1. Ekskursiya xizmtada obyektlarni kursatishning vazifasi.
2.Ekskursiyaning ko`pvariantligi.
3.Ekskursiya tashkilotchisi va uning vazifalari.
4.Ekskursiyada transport yunalishi tasnifi.
5.Ekskursiya muvaffakiyatini ta`minlash mezonlari.
6.Ekskursiyalar tacnifining yangi yunalishlari.
7.Sayoxlarga sifatli xizmat kursatishda gidning axamiyati.
8.Ekskursiya xizmatlari hikoyasining mohiyati.
9.Ekskursiyani olib borishning maxsus metodik usullari Diqqat (e`tibor) krizisi va
uni bartaraf etish yo`llari.
Demak,
ekskursiya xizmati
- bu tarixiy
va madaniy yodgorliklar
, tabiat manzaralari, ishlab
chiqarish korxonalari va boshqa diqqatga sazovor joylarni ko‘rsatish, hikoya qilish jarayonini
uslubiy jihatdan tashkil qilishdir. Ushbu jarayonda ekskursantlar ko‘z oldidagi ob’ektlar, ular
bilan bog‘liq voqea-hodisalar malakali mutaxassis-gid tomonidan hikoya va tahlil qilinadi.
Ekskursiya xizmatida gid ekskursantlarga mavzuni yoritishga yordam beruvchi ob’ektlarni
ko‘rishga (birinchi vazifa), ushbu ob’ektlar haqida zaruriy ma’lumotlarni olishga (ikkinchi
vazifa), tarixiy voqeaning mohiyatini his etishga (uchinchi vazifa), ekskursiya ob’ektlarini
mustaqil kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishga (to‘rtinchi vazifa) yordam
beradi. So‘nggi vazifani bajarishda ekskursantlarda ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘rish qobiliyatini
shakllantira olish katta o‘rinni egallaydi. Ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘ra olish qobiliyati deganda
estetik qabul sifatida me’morchilik massalari, ranglari, har xil turdagi chiziqlar, jismlar
guruhini, ranglar jilosini, chiziqlar va ularning kompleksini yorug‘lik, ma’lum burchak ostida
ko‘rish, qabul qilish tushuniladi. Ob’ektlardagi tarixiy jozibadorlikni anglay olish
quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, ekskursiya ob’ektidagi tarixiy-madaniy o‘ziga
xoslikni topa olish; ikkinchidan, ekskursiya ob’ektida turli davrlardan qolgan izlarni aniqlay
olish; uchinchidan, monumental va muzey-tarixiy yodgorliklaridan tarixiy faktlarni topa
olishdir.
Bu jarayon har doim katta bilim va ko‘nikmani talab qiladi. Ekskursiya ma’lumotlari
va ularni hikoya qilishda gidning malakaviyligi ekskursantlarning kerakli xulosaga
kelishi imkonini beradi. Bu haqda rossiyalik pedagog A.V. Bakushinskiy shunday
degan: «Ekskursiya rejasi, vazifasi, maqsadi bilan asoslangan materialning uslubiy
ishlanmasi qatnashchilarga mustaqil his qilish, qabul qilish va baholash
ko‘nikmalarini uyg‘otishi kerak».
Ekskursiya xizmatining vazifalaridan biri – ekskursantlar ongida ekskursiya
mavzusi, tarixiy shaxslar hayoti, voqealar, faktlar va umuman ekskursiya
ma’lumotiga bo‘lgan munosabatni va mustaqil baho berishni shakllantirishdir.
Insonlarning kundalik faoliyatida ikki xil muloqot shaklini uchratish mumkin:
bevosita muloqot va bilvosita muloqot.
Bevosita muloqot shakliga
- suhbat,
ma’ruza, dars, diskussiya, miting, telefon, ekskursiya xizmati va shu kabilar kiradi.
Bunday muloqot jarayonida
insonlarda hissiyotlar
, kayfiyatlar, fikrlarning
umumiyligi shakllanadi, bir-birini tushunishga erishiladi, axborot o‘rganiladi, o‘zaro
aloqa mustahkamlanadi.
Bilvosita muloqot
shakli
- gazeta, jurnal, kitob o‘qish, radio, televizor eshitish orqali
yuzaga keladi. Bunday muloqot jarayonida bevosita muloqot jarayoni kabi olingan
axborotga sub’ekt reaksiyasini ko‘rsatadigan teskari aloqa mavjud
bo‘lmaydi.Ekskursiya jarayoni bevosita muloqot shakli sifatida gid va
ekskursantning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, ularning o‘zaro fikr almashuvi va
harakatlarini nazarda tutadi. Insonlarga katta hajmdagi axborotlarni olish
imkoniyatini beradi, fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. Ekskursiya xizmatidagi
muloqot jarayonida guruhdagi individning harakatidagi birdamlikka, hissiy bir-birini
tushunishiga, kayfiyat, fikrlar, qarashlar umumiyligining shakllanishiga
erishiladi.Ekskursiya jarayoni qatnashuvchilari muloqotini ruhiy-axborot muloqot
turi, sub’ektlar va ob’ektlar o‘rtasidagi ikki xil munosabatlar shaklining
uyg‘unlashuviga kiritishimiz maqsadga muvofiqdir.
Gidga psixologiya va pedagogika sohalaridan bilimlarning mavjudligi ekskursiya
xizmatini to‘g‘ri tashkil qilishga yordam beradi. Gid va ekskursantlar o‘rtasida to‘g‘ri
tashkil etilgan o‘zaro muloqoti ekskursiya kabi pedagogik jarayonning negizidir.
Kommunikativ komponent gid kasbiy mahoratining asosiy qismidir. Ekskursiya
xizmatining samaradorligi nafaqat gidning mavzu bo‘yicha bilimi, uni auditoriyaga
yetkazish uslubiga balki, ekskursantlar, boshqa mutaxassislar, haydovchi bilan
o‘zaro muloqotiga ham bog‘liqdir.Auditoriya bilan muloqotda hushyorlik, dialog
o‘rnata olish kabi xususiyatlar ham muhimdir. Ekskursiya muassasasi rahbarlari
ekskursiya xizmatida gidning roliga katta e’tibor berib, uning yutuqlari bilan birga
kamchiliklarini ham tahlil qilishadi. Ekskursiya jarayonida ekskursantlarning
faolligini oshirish maqsadida gid turli variantlarni qo‘llashi kerak bo‘ladi. Agarda u
hikoyani kengroq yoritsa, ma’ruzachiga aylanib qoladi, bu esa ko‘rgan va
eshitganlarni his qilishda gidning rolini susaytiradi. Gid ma’lumotlarga urg‘u
berayotganida, ekskursant diqqatini aniq yo‘naltirib, uni fikrlashga,
taqqoslashga
,
baholashga, xulosa qilishga undasagina jarayon samarali bo‘ladi.
Transport sayohatlari harakatlanish yo‘nalish(marshrut)i, foydalanilayotgan
transport turi, yo‘nalish trassasining qurilishi, sayohatning muddati, mavsumiylik va
boshqalar bo‘yicha tasniflanadi. Mobil transporti turi sifatida avtobus va yengil
avtomobildan mustaqil yo‘nalishlardagi kabi turistlarni aeroport (vokzal)dan
mehmonxonaga yoki aksincha, olib borib quyishda keng foydalaniladi. Harqanday
turist o‘z sayohatini rejalashtirayotganda manzilga yetib olish (yetkazish) tezligi,
sayohatqulayligi (komforti), qiymati, yuklarini olib borish (ularning og‘irligini hisobga
olgan holda) imkoniyati; to‘xtash joylari, ovqatlanish sharoitlari, shovqin darajasi,
vibratsiya
, dam olish va (tunash) uxlash jarayonlari, ekologik va albatta xavfsizlik
kabi omillarni hisobga oladi. Ijobiy omillar qancha ko‘p bo‘lsa, shunchalik transport
sayohatining qiymati oshadi. Havo transportida sayohat ham charter, ham reysli
samolyotlar vositasida amalga oshiriladi.O‘zbekistonlik sayyohlar TU-134, IL62,
«Boing», AN-24, AN-16 samolyotlaridan foydalanadilar. Turizm rivojlangan
davlatlarda turistik maqsadlarda vertolyotlardan va boshqa havo transporti
vositalaridan: dirijabl, havosharlari, paraplanlar, deltaplanlar va xokozolardan
Do'stlaringiz bilan baham: |