor Rossiyasi, boshqasi qizil imperiya davri. Bu ikki xil mustamlakachilik siyosatining ham yemirilishi davrlari bor. Ayni shu davrlarda milliy ozodlik harakati namoyondalari yurtning boshidagi millat fidoyilari ta`lim islohoti borasida fikrlaganlar, islohotni amalga oshirish, taraqqiyot yo`llarini qidirganlar.
Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asarida alohida ta`kidlaganlaridek: “Ta`lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda men jahon tajribasi va hayotda o`zini ko`p bor oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma`nodagi “portlash effekti”ga, ya`ni, yangi ta`lim modelining kuchli samarasiga erishamiz, degan fikrni bildirgan edim.3
Ma`lumki, ta`lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o`z bilim va tajribalarini o`sib kеlayotgan avlodga o`rgatishdan iborat bo`lib, bu jarayonda asosan inson xayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi.
O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimov ta`kidlaganidеk: «Bugungi kunda oldimizga qo`ygan buyuk maqsadlarimiz, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rеjalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob bеradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liqligini barchamiz anglab еtmoqdamiz».4
Prezidentimiz I.A.Karimov 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga baғishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish” nomli ma`ruzasida ta`kidlaganidek:
“Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma`naviy soғlom o`sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo`lgan, uyғun rivojlangan insonlar bo`lib, XXI asr talablariga to`liq javob beradigan barkamol avlod bo`lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz”.5
Yosh avlodning xar tomonlama еtuk, bilimli, yuksak ma`naviyatli, barkamol, vatanparvar shaxslar bulib еtishishini ta`minlash yulida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining eng asosiy bugini sifatida pеdagog xodimlarning yukori ilmiy, mеtodik bilimlarga xamda amaliy ishlash bo`yicha yuksak maxoratga ega bulishlarini ta`minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshi­rish xisoblanadi.
Bu masalaga davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab jiddiy e`tibor bеrib kеlinmokda. Buni yurtboshimiz I.A.Karimovning kuyidagi fikrlarida yakkol ifoda etilgan:
«Maktab, ta`lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo`lishi Asosiy qonunimizda bеlgilab quyilgan. SHu bilan birga, bu kеng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo`llab-quvvatlashini talab qiladigan umumiy masaladir».6
Xozirda uzluksiz ta`lim tizimida ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirish jiddiy vazifa bolib turibdi. Buning uchun xar bir o`kituvchi o`z fanini o`qitishning eng samarali zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarini puxta bilishi va bu soxadagi yangiliklarni uzluksiz o`rganib borish orqali o`z kasbiy maxoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi.
Ta`lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kеlgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma`lum. Bu xakda Prеzidеntimizning kuyidagi suzlari ibratlidir;
«Shuni unutmasligimiz kеrakki, kеlajagimiz poydеvori bilim dargoxlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalkimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishiga bog`liq.
Yuqoridagilarga e`tibor beradigan bo`lsak, bunda birinchi bor kadrlar tayyorlashning tizimini tubdan yangilash masalasi ko`tarilgan. Demak I.Karimov bu muammoni yechish yo`llarini o`n yil avval o`ylagan. Yuqorida keltirilgan nutqdan bir yil o`tgach, /1990 y./ esa I.Karimov milliy kadrlar tayyorlashni tizimini yaryatishni rejalashtirganligini payqash qiyin emas. Qolaversa, unda 1997 yil O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning ilk chizmalarini ko`rish mumkin.
Mustaqillik – bu millat orzusi, o`z rivojlanish yo`lini o`zi tanlash huquqi. Mustaqillik – bu o`ziga beklik. Mustaqillik – bu orzular ro`yobi. O`zbekiston o`z orzularini ro`yobga chiqarish uchun imkoniyatga ega bo`ldi, harakat boshlandi. Biroq, barkamol avlod orzusi bo`yicha davlatning qonun darajasidagi maxsus dasturi hali beri ishlanmasligi mumkin edi. Sobiq ittifoqdan ajralgan boshqa mamlakatlar kabi faqat bugun haqida o`ylash, bugunning muammolariga o`ralashib qolish holati ham bo`lishi mumkin edi. Baxtimizga davlatni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish uchun o`z yo`liga ega bo`lgan rahbar – Islom Karimov O`zbekiston Prezidantligiga saylandi. Uning Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi borasida avvaldan o`z rejalari – orzulari bor edi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» haqida hukumat darajasidagi bu fikrni O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov Vazirlar Maxkamasining «O`zbekistonning 1996 yildagi ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti yakunlari hamda 1997 yildagi iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo`nalishlari» ga bag`ishlangan majlisdagi nutqida bayon etdi:
«1997 yilda biz yaxshi, zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e`tibor berishimiz kerak.
Zotan, XX asr so`nggida, yangi yuz yillik va yangi ming yillikning dastlabki paytlarida yashayotgan bir vaqtimizda hayot, kelajak bizdan komillikni, inson sifatidagi yetuklikni, odam sifatidagi barkamollikni talab etmoqda.
Yangi yuz yillik taraqqiyoti bugun insoniyat tarixida yangi davr, yangi era boshlangan bir paytda sivilizatsiyaning muhim omili sifatida aql – idrok, boy tafakkur, teran fikr, ma`naviy – ahloqiy poklik va ruhiy pokizalik katta ahamiyat kasb etayotganligi hammamizga ayon. Zotan, Prezident Islom Karimov “XXI asr ma`rifat asri bo`lishi kerak”, - deb bashorat qilganida ayni shu ehtiyojni nazarda tutgan edi. Yana u “XXI asr – O`zbekiston asri bo`ladi!”, - deb xitob qilgan edi.
Ta`lim tizimini tubdan qayta ko`rib chiqish vaqti yetdi, professional bilimlarni egallash imkoniyalarini kengaytirish, ma`mur – menenjerlarni tayyorlashni yo`lga qo`yish, yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qobil ishchi va mutaxassislarni tayyorlashni yo`lga qo`yish lozim.
Biz bugun shunga tayyormizmi? Buning uchun zarur kuch va resurslarimiz bormi? Mana shu minbardan turib, qat`iy aytamanki, ha O`zbekiston ana shunday kuch – quvvat va resurslarga ega».
Savol tug`ilishi mumkin. 1996 yilgacha ta`limda islohotlar bo`ladimi? Nega to`rt yil kutildi? Avvalo jamiyatning har bir sohasi kabi ta`limda ham islohotlar amalga oshirildi. Mustaqillikka erishganimizning birinchi yilida «Ta`lim to`g`risida»gi birinchi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun avvalo, O`zbekiston ta`limida ilgari erishilgan muvaffaqiyatlarni saqlab qolishga xizmat qildi. Bu Qonun o`sha davr uchun juda zarur edi. Axir jamiyat qonunsiz yashasa, vujudga keladigan bo`shliqni bir tasavvur qiling. Ayniqsa ta`lim sohasida bunday hol juda salbiy oqibatlarga olib kelishi tajribalarda ko`p sinalgan. Mazkur qonunning yana bir xususiyati shunda ediki, u eski tuzum sarqitlarini ko`rsatib berishga xizmat qildi. Demak, to`plangan ijobiy jihatlarni saqlab qolgan, illatlarni anglab olishimizga xizmat qilgan, aniqrog`i eski tizimdan yangisiga o`tishga ko`prik vazifasini o`tgan qonunning ahamiyati ulkandir.
Shu bilan birga 1992 yilda qabul qilingan «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun yaratgan imkoniyatlar sabab ta`lim tizimiga qator yangiliklar kirib keldi. Ularning asosiylarini qisqacha izohlab o`tsak arziydi. Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarining adolat mezoni hisoblangan test tizimi joriy etildi. Buning oqibatida eski tuzumdan sarqit bo`lib qolayotgan tanish, bilishchilik, poraxo`rlikka, qisqasi, adolatsizlikka barham berildi. Testga nisbatan, aniqrog`i davlat olib borayotgan siyosatga nisbatan halqning ishonchi ortdi. Bu ishning boshida ham davlatimizning rahbari bosh bo`lib turdi.
1993 yilda oliy ta`lim tizimidagi islohotlarga keng e`tibor berildi. Bu masala O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida alohida yig`inda tahlil etildi. Majlisni boshqargan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov kadrlar saviyasi haqida, oliy o`quv yurtlarining ahvoli va ularning ishlab chiqarish korxonalari bilan munosabatlari haqida fikr bildirarkan, test tizimining afzalliklari haqida shunday degandi:
«O`g`il – qizlarimizni o`qishga qabul qilishda test usulining qo`llanishi ijobiy qadam bo`ldi. Bu qing`ir ishlar payini qirqadi, mish – mishlarga chek qo`yadi, iste`dodli yoshlarni tanlab olish imkonini beradi. Binobarin bu ishni yanada takomillashtirib borish kerak.
Darhaqiqat, test tizimi juda ko`p bo`lmag`ur gaplarga chek qo`ydi. Vaqt o`tgani sayin test tizimi takomillashib bormoqda va eng asosiysi unga ishonch ortmoqda.
«Kelajagi buyuk davlat eng birinchi navbatda bo`lajak fuqarolarning madaniyati, ma`lumoti va madaniyati haqida g`amxo`rlik qilmog`i zarur». – degan edi Islom Karimov. Test ta`lim tizimidagi bir yangilik bo`lsa, iqtidorli va iste`dodli farzandlarimiz uchun yangi turdagi o`quv muassasalarining tashkil etilishi ham o`ziga xos yangilik bo`ldi. Bu Islom Karimovning 1990 yildagi orzularidan biri – «eng iste`dodli bolalar uchun maktablar ochish» g`oyasini amalga oshishi edi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» kun tartibiga qo`yilgunga qadar yurtimizda 300 dan ziyod yangi turdagi litseylar ishga tushdi. Ota – onalar «bolam litseyda o`qiydi», deb g`ururlanadigan bo`lishdi. Chunki litseylarni tugatganlarning ko`pchiligi oliy o`quv yurtlariga kirish uchun test imtixonlaridan yuqori ball to`plab talabalik baxtiga musharraf bo`lishdi. Ayrim litsey bitiruvchilarining barchasi, aksariyat litseylarning 85 dan 98 foizgacha bitiruvchilari oliy o`quv yurtlarining talabalari bo`lishdi.
Iqtidorli bolalarimiz bu ta`lim dargohlarida xorijiy, xususan, ingliz tilini ham puxta o`rgana boshladilar. Bu ularning xalqaro olimpiadalarda qatnashish imkoniyatini yaratdi. Qarangki, birinchi yildayoq yigitlarimizdan bir nechasi ushbu musobaqa g`oliblari bo`lishdi. Ayni shu kungacha 35 nafar litsey o`quvchilari turli fan olimpiadalarida oltin, kumush va bronza medallarini qo`lga kiritib, O`zbekiston degan nomni bir qancha rivojlangan davlatlar orasida tilga olinishiga erishdilar. Bu yurt farzandlarining salohiyati yuqori ekanligidan darak beradi. «O`zbekiston – ulkan imkoniyatlar mamlakati» deyilganda, uning intellektual salohiyati ham tushuniladi.
Mustaqillikka erishilgan kundan boshlab, maktablarga o`qituvchi – murabbiylarga, ularni moddiy va ma`naviy rag`batlantirish, yordam berish masalalariga sobiq ittifoq tarkibidagi boshqa davlatlarga nisbatan e`tibor kuchaytirildi.
Biz yurtimizda 1 oktabr sanasini O`qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida umumxalq bayrami deb e`lon qilganimizning chuqur ma`nosi bor, albatta.
Bu bayram avvalo o`zining bilim va tajribasi, iste`dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko`z nuri va qalb qo`ri, butun borlig`ini ayamasdan, ma`rifat yo`lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir.
Ta`limga e`tibor deyilganda, o`qituvchi ham, o`quvchi ham, o`quv rejasi ham, dastur, dasturlar qatoridagi maktab binolari ham tushuniladi. Mustaqillikning ilk yillaridayoq bu muddatda Prezidentning da`vati bilan yangi maktablar qurilishi boshqa davlatlardagidek to`xtab qolmadi.
Bunday maktablar har bir tumanda bittadan emas, ko`plab qurildi. 1994 yil 79296 o`rinli 209 ta, 1995 yil 54732 ta o`rinli 134 ta, 1996 yil 63622 o`rinli 198 ta, 1997 yil 63911 o`rinli 192 ta, 1998 yilda ham shuncha maktab qurib foydalanishga topshirildi.
Bu natijalarni sobiq ittifoqning xohlagan davlati bilan solishtirishimiz mumkin.
Bolalarimizning dunyoning rivojlangan davlatlarida o`qitishni asr boshida yashagan jadidlar kabi 90 chi yillarda mustaqillikka erishishga intilgan yurt ziyolilari ham xohlashardi. Chunki mustaqillikdagi qaram davlatdan xom – ashyo bazasi sifatida foydalanilgach, uning ishlab chiqarishi orqada qolganligi kunday ayon edi. Qolaversa o`z qobig`imizga o`ralib qolgandan ko`ra xorij tajribalaridan habardor bo`lish, ulardan foydalanish davlatga faqat foyda keltirdi.
Biroq bu g`oya ham O`zbekiston mustaqillikka erishgachgina amalga oshdi. Ma`lum markaz tizimining tashkiliy masalalarini muhokama qilib o`tirmasdan, mustaqilligimizning ilk kunlari yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan AQSH ning Arkanzas shtatidagi universitetlarda o`qish uchun 10 nafar iqtidorli talabamizga 100000 AQSH dollari miqdorida mablag` ajratildi. Ularning 8 nafari bakalavr darajasini olishdi. 4 nafari esa o`qishni davom ettirishdi, magistirlik diplomiga erishishdi. Bu kabi ibratli ishlar natijasi Prezidentimiz o`ylagan maxsus markaz ham tashkil etildi. U «O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umid» iqtidorli yoshlarning chet elda ta`lim olishlarini qo`llab – quvvatlash jamg`armasi» deb nomlanadi. Shu kungacha 674 nafar Vatanni sevguvchi, bilimdon, zukko yoshlarimiz Prezident grantlariga sazovor bo`lishdi. Ular AQSH, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiyaning eng nomdor universitetlarida taqsil olmoqdalar. Ularning ayrimlari muddatdan avval magistrlik va bakalavrlik ilmiy darajasini olib qaytishdi ham. Yurtboshimiz ta`kidlaganlaridek, «Umid» jamg`armasi orqali Yevropa, Osiyo va AQShning nufuzli universitetlarida o`qiyotgan talabalarimizdan 15 nafari magistrlik va bakalavrlik ilmiy darajasiga muddatdan oldin sazovor bo`ldi. O`zbek millatining, o`zbek farzandlarining qobiliyati, zehn – zakovat, tirishqoqlik borasida hech bir millat yoki halqdan qolishadigan joyi yo`q. Faqat mavjud intellektual imkoniyatlarimizni to`liq ishga solishimiz ulardan mukammal tarzda foydalana bilishimiz zarur. Ota – bobolarimiz soyasiga mahliyo bo`lib yuradigan davrlar endi o`tdi. Bugun jahon bizdan o`z so`zimizni aytishimizni, o`z tafakkurimizni namoyon etishimizni talab qilmoqda.
Prezidentimiz I.Karimov: “Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim – O`zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi” degan edi.7
Boshqa xalqlar, boshqa millatlar bizlarga yotsirab bepisand qaramasligi kerak. Biz ana shu yuksak munosabat va hurmatga loyiq bo`lishimiz darkor.
IX – XV asrlarda ma`rifatli dunyo buxoriylar, farg`oniylar, xorazmiylar, beruniylar, ibn sinolar, ulug`beklarni qanchalik izzat – ikrom qilgan bo`lsa, XXI asrda biz halqimiz, millatimizga nisbatan ana shunday ehtiromni qaytadan qo`lga kiritishimiz lozim. O`sha davrda ulug` ajdodlarimiz asos solgan va olamga dong taratgan ilmiy maktablarni zamonaviy shaklda qaytadan tiklashimiz lozim.
Takror aytamanki, bunga ta`lim – tarbiya tizimini tubdan isloh qilish bilangina erishish mumkin. Yoshlarni jahon fani va bilimlari xazinasidan baxramand qilishga katta e`tibor berilmoqda. Respublika o`quv yurtlarining chet ellardagi o`quv markazlari bilan aloqalari ancha mustahkamlandi. Chet ellik o`qituvchilar va mutaxassislarni horijiy tilda mashg`ulot olib borish uchun taklif qilish, shuningdek chet el o`quv va ilmiy markazlarida xodimlarning malaka oshirishi va talabalarning o`qishi kengayib bormoqda. Ayni vaqtda jahonning 40 dan ortiq mamlakatidan kelgan 1250 dan ziyod xorijiy fuqaro O`zbekistonda ta`lim olmoqda.
Ta`lim sohasida O`zbekiston AKSELS, AYREKS, Amerika Kollejlari Konsorsiumi, SARE, Tinchlik Korpusi /AQSH/, DAAD, Konrad Adenauyer Fondi /Germaniya/, Britaniya Kengashi, Saud Al-Bantin Fondi /Misr/, TEMPUS /TASIS/Yevropa Ittifoqi/ kabi xalqaro tashkilotlari va boshqa nohukumat tashkilotlari bilan xamkorlikni faol rivojlantirmoqda.
O`zbekiston – Amerika va O`zbekiston – Koreya universitetlarini tashkil etish ustida ish olib borilmoqda. Kanada tomoni bilan birgalikda Halqaro menejment va biznes oliy magistrlik maktabini tashkil etishga tayyorgarlik ko`rilmoqda. Toshkentda Amerikaning «Vesminstr» universiteti filiali ochilishi esa O`zbekistonda oliy ta`lim sohasida katta voqea bo`ldi.



Download 256,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish