Dunyoga mashhur Oksford universitetida Nobel mukofotining 26 nafar laureati va Buyuk Britaniyaning 26 nafar bosh vaziri tahsil olgan. Qadimiyligi bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘rinda turadigan ushbu oliygohga kirish uchun bir o‘ringa o‘rtacha 5 kishi da’vogarlik qiladi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 91 foiz bitiruvchilar o‘qitish sifatidan rozi bo‘lishgan. Eng qizig‘i, Oksfordga hujjat topshirgan abituriyentlar oliygohning azaliy raqobatchisi Kembrij universitetiga bir vaqtda hujjat taqdim etolmaydilar.
Universitetga yoshidan qat’iy nazar, istalgan odam qabul qilinadi. U yerda asosan, maktabda olingan bilimga e’tibor qaratiladi. Shu paytgacha oliygohda 140 mamlakatdan kelgan talabalar tahsil olishgan. Hozirda bir nafar xorijlik talabaga ikki nafar britaniyalik to‘g‘ri keladi.
Oksford universiteti qachon ishga tushgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. U haqdagi ilk xotiralar 1096 yilga borib taqaladi. 1167-yilda qirol Henri II farmoniga ko‘ra, angliyalik talabalar fransuz universitetidan chiqib, Oksfordda tahsil olishga majbur bo‘lishgan.
Yana bir mashhur oliygoh — Harvard universitetiga 1636-yili asos solingan bo‘lib, AQShning eng qadimiy OO‘Yularidan biri hisoblanadi. Bu yerda boshlang‘ich ta’lim Harvard kollejida amalga oshiriladi. Har bir nomzodni qabul komissiyasining ikki xodimi ko‘rikdan o‘tkazadi. Oliy ma’lumot bilan Harvard bakalavriatiga kirish mumkin emas. Xorijliklar ham AQSh fuqarolari bilan bir xil mavqeda hujjat topshiradilar.
Kembrij — Buyuk Britaniyaning eng qadimiy tarixga ega yana bir universiteti bo‘lib, dunyo bo‘yicha barcha reytinglarda yetakchilik qiladi. Bundan 800 yil oldin qotillikda ayblangan talaba tufayli Oksford universitetidan haydalgan olimlar ushbu oliygohni tashkil qilishgan. Bu yerda ko‘hna an’analarga sodiq qolingan: 700 yildan beri eng kam ball olgan talabaga yog‘och qoshiq taqdim etiladi.
UNIVERSITY OF PRINCETON
UNIVERSITY OF PRINCETON
1746-yili asos solingan Prinston universiteti AQShdagi to‘rtinchi qadimiy oliygoh hisoblanadi. Bu yerda Nobel mukofotining 30 nafardan ortiq laureatlari tahsil olgan bo‘lib, ularning orasida mashhur iqtisodchi va professor Jon Nesh ham bor («Tafakkur o‘yinlari» badiiy filmi bosh qahramoni, rolni Rassell Krou ijro etgan). «Tayms» nashrining talqiniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida Prinston 7-o‘rinda bormoqda. Oliy o‘quv yurtida jami 36 ta bo‘lim mavjud.
MIT
MIT
Massachusetts texnologiya instituti (inglizcha: Massachusetts Institute of Technology; MIT) — xususiy universitet boʻlib, Amerika Qoʻshma ShtatlariningMassachusets shtatidagi Cambridge shahrida joylashgan. Asosan ilm-fan va texnologiyaga katta eʼtibor berib, AQShda va jahonda yetakchi universitet hisoblanadi. Institut, MIT Lincoln laboratoriyasi, Bates markazi va Haystack rasadxonasi kabi bir qator yirik kampusdan tashqari muassasalarni, shuningdek, Broad va Whitehead institutlari singari filiallarni oʻz ichiga oladi. Ushbu institut 19-asr oʻrtalaridan boshlab AQSh sanoatidagi oʻsish natijasida 1861-yili tashkil topgan va taʼlim tizimida asosan labaratoriya amaliyotiga katta urgʻu bergan. Natijada mamlakatning koʻplab sanoatishlab chiqarish tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan. 1930-yillarda Karl Compton va Vannevar Bushlarning universitet taʼlim dasturiga kiritgan oʻzgarishlari natijasida universitet fundamental ilmiy izlanishlarga yanada chuqurroq yoʻnaltirilgan.