Презентация тайёрлашни нимадан бошлаш керак? Презентацияга тайёргарлик кўриш босқичларини кетма-кетликда ёритиб беринг



Download 17 Kb.
Sana13.02.2022
Hajmi17 Kb.
#446039
TuriПрезентация
Bog'liq
Документ Microsoft Word (6)


Презентация тайёрлашни нимадан бошлаш керак? Презентацияга тайёргарлик кўриш босқичларини кетма-кетликда ёритиб беринг.
So’zimiz boshida o’zi prezentatsiya nima ekanligiga e’tiborimizni qaratsak. Prezentatsiya har bir soha vakillari foydalanadigan ommaviy usul yokio’zini namoyish qilishning eng yaxshi garovidir. Aslida esa prezentatsiyaga quyidagicha ta’rif beriladi:
Prezentatsiya – bu axborotni taqdim etish usuli. Axborot ko‘rgazmali va ishonchli shaklda taqdim etilishi kerak. Buning uchun grafika, video va ovozli axborotdan foydalaniladi. Asosiy g‘oyalar kichik matnlarda aks etadi.
Prezentatsiyadan turli maqsadlarda foydalaniladi. Shunga ko‘ra prezentatsiyalarning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
 Ma’ruzalarni to‘ldiradigan prezentatsiyalar.
 O‘quv maqsadlarida foydalaniladigan prezentatsiyalar.
 Savdo-sotiq va marketingda foydalaniladigan prezentatsiyalar.
Ko‘rgazmali axborotni taqdim etish shakliga ko‘ra prezentatsiyalarni uch guruhga bo‘lish mumkin: oddiy, animatsiyali va multimediali. Birinchisi oddiy slaydlar to‘plami bo‘lib, tekst, rasm, grafikadan iborat bo‘ladi. Tayyorlash ko‘p vaqt olmagani va alohida ko‘nikmalarni talab qilmagani uchun bunday taqdimotlardan ko‘p foydalaniladi. Prezentatsiyani mustaqil tayyorlash uchun Power Point kompyuter programmasini o‘rganish yetarli. Animatsiyali prezentatsiyalarda qo‘shimcha element – animatsiyadan foydalaniladi. Uncha qiyin bo‘lmagan effektlardan foydalanish taqdimotni qiziqarli va yorqin chiqishiga ta’sir ko‘rsatadi. Animatsion effektlar ko‘p hollarda maxsus programmalarga joylashtirilganligi tufayli prezentatsiyada ulardan foydalanish qiyin ish emas. Multimediali prezentatsiyani tayyorlash esa birmuncha murakkab bo‘lib, unda grafika, video, animatsiya, ovoz, tekstdan iborat bo‘lgan interfaol elementlardan foydalaniladi.
Prezentatsiyaga tayyorlanishni nimadan boshlash kerak?
 Auditoriyani o‘rganish.
 Maqsadni aniqlash.
 Material tanlash va ajratish, ularni tizimli taqsimlash.
 Prezentatsiya ssenariysini tuzish.
Prezentatsiya tayyorlashni rasm qidirishdan boshlash katta xato hisoblanadi. Yaxshi tizimlashtirilmagan, maqsadsiz prezentatsiyalar odatda shundan boshlanadi. Agar prezentatsiya tayyorlash uchun vaqt oz bo‘lsa, umuman rasm qidirmagan ma’qul. Ma’noli va fikrni etkazib berishga yordamlashadigan, oq fonga qora shrift bilan yozilgan matn chiroyli ko‘rinadi.
Auditoriyani o‘rganish. Prezentatsiyaga tayyorlanishni birinchi navbatda auditoriyani o‘rganishdan boshlash kerak. Tinglovchilar qanday odamlar ekanini bilish juda muhim. Jinsi, yoshi, kasbi, bilim darajasi, xohishlari, qo‘rquv va xavotirlari, intilishlari. Turli insonlarni ham qandaydir belgiga ko‘ra birlashtirish mumkin. Tinglovchilarni qanchalik yaxshi tushunsangiz, fikrlaringizni ularni ongi va qalbiga shunchalik chuqur singdira olasiz.
 Maqsadni aniqlash. O‘zingizga haqqoniy va samimiy javob bering – tinglovchilaringiz nimani tushunishlari, qabul qilishlari va nima qilishlarini xohlaysiz? Sizning mahsulotingizni sotib olishlari kerakmi? Sizni ishga qabul qilishlari kerakmi? Bilim olishlari kerakmi? Maqsadni aniqlash prezentatsiya tayyorlashda to‘g‘ri yo‘nalishni tanlashga yordam beradi. Maqsad quyidagicha bo‘lishi mumkin:
 boshqalarni o‘z nuqtai nazaringizga ishontirish;
bilim berish, tajribangiz bilan o‘rtoqlashish;
 hisobot berish;
 mahsulotga qiziqish uyg‘otish.
Maqsad juda katta bo‘lishi shart emas, asosiysi – aniq bo‘lishi kerak. Mavhum maqsad Aniq maqsad Yaxshi chiqish qilish Prezentatsiya tinglovchilarni xulqini o‘zgartirishi mumkinligiga ishontirish Mafkuraviy immunitetni mustahkamlash “Ommaviy madaniyat”ni oilaviy qadriyatlarga halokatli ta’sirini isbotlab berish Maqsad aniqlangandan keyin, o‘ylab qo‘ygan g‘oyalaringizni qog‘ozga tushiring. Slaydlarda yoritmoqchi bo‘lgan ma’lumotlarni avval qog‘ozga chizib chiqing. Bu nima uchun kerak? Birinchidan, taqdimotingiz uchun nechta slayd tayyorlash kerakligini hisoblab chiqasiz. Ikkinchidan, mavzuni yoritishda mantiqiy izchillikka amal qilasiz. Uchinchidan, slaydlar uchun qanday dizayn to‘g‘ri kelishini aniq tasavvur qilasiz. To‘rtinchidan, prezentatsiya uchun qanday rasmlar, qanday musiqa kerak bo‘lishini oldindan aniqlab olasiz. Materiallarni ajratish va tizimlashtirish. Ko‘p sonli materiallar orasidan maqsadingizga erishishga yordam beradigan ma’lumotlarni tanlang. Buning uchun o‘zingizga shunday savol bering:
 menga ajratilgan vaqtda
maqsadga erishish uchun
 auditoriyaga
 aynan nimani gapirishim kerak?
Umumiy shartlar Auditoriyani o‘rganish Tadbir ishtirokchilari kimlar?
Qancha odam keladi?
Tinglovchilar shaxsan sizdan nima kutishyapti?
Tinglovchilarning taqdimot qilinadigan mavzu yuzasidan bilim darajasi qanday?
Tadbir turi Konferensiya, ma’ruza, targ‘ibot va b. Atmosfera Tadbir qanday sharoitda o‘tadi (rasmiy, tantanali yoki erkin)?
Tinglovchilar tadbirda ixtiyoriy ishtirok etishyaptimi yoki majburiy?
Sizning chiqishingiz Asosiy dokladchimisiz yoki boshqalar bilan teng qatorda chiqish qilasizmi?
Sizning chiqishingizga qancha vaqt ajratilgan?
Boshqalarning chiqishi Dasturga ko‘ra boshqa notiqlar nima haqida gapirishadi?
Sizdan oldin qancha odam chiqish qiladi?
Ishtirokchilar orasida sizning fikringizga qarshi fikr bildiruvchilar bormi?
Tadbir dasturi Tadbir dasturi bilan tanishdingizmi?
Kimdan oldin va kimdan keyin chiqish qilasiz?
Texnik vositalar Texnik vositalar bilan ta’minlanganmi?
Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish